Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Supermarket paketida "Kamp Nou"ga kelib gol urgan yigitcha. "Barselona"ning 18 yoshli "olmosi" haqida

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Evro-2020 turniri o‘z yakuniga yetdi. Mazkur turnirda ayrim yosh futbolchilar yorqin o‘yin ko‘rsatdi . Lokatelli, Damsgor, Dumfris va yana bir qator iqtidorlar ko‘p jihatlari bilan o‘zlarini ko‘rsata oldi, biroq Pedri ismli yigitchaning xatti-xarakatlari, o‘zini tutishi va sifatli o‘yini qolganlarnikidan baribir ajralib turdi. Taqqoslash niyatim yo‘q, biroq meni endigina 18 yoshga to‘lgan bu futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yini hayratga solmoqda. Yarim himoyachiga qanday hislatlar zarur bo‘lsa, deyarli barchasi unda mujassam. To‘pni o‘zida egallab turish, aniq pas berish, maydonni ko‘ra olish uning ustun tomonlari hisoblanadi. Keling, bu yosh iqtidorning faoliyatiga va shahsiy hayotiga nazar solamiz.

Yosh Pedri

To‘liq ismi Pedri Gonsales Lopes bo‘lgan ispaniyalik futbolchi 2002 yilning 25 noyabrida Ispaniyaning Tegeste shahrida tavallud topgan. Ha, u yoshligida iqtidorli bo‘lgan va o‘z tengqurlaridan ajralib turgan. Bu kabi jumlalarni har qanday futbolchining hikoyasiga uchratish mumkin. Uning futbolchilik karyerasi 2015 yilda boshlandi. "Xuventud Laguna" jamoasida u 2015 va 2018 yillar oralig‘ida to‘p tepdi. Shundan so‘ng unga Segunda klubi bo‘lmish "Las-Palmas" qiziqib qoldi. Uni katta futbolga tez kirishib ketdi desam adashmagan bo‘laman. 16 yoshli Pedri "Las-Palmas" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol va 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Albatta, u tezda grand jamoalar e’tiboriga tushdi. U Inyestaning ashaddiy muxlisi va xonasi devori "Barselona"ga tegishli fotosuratlarga to‘la bo‘lgan. Shunday ekan, unga Kataloniyaning bosh jamoasidan yaxshiroq variant yo‘q edi. Uni kataloniyaliklar 2019 yilning avvalida 5 million yevro evaziga sotib oldi. Bir mavsumni u Segunda klubi safida ijarada o‘tkazdi va 2020-2021 yilgi mavsum avvalida u "Barsa" safiga kelib qo‘shildi.

17 yoshli Pedrining tushiga ham kirmagan holat

Uning "Barselona"ga o‘tishi futbolchi uchun ajoyib syurpriz edi, biroq bu katta klub va raqobat kuchli bo‘lishi tayin. Jamoaga yangi kelib qo‘shilgan Kuman mavsumoldi turnirlarida yoshlarga imkon berishni boshladi. Fati bu yoshlar ichida alohida ajralib turar edi. Uning kelasi mavsumda asosiy jamoada bo‘lishi va kerak bo‘lsa asosiy tarkibda maydonga tushishiga ham normal hodisaday qaralardi. Chunki, u o‘zini isbotlagan. Qolganlarning kelajagi esa biroz mavhum holatda edi. Niderlandiyalik o‘z intervyusida Pedri, Riki Puch, Alenya kabi futbolchilar hali tajriba to‘plashi kerakligini ta’kidladi va imkoni bo‘lsa, ijara asosida boshqa klubga o‘tishini tavsiya qildi. Mavsum boshlandi va bu uchala yosh ham klubda qoldi. Pedri Trinkau juftligi tez-tez zaxiradan maydonda ko‘rinish bera boshladi. Kumanning 4-2-3-1 taktikasida Pedri hujumchi ortida o‘ynovchi futbolchi sifatida Koutinyoning o‘rniga kamdan-kam holatlarda o‘ynadi. Dekabr oyining oxirlarida u jarohat oldi va Pedri asosiy tarkibda ko‘proq maydonga tusha boshladi. Uning ko‘rsatayotgan aqlli o‘yini, aniqligi va xotirjamligi tezda murabbiyning e’tiborini tortdi va u mavsum yakuniga qadar 11 talikdan doimiy joy olib keldi. Ilk mavsumidayoq Ispaniya super klubida 50dan ortiq o‘yinda maydonga tushish bu qiyin ish, xattoki tajribali futbolchi uchun ham. Agar, sen 18 yosh bo‘lsang, buni fantastik natija desa ham bo‘laveradi.

Yevro-2020. Ispaniya va Pedri

Ispaniya terma jamoasi Yevro-2020da ancha quvnoq va muxlislarga yoqadigan futbol namoyish qildi. Jamoaning tarkibida har doim o‘zgarishlar bo‘lib turdi. Tabiyki, "Barselona"ning yosh xavbeki ham bu turnirdan quruq qolmadi. Ispanlar yarim finalgacha yetib kelgan bo‘lsa, yosh Pedri 6 ta o‘yinda ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. 18 yoshli futbolchi maydonda 90 va ba’zida 120 daqiqadan harakat qilishini men yunikal hodisa deb atagan bo‘lar edim. Yevro-2020 yakunlariga ko‘ra, u UYEFAning ramziy jamoasidan ham joy oldi. Eng qizig‘i u hozir Olimpiadada qatnashish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Pedri shu tempda davom etaversa, uni buyuk kelajag kutib turibdi. Har holda, u ba’zilar orzu qiladigan ayrim natijalarga o‘smir chog‘idayoq erishdi.

"Barselona"ning olmosi

Pedrini "ko‘k-anorranglilar" 8 million yevro evaziga sotib olgan edi. Ayni damda uning narxi 80 million yevroni tashkil etadi. Uning o‘yinida progress katta va bu narxda ham o‘z aksini topmoqda. Bu yigitchani Inyestaga qiyoslashmoqda, ammo Andres kabi bo‘la olish uchun u hali katta yo‘lni bosib o‘tishi kerak. U hali yosh va Inyesta bilan solishtirganda ancha erta muvaffaqiyat qozona boshladi. Ispaniya osmonida yorqin yulduz porlay boshladi. Bu yulduz porlashda davom etaversa, bu "Barselona" va Ispaniya uchun omadning o‘zginasi. Esimda u YECHL ligasidan o‘rin olgan "Ferensvarosh" jamoasiga qarshi o‘yinga supermarket paketida kelib, gol urib, taksida uyiga qaytgan edi. Qanday sodda va kamtar yigitcha. Qani endi hamma yosh futbolchi tashqi stili va maishiy mayda detallarga ko‘p e’tibor bermay, o‘z uyini ustida ishlaganda edi.  Ko‘rayotganlarimiz bir kelajagi porloq futbolchi faoliyatining ibtidosidir. Intixoda uni afsona kabi eslab yurarmiz. Xuddi o‘zi yoqtirgan futbolchi kabi.

 

 

                                                            Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:39, 16.07.2021. O'qildi: 8965 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик