Bugun 16 yanvar, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • 1:0
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • 2:3
      • Bolonya
      • 16.01.2026 00:45
      • Komo
      • 1:3
      • Milan
      • 17.01.2026 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Atalanta
      • 17.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Inter
      • 17.01.2026 22:00
      • Napoli
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 16.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Iordaniya
      • 16.01.2026 20:30
      • Vyetnam
      • -:-
      • BAA
      • 17.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Xitoy
      • 17.01.2026 20:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Janubiy Koreya
  • La-liga
      • 17.01.2026 01:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Jirona
      • 17.01.2026 18:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Levante
      • 17.01.2026 20:15
      • Malyorka
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 17.01.2026 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 17.01.2026 17:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 17.01.2026 20:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Brentford
      • 17.01.2026 20:00
      • Lids
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.01.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Byornli
      • 17.01.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.01.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Vest Xem
      • 17.01.2026 22:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Arsenal
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 20 46
2 Milan 20 43
3 Napoli 20 40
4 Yuventus 20 39
5 Roma 20 39
6 Komo 20 34
7 Atalanta 20 31
8 Bolonya 20 30
9 Lasio 20 28
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 20 22
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 20 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 20 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Piza - Atalanta
17/01/26 Udineze - Inter
17/01/26 Napoli - Sassuolo
18/01/26 Kalyari - Yuventus
18/01/26 Parma - Jenoa
18/01/26 Bolonya - Fiorentina
18/01/26 Torino - Roma
19/01/26 Milan - Lechche
19/01/26 Cremonese - Verona
20/01/26 Lasio - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Funksionerlar: Shunchaki, xaloskor malak

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa chempionati / Terma jamoalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ispaniya milliy jamoa­sining panadagi qahramoni - ma’mur xonim Silviya. Vaqtida jahon kubogini o‘z yuklari ichida olib yurgan va faoliyati davomida ispaniyalik futbolchilar uchun haqiqiy ma’noda ikkinchi onaga aylangan tajribali mutaxassis qariyb 30 yil terma jamoa bilan hamnafas bo‘ldi. Mana, Yevro-2020 ham yakuniga yetdi va xaloskor malak terma jamoa bilan xayrlashdi.

So‘nggi qit’a chempionati yoki undan avvalgi yirik musobaqalarni kuzatgan muxlislar Ispaniya milliy jamoasi o‘yinlari chog‘i yon chiziq oldida qandaydir xavotir bilan turgan ayolni eslab qolgan bo‘lsalar kerak. Asosan futbolchilarni almashtirish jarayonini nazorat qiladigan ayol jamoada maishiy masalalarni joyida hal etishga mas’ul hisoblanadi. Uchrashuvlar payti ham, boshqa har qanday vaziyatda ham. Ispaniya milliy jamoasi ma’muri Silviya Dorshnerova Vays xonim - katta futbolda ko‘p voqeotlarni boshdan kechirgan tajribali ish yurituvchi. Oddiy aytganda, Silviya terma jamoada xaloskor malak maqomidagi shaxs. Uning g‘amxo‘rligi va samimiyligi futbolchilarning bir necha avlodi tomonidan tasdiqlangan. Tabiatan o‘ta kamtarin ayol mashhurlikka intilgan emas. U intervyu so‘rab murojaat qilgan jurna­list­larga hamisha bir xil tarzda javob qaytaradi: «Qo‘ysangizchi, kim bo‘libman? Boz ustiga, nima deyishni ham bilmayman». Amalda esa, uzoq yillik faoliyati davomida Silviya xonimning «Qizil furiya»da tutgan roli haqida yetarlicha e’tiborga molik fikr-mulohazalar yuzaga chiqqan. U o‘smirlik chog‘idayoq 4 xil tilda bemalol gaplasha olardi, 1994 yildan keyingi barcha yirik musobaqalarning doimiy ishtirokchisi. Xose Antonio Kamacho davridan buyon esa Ispaniya termasi bosh ma’muri lavozimida mehnat qildi. «Agar Silviya bo‘lmaganida, bizning shunday mehribon ayol ixtiro qilishimizga to‘g‘ri kelardi», - degandi afsonaviy Fernando Yerro 2012 yili. O‘shanda milliy futbol federasiyasi sport direktori lavozimida ishlagan sobiq futbolchi ayolning terma jamoadagi o‘rniga yuksak baho bergandi. Fernando Yerroning o‘yinchilik davri ispanlar Yevro-2008 va JCH-2010 turnirlarida g‘olib chiqishdi, keyin u ketdi. Silviya esa naq 30 yildan ziyod vaqt davomida mamlakat bosh jamoasi bilan birga bo‘ldi. U jumladan, 2002 yildan e’tiboran bevosita zaxira o‘rindig‘idan joy olgandi.

Aytishlaricha, 2010 yili Silviya jahon kubogini JARdan aynan o‘z jomadonida ko‘tarib kelgan ekan. Shuning o‘ziyoq uning milliy jamoada qanday o‘rin tutganini ko‘rsatib turibdi. Umuman, Silviyaning Ispaniyaga tashrifi va mamlakat futboliga bosh suqishi ham o‘ziga xos tarixga ega. Qo‘shaloq sharif sohibasi bo‘lishining sababi - onasi chexiyalik, otasi esa germaniyalik. Silviyaning o‘zi Menxengladbaxda tug‘ilgan. Biroq unga nemis futbolini to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionlarda tomosha qilish nasib etgan emas. Ya’ni bo‘lajak ma’mur stadionga ilk marta Ispaniya­ga ko‘chib o‘tganidan keyin qadam qo‘ygan. U o‘shanda «Visente Kalderon»ga tashrif buyurgandi. Silviya kelib chiqishi ta’siridami, bolaligidan ispan, ingliz, fransuz va nemis tillarida bemalol gaplashishni o‘rgangan, onasidan esa chexchani ham o‘zlashtirib olgandi. Til bilishi qo‘l kelib, Ispaniya mezbonlik qilgan JCH-82 turniri tashkiliy qo‘mitasiga tarjimon sifatida kiradi. Silviya Ispaniya futbol federasiyasida ish boshlagach, «Qizil furiya»ning sobiq afsonaviy ma’muri Yulian del Amo uni yordamchilikka chaqiradi. Bu voqea Ispaniya mundialidan 5 yil o‘tgach, yuz bergandi. O‘z o‘rniga munosib voris tayyorlaganiga ishonch hosil qilgan del Amo 2002 yili iste’foga chiqdi. JCH-2002da terma jamoani boshqargan Xose Antonio Kamacho esa bosh ma’mur lavozimini aynan Dorshnerovaga berishni so‘radi. Bunga qadar AQSH va Fransiyada tashkillashtirilgan mundiallarda qatnashgan Silviya o‘z kasbining barcha nozik jihatlarini o‘zlashtirib ulgurgandi va yangi lavozimda aytarli muammoga duch kelmadi: «Jamoa zaxira o‘rindig‘idan ilk bora 2002 yilning 13 fevralida, Barselonadagi «Olimpiya» stadionida joy olgandim. O‘shanda Kamacho rahbarligida maydonga tushgan termamiz portugaliyaliklar bilan bahsda 1:1 hisobida durang qayd etgandi. Esimda, g‘oyat hayajonlangan bo‘lsamda, buni atrofimdagilarga birdirmagandim». Bosh ma’murga ko‘p tillarni bilishi juda asqotdi: terma jamoa qayerga borishidan qat’iy nazar, Silviya tashkiliy masalalarni osongina hal qilardi. U bilan hamkorlikda ishlaganlar jamoada vakolat ko‘lami ancha keng bo‘lganini tasdiqlashadi, eng muhimi, futbolchilar xonimni ikkinchi ona sifatida birdek e’zozlashardi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida yana bir ayol - Paloma Antorans ham ishlagan. U OAV bilan aloqa o‘rnatish bo‘limi rahbari edi. Yevro-2008da Rossiya termasiga qarshi kechgan yarim final o‘yinidan keyin avtobusda turnir arafasida vafot etgan jamoa shifokori Xenaro Borrasni eslab, yig‘lab o‘tirgan Palomani ko‘rgan Iker Kasilyas darhol bosh murabbiy Luis Aragones oldiga borib, ayolni qo‘llab-quvvatlash zarurligini aytadi. Shunda dono mutaxassis g‘alabani aynan marhum shifokorga bag‘ishlashlari haqida bayonot bergandi. Paloma jazirama yozda tashkil etilgan o‘sha turnir davomida jamoa ramzi tushirilgan sharfni bo‘ynidan olgani yo‘q, albatta, shifokor hurmati uchun. Lekin Antorans sof professional masalalar bilan shug‘ullangan, Silviya esa hamisha jamoa bilan yonma-yon yurib, kiyinish xonasi yoki maydon chetida qandaydir muammo yoki mojaro chiqsa, unga joyida darhol barham berardi. Qisqasi, uning «Qizil furiya» onasi bo‘lganiga shak-shubha yo‘q. Xonim hattoki, futbolchilar o‘rtasida raqamlar taqsimoti borasida ham mojaro chiqmasligiga intilardi. An’anaga ko‘ra, terma jamoada raqamni faxriylar tanlab oladilar, debyutantlar qolganlari bilan kifoyalanishga majburlar. Aytishlaricha, ispanlar 12 va 13-raqamlarni sira yoqtirishmaydi. Dorshnerova esa bu raqamlar ham omad keltirishi mumkinligini avvalgi avlod vakillaridan misollar keltirish asnosida isbotlab berardi.

Silviya o‘ta keskin vaziyatlarni ham aql bilan hal qilganiga misollar yetarli. Masalan, Yevro-2012ning Doneskda tashkil etilgan yarim final o‘yinida yuzaga kelgan son-sanoqsiz tortishuvlar oqibatida Portugaliya termasi zaxira o‘rindig‘idan joy olganlar asablarini boshqarolmay, hakamlarga tashlanishgandi. Shu qaltis pallada Silviya Ispaniya termasi vakili sifatida tomonlarni tinchlantiradi - u avvaliga zaxira hakamiga, keyin raqib jamoadagi kasbdoshlariga muloyimlik bilan murojaat qiladi. Buning samarasi o‘laroq, mojaroga nuqta qo‘yiladi, uchrashuv nursiz durang bilan yakunlanadi, penaltilar seriyasi natijasiga ko‘ra, ispanlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. «Erkaklar davrasida o‘zimni noqulay his etmayman. Chunki o‘z ishimga shunchalik kirishib ketamanki, atrofdagi voqealarni umuman sezmay qolaman. Hamma menga o‘z yaqinidek munosabatda bo‘ladi. To‘g‘ri, ba’zan noqulay vaziyatlar ham uchraydi: bir safar vengriyalik hakam o‘yinchilarni almashtirish kartochkasini men bilan rasmiylashtirishi kerakligidan taajjublangan edi. Muhimi, zimmamdagi vazifalarni yaxshi bilaman va talab darajasida ado etaman», - degandi Silviya kam sonli intervyularidan birida.

Silviya faoliyatida faqat bitta omadsiz voqea bor: terma jamoa Karles Puyol goli evaziga JCH-2010 finaliga yo‘l olgach, Ispaniya qirolichasi Sofiya futbolchilarni tabriklashga qaror qiladi. Bu jarayonga ham aynan Silviya bosh-qosh bo‘lishi shart edi. U deyarli hammasiga ulguradi, ammo bosh qahramonning to‘satdan paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilolmaydi. Qisqasi, qirolicha tashrifidan bexabar qolgan Puyol yuvinish xonasidan faqat sochiqqa o‘rangan holda chiqib keladi. Vaholanki, Sofiya aynan uni tabriklash niyatida edi. Xullas, qirolicha yarim yalang‘och Karles qo‘lini qisib qo‘yishdan o‘zga chora topoymaydi - noqulay holat. Lekin umumiy bayram muhitida tasodifiy kamchilikka hech kim e’tibor qaratmaydi.

Silviya xonim Yevro-2008 finalidan keyin yig‘lagancha Iker Kasilyasga sakragandi. Aslida ma’mur xonim ehtiroslarini oshkor qilishni yoqtirmaydi: o‘yin­lardan keyin o‘zini telbavor xursand holda ko‘rsatmaydi, e’tiborni yo‘qotmaslik uchun sipolikni aslo unutmaydi. «Ha, ba’zan sakragim, kimlargadir baqirgim, jamoa bilan maydonda raqs tushgim keladi. Ammo tez orada hammaga xotirjamlik bag‘ishlashim zarurligini eslab qolaman. Keskin o‘yinlar payti barcha yigitlar o‘z ehtiroslarini boricha namoyish etadilar. Shunday pallada ularga dalda berishim shart: «Tinchlaning, o‘zingizni qo‘lga oling». Agar men ham asabiylashsam, futbolchilarni qanaqasiga xotirjamlikka chaqirishim mumkin?» - deydi Silviya. Yevro-2008 finalidan keyingi dastlabki daqiqalar hattoki, bosiq Silviyani ham «iz»dan chiqargandi: axir uning jamoasi bolaligi o‘tgan va otasi vatani - Germaniyaning bosh termasini taslim etgandi. Xonim qanday holatga tushganini videolavhalar yoki fotolar orqali ko‘rsatishning iloji yo‘q. Xullas, final hushtagi yangraganidan keyin Dorshnerova hammasini nazorat qiluvchi shaxs obrazidan chiqib, boshqa ayolga aylangandi: u avvaliga ko‘z yoshini yashirolmaydi. Keyinroq,   ya’ni bayram avjiga chiqa boshlagan payt esa, tarixiy kadr dunyoga keladi: baxtiyor Silviya beixtiyor o‘zini darvozabon Iker Kasilyas tomon otadi...

Ispaniya termasi safida qatorasiga 3ta yirik turnir (Evro-2018, JCH-2010 va Yevro-2012)da chempionlikka erishish atigi 11 nafar futbolchiga nasib etdi. Bular - Iker Kasilyas, Pepe Reyna, Serxio Ramos, Raul  Albiol, Alvaro Arbeloa, Xavi, Andrea Inyesta, Sesk Fabregas, Xavi Alonso, David Silva va Fernando Torres. Ro‘yxatning 12-vakili - jamoa yutuqlariga maydon chetida hissa qo‘shgan Silviya Dorshnerova Vays. Har holda, xonim loaqal norasmiy ro‘yxatdan joy olishga mutlaqo haqli. Agar Ispaniya termasi Yevro-2020da ham zafar quchganidami, Silviya rekordchiga aylanardi: oldingi g‘alabalarda ishtirok etganlardan boshqa hech kim jamoada qolgan emasdi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:15, 17.07.2021. O'qildi: 3208 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Верона Gift Orban 7
6 Интер Xakan Chalxanoglu 7
7 Болонья Rikkardo Orsolini 7
8 Болонья Santyago Kastro 6
9 Наполи Rasmus Xeylund 6
10 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.