Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay

Navbatdagi o'yinlar.

13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Koinotdagi "qora tuynuk" va "Barselona" o‘rtasida qanday o‘xshashlik bor?

Baho:
+ | -1
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Koinot cheksiz va sir-sinoatlarga boy hisoblanadi. Unda biz bilgan va bilmagan millionlab narsalar mavjud. Umringizda bir marotaba bo‘lsa ham "qora tuynuk" deya nomlangan" koinot g‘aroyibotini eshitgan bo‘lsangiz kerak. U katta massaga ega, ammo nursizlikdan iborat bir jism hisoblanadi. U shunday bir narsaki ko‘zga aniq tashlanmaydi, ammo o‘ziga yaqinlashgan har qanday jismni yutib ketadi. U yutib ketgan kuchli yorug‘likka ega bo‘lgan sayyora, meteorid yoki boshqa har qanday koinotdagi biror jism shunchaki yo‘qlikka, yorug‘lik esa qop-qora zulmatga aylanadi. Xo‘sh, buni futbolga va "Barselona" klubiga qanday daxli bor ekan deya o‘ylayotganingiz aniq. "Qora tuynuk" va "Barselona"...

Filippe Koutinyo

"Liverpul"dagi ajoyib o‘yinlari bilan muxlislar va mutaxassislar e’tiboriga tushgan Filippeni "ko‘k-anorranglilar" jamoaga kerakli futbolchi deb hisobladi. 2017 yil yozida Neymar "Barsa"ni tark etganidan so‘ng esa ushbu transferga bo‘lgan qiziqish ikki marotaba oshdi. Nihoyat 2018 yil qishda "ko‘k-anorranglilar" uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Uning transfer narxi esa fantastik miqdorda bo‘ldi. Klub u uchun 145 million yevrodan voz kechdi. Mana oradan 3 yilcha oshiq vaqt o‘tdi. Biz unga sarflangan pulga yarasha o‘yin ko‘rganimizcha yo‘q. APL osmonida porlayotgan yigitcha Kataloniyaga kelib so‘nib qoldi. Balki, gap uning o‘zida ham emasdir. Noto‘g‘ri futbol siyosati, noto‘g‘ri qarorlar va Valverdening "oqilligi" uning shu holatga tushib qolishiga sabab bo‘lgandir. 

Usman Dembele

Filippedan biroz avval "Barselona" futbolchisiga aylangan yosh va tezkor Usman ayni damda jarohatlar girdobiga tushib qolgan. Aslida, undan ko‘p narsa kutilgan edi. Har holda, 120 million yevro evaziga xarid qilingan futbolchi eksperement xarid emas, balki aniq nimadir kutilgan transfer bo‘lishi lozim. Neymar ketgan yili uning kelganini inobatga olsak, u braziliyalikning o‘rnini bosishi shart bo‘lgan. Dembeleda potensial yuqori, ammo ketma-ket jarohatlar uni ancha qiynab qo‘ydi. Shuningdek, ayrim hollarda u mutlaq begona muhitda to‘p tepayotganday taassurot paydo bo‘ladi menda. Fransuz qanotlarda tezkor va bir o‘zi himoyachilarni aldab, himoyani "yorib" kirib keta oladi. Bu esa "Barsa" futboliga biroz to‘g‘ri kelmaydigan element hisoblanadi. Baribir Dembele yosh va hali bu futbol falsafasiga moslashib keta olishi kutilgan edi. U moslasha olmayapti va stabil ravishda Neymar tugul o‘z saviyasini ham ko‘rsata olmayapti. 

Antuan Grizmann

2019 yili Suares "Barselona" safida to‘p tepayotgan bir paytda "ko‘k-anorranglilar" o‘z safiga yana bir qo‘rqinchili summa evaziga "Atletiko"dan Grizmanni sotib oldi. Xo‘sh, Suares hali shu yerda va klub forvard sotib olmoqda. Mayli, u Fransiya safida qanotda o‘ynagandir, ammo baribir men Grizmanni vinger deya olmayman. Unda vingerlarga xos katta tezlik yoki driblyorlik qobiliyati yo‘q. Xo‘p, u keldi ham va o‘yinlarda maydonga tushishni boshladi. Shu kungacha u maydonda nima qilayotganini va aniq qaysi funksiyani bajarayotganini men tushunmadim. Menimcha, uning o‘zi ham bilmayotgan bo‘lsa kerak. U bu klubda Neymar yoki Suaresning darajasida harakat qilishi kutilgandi va oxirida xatto Grizmann darajasini ham yo‘qotib qo‘ydi. 150 million yevrolik qimmat hujumchi ayni damda sobiq klubiga qaytishi mumkin. Uni Saul bilan almashtirishmoqchi. Mana buni men "Barselona" effekti degan bo‘lar edim. 

Miralem Pyanich

Pyanich "Yuventus" safida ko‘p mavsumlarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Men uni maydonda bajarayotgan ishlarini ko‘rib, o‘z davrining eng kuchli yarim himoyachilaridan biri deb bilardim. Pyanich to‘pni o‘zida yaxshi ushlab tura oladi va yaxshi assistent. Uning Kataloniya klubiga o‘tishi haqida xabarlar ko‘p bo‘lgan, ammo transfer amalga oshmadi to 2020 yilgacha. O‘tgan yozda u "ko‘k-anorranglilar" safiga 65 million yevro evaziga kelib qo‘shildi. Aniqrog‘i, Artur va Pyanich rokirovkasi sodir bo‘ldi. Artur hali yosh va umidli yarim himoyachi, Miralem  esa har qancha tajribali bo‘lmasin 30ni "qoralab qo‘ygan" edi. Bu alishuvni men Kataloniya rahbariyatining absurd qarori deb atagan bo‘lar edim. Mana bir mavsum ham o‘tdi. Bosniyalik futbolchi amalda maydonda hech karsa qila olmay, sobiq klubiga qaytib ketish arafasida turibdi. U yaxshi futbolchi, biroq uning xatosi keraksiz paytda keraksiz joyga kelib qolganidir. 

Boshqa futbolchilar

Kleman Langle, Samyuyel Umtiti, Ektor Firpo, Arda Turan, Denis Suares, Aleks Vidal, Malkom Nyelson Semedu, Andre Gomes, Artur, Franshisku Trinkau va eslay olmaganlarim ham yetarlicha. Har qanday klubda muvaffaqiyatsiz transferlar bo‘ladi. Miqdor juda katta bo‘lgan taqdirda, buni omadsizlik emas, aniq bir tizimli xato deb atash mumkin. Yaqin 5 yil ichida bu klub safida omadsizlikka uchragan futbolchilarning aksarida aybdor klub deb hisoblayman. Tizimsiz futbol, steretiplardan chekinilgan uslubda ular o‘z o‘yinini ham yo‘qotib qo‘ydi. Klub xaddan ziyod ko‘p transferlar amalga oshirdi va ularning aksaridan bemaqsad foydalandi.  

Mana endi nima uchun "Barselona"ni "qora tuynuk"ka qiyoslaganimni tushunib yetdingiz deb o‘ylayman. Shu yaqin 5 yil ichida Kataloniya klubi katta massaga ega, ammo natijalar va o‘yin e’tibori bilan qaraganda mutlaq nursiz jamoaga aylanib qoldi. Ular yorqin "yulduz"lardan tortib, endi porlayotgan "yulduzchala"rni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olaverdi. Qo‘pol qilib aytganda, "qo‘ra tuynuk" kabi yutib yubordi. Alal-oqibat na klub "porlay oldi" va na o‘sha futbolchilar. 

 

 

                                                                     Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:16, 18.07.2021. O'qildi: 5713 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик