Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Yo‘nalishi keskin o‘zgargan poyezd"ning yangi manzili qayer? Messi ketishiga asosiy sabab nima?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Doimgidek ish vaqtim tugab, uyga yo‘l oldim. Odatda, ishdan chiqgandan so‘ng OAVdan o‘zimni biroz tiyaman va o‘zim yoqtirgan film yoki podkastni tomosha qilaman. Soat 23:00dan o‘tib borardi va men o‘zim yoqtirgan «Shelbiylar oilasi» serialini tomosha qilayotgan edim. Qo‘ng‘iroq. Hamkasb akam va kursdoshim menga qo‘ng‘iroq qilmoqda. Avvaliga qandaydir sirli suhbat olib bordik va yakunda akam oxiri menga bor voqeani aytdi. O‘z an’analarimga tupurib qo‘yib, tezda ijtimoiy tarmoqlarga yo‘l oldim va ko‘zim tushgan xabarlar «Messi endi »Barselona« futbolchisi emas». Dahshat!

Yo‘nalishini o‘zgartirgan poyezd

Odatda manzili tomon ketayotgan poyezd o‘z relsida xotirjam ketaveradi to manzilga yetguncha. Biroz o‘nga va biroz chapga, ammo katta o‘zgarishlarsiz. Ayni damda bo‘lgan voqeani shunday baholagan bo‘lar edim. «O‘z relsida odimlab borayotgan poyezdni qandaydir katta kuch ko‘tarib boshqa relsga olib o‘tib qo‘ydi». Bu kuchga xali to‘xtalib o‘taman.

Biroz tinchlanib olamiz

Ha, Messi endi Kataloniya super klubi futbolchisi emas. Yuqorida biroz hayrat ta’sirida vujudga kelgan jumlalar. Endi biroz analitik tomondan bu unikal hodisaga yondashamiz. Messi bilan yangi shartnoma tuzish ishlari muvaffaqiyatli ketayotgandek edi, go‘yo. OAVda "ana Messi shartnoma imzolashga yaqin", "mana u klub bilan kelishib oldi" va hokazo xabarlar kuniga va hatto soatiga chiqib yotgan edi. Uning qolishiga millionlab insonlar ishonayotgan edi. Xatto «Barsa» futbolchilaridan tortib Messining o‘zi ham bu voqea sodir bo‘lishini kutgan, menimcha. Aslida, bir voqea sodir bo‘lmadi xolos. Taxminlar har doim o‘zini oqlamaydi va hamma narsa biz kutganimizday bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsada, bu kutilmagan voqea rostdan ham kutilmagan edi. Voqeaning kutilmaganlikini foizda baholasak - 100 foiz.
Kutilmagan voqea. «Nega boyadan beri» bir jumlani takrorlayapman, axir. Bu jurnalistikaga to‘g‘ri kelmaydi, biroq bu voqev aqlga sig‘dirib bo‘lmas va o‘ta ta’sirli. Shunday ekan, mazkur holat ta’sirida ayrim qonuniyatlarni buzsam, hech kim meni koyimasa kerak.

Messining ketishiga nima sabab bo‘ldi?

O‘tgan yili Messi «Barselona»dan ketish kayfiyatida yurgan edi. Unda Leo prezident bilan kelisha olmayotgan edi va klubdagi ichki muhit uni g‘azablantirgan edi. Ha, bu insoniy faktor. Messining bu qarorga kelishiga «sabr kosaning to‘lishi», «asabning dosh bera olmasligi» tashxislarini sabab qilib ko‘rsatsak bo‘ladi, ammo o‘shanda Messini jamoada qog‘oz ya’ni shartnoma ushlab qolgan edi. Endi Messi nega «Barselona»dan ketmoqda. Sabab? Azizlar, ochig‘ini aytaman men jurnalistman, matematik emas. Bu sababni yaxshilab tushuntirib berish uchun yaxshi hisob-kitob qila olishim va bir qancha moliyaga doir terminlarni yod olishim zarur. Jurnalistga ming xunar oz. Mayli, men buxgalteriya kursiga yozilib qo‘yaman va boshqa bu kabi uyatli holatga tushib qolmayman deb umid qilaman. Ayrim La Liga talablari, moliyaviy qiyinchiliklar aslida Leoni «Barsa»dan va «Barsa»ni Leodan ayirmoqda. Aslida, katta kuch ham ayni shu. Mablag‘ va qandaydir shartnomalar ayni damda katta kuch va u biz o‘ylagandanda ko‘p ishlarga qodir. 

Buyog‘iga nima bo‘ladi?

Ha, klub rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida buni e’lon qildi. Ayni damda qandaydir gipotezalar va shubhalarga asos yo‘q, u ketadi, deya o‘ylamoqdamiz. Shunday bo‘lsada, men uning qolishi va yana qandaydir g‘ayrioddiy voqealar ro‘y berishi mumkinligini ich-ichimdan inkor etmayapman. Sababi, La Liga o‘z talablaridan chekinmayotgan bir paytda Kataloniya super klubi keskin qaror qabul qilib, ularning ko‘zini ochib qo‘ymoqchi, deya taxmin qilishimiz mumkin. "Bo‘magan gap", "bo‘ldi ketdi" deydiganlarning fikrini inobatga olaman. Shunchaki, ayrim yangiliklardan xulosa o‘laroq, bu taxminni yo‘qqa chiqarib tashlay olmas edim. Balki, hammasi o‘tkir syujetli film kabi o‘zgarib u qolar va yoki hech narsa o‘zgarmay boshqa bir klubga yo‘l olar. Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu voqea katta shovqinga, hayratlarga va Messi va "Barselona"ning ashaddiy muxlislarining tushkinligiga sabab bo‘ldi.

Keling, Messi va "Barselona"ning shonli onlarini, baxtli kunlarini xotirlaydigan roliklarni ko‘rishga shoshilmay turaylik. Hammasi o‘zgarib ketar, balki. Xuddi kechagi o‘zgarishlar kabi. 

 

                                                        Xudayqulov KARIM maqolasi

Kiritildi: 14:42, 06.08.2021. O'qildi: 15907 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.