Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Afsonaviy futbolchi, "millat to‘purari" — Gerd Myuller hayotiga nazar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin butun futbol muxlislari buyuk futbol afsonalaridan biri bo‘lgan «Bavariya» hujumchisi Gerd Myullerdan ayrilib qoldi. Uning maqtana oladigan xususiyatlari bisyor: «Oltin to‘p» sohibi, Jahon chempioni va 18 yil davomida boshqalar orzu qilmagan darajadagi sovrinlarni yutgan va ko‘plab rekordlarni yangilashga muvaffaq bo‘lgan shaxs sifatida qadrli.

Stadion.uz quyida Gerd Myuller bilan bog‘liq bir qator diqqatga sazovor holatlarga qisqacha to‘xtaladi.

Oltin to‘p

Yetmishinchi yillarning dastlabki paytlari «Bavariya»ning jahon bo‘yicha to‘liq gegemonligida o‘tdi. Gerd Myuller esa o‘sha paytlar jamoasining haqiqiy rahnamosi bo‘lgan. U 69/70 va 70/71 yilgi mavsumlarda jami 81 ta gol urdi, Meksikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida esa o‘z hisobiga naq 10 ta (!) gol yozdirib qo‘ydi. Natijada u 1970 yili «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritadi.

«Millat to‘purari» bu yo‘lda Bobbi Mur va italiyalik Luidji Riva bilan kurash olib bordi. Shunday qilib, Myuller ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi nemis futbolchisiga aylandi. 1972 yili u bu ro‘yxatga yana bir bor nomzod sifatida ko‘rsatildi, biroq «Oltin to‘p» bu safar Frans Bekkenbauerga nasib etdi.

Bundesliga rekordi

1971/72 yilgi mavsumda Myullerni to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmadi. Ushbu mavsumda Gerd rosmana gollar mashinasiga aylanib ketdi va uning yordami bilan «Bavariya» mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Umuman olganda, myunxenliklar o‘sha mavsum davomida 101 ta gol urishgandi va ularning 40 tasi bevosita Myullerga tegishli bo‘ldi. Bu esa bir mavsum davomida ichki chempionat doirasida urilgan eng ko‘p golli seriya degani. Robert Levandovskining yakuniga yetgan mavsumda ushbu natijani yangilamaguniga qadar yuqoridagi rekordga hech kim yaqinlasha olmadi.

1972 yevro finalida dubl

1972 yilgi Yevropa chempionati Germaniya uchun muhim voqelik sifatida qayd etildi. Gap nemislarning g‘olib bo‘lganligida ham emas aslida. Endi butun futbol ahli mana shu kundan boshlab Germaniya bilan hisoblashishni boshladi, ularga rosmana kuchli jamoa sifatida qaray boshladi. O‘z navbatida Gerd Myullerning ham hayotida yangi sahifa ochildi. Bu turnirdan so‘ng u katta siymoga aylandi, o‘z nomini butun ommaga yoydi. Yevro-72 yarim finalida mezbon Belgiyaga qarshi ikkita gol urdi. Bryusseldagi finalda esa SSSR bilan bahsga jiddiy kirishgan Gerd yana o‘sha ishini takrorladi va dubl muallifiga aylandi.

Natijada Myuller 1954 yildan beri birinchi marta mamlakatiga yirik sovrinni taqdim etdi. Shundan so‘ng, hamma bu jamoadan qo‘rqish kerakligini his qila boshladi.

Afsonaviy yil

1972 yili Myuller aqlbovar qilmas rekordni qayd etdi. Gollar urish fishkasiga aylangan bu yigit bir kalendar yili davomida jami 85 ta gol urishni uddaladi. Faqat 2012 yildagina Leo Messi bu ko‘rsatkichni tamomila yangilab, 91taga oshirib qo‘ygan.

Jahon chempionati

Myuller Bundesliga va Yevropa chempionligi sovrinlarini qo‘lga kiritgach endi uning birgina orzusi qolar edi - Jahon chempionati. 1974 yilgi mundial esa buning uchun yagona imkoniyat edi. Ayniqsa, nemislarning ushbu turnirdagi mezbonlik maqomi va bundan avvalgi katta turnirni yutganliklarini hisobga olsak, muxlislar Germaniyadan katta natijalarni kutishgan edi.

Ammo Myuller jamoadoshlari uchun barchasi omadsiz tarzda boshlandi. Sharqiy Germaniya bilan bir guruhda tushib qolgan GFR o‘zaro o‘yinda ham azaliy raqiblariga imkoniyatni boy beradi. Biroq pley-offlarda o‘ziga kelgan nemislar sekin asta muxlislar ishonchini oqlay boshlaydi. Bunda albatta Myullerning hissasi katta. Nihoyat finalga qadar yetib kelgan Germaniya bu bahsda  Gollandiyani taslim etishni uddaladi. Die Mannschaft safidagi gollarga Bretner va Myullerlar mualliflik qilishdi. Gerd jamoasiga g‘alaba keltiruvchi golni taqdim etdi.  Shunday qilib, uning mamlakati ikkinchi bor Jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.

Kiritildi: 02:13, 26.08.2021. O'qildi: 2336 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик