Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Murabbiylar: Tasbeh va zikr – ruhiy halovat

Baho:
+1 | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Asli turkmanistonlik, hozirda Rossiya fuqarosi hisoblangan Qurbon Berdiyev qanday murabbiy? Uning muqaddas Islom diniga munosabati hammaga ma’lum. Qurbon Bekiyevich o‘yinlar payti ham mashhur tasbehidan ayrilmaydi - Alloh zikri bilan mashg‘ul bo‘ladi. E’tiborli fakt: Berdiyev masjidga ilk marta 35 yoshida, yaqin do‘sti ta’sirida qadam qo‘ygan ekan. U keyinchalik Makka ziyoratiga borib, haj amalini ham ado etdi. Qurbon Berdiyev yaqindagina Qozog‘istonning «Qayrat» klubi bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Asli turkmanistonlik mutaxassis 2019 yildan buyon hech qayerda ishlamayotgandi. Berdiyevning shartnomasi joriy yil oxirigacha mo‘ljallandi, lekin uni avtomatik ravishda yana 2 mavsumga uzaytirish imkoniyati bor. Murabbiy 2019 yili «Rubin»dan ketgach, orada maslahatchi roli bilan cheklandi, xususan, «KAMAZ» klubida. Yana bir tomoni, «Qayrat» Berdiyev uchun begona emas. 1991-1993 yillar oralig‘ida qozoq klubida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan Qurbon Bekiyevich mavsum-1994da boshqaruvni o‘z qo‘liga olgandi. Ma’lumot uchun, bu murabbiy Rossiyaning ikki karra chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi sohibi hisoblanadi.

***

Iymon-e’tiqod, namoz

Haj amalini bajarishda 130 km. yayov yurgan Qurbon Berdiyev tamaki chekish va spirtli ichimliklardan butunlay voz kechgan, ro‘za tutishga odatlangan. Qurbon Bekiyevich - Islom arkonlariga hurmat bilan qaraydigan musulmon. U iymon va e’tiqod qanday bo‘lishini bolaligidan, bobosi misolida ko‘rgan ekan: «U Allohdan chinakamiga qo‘rqadigan chin dindor edi, hattoki, sobiq ittifoq davrida ham ko‘p ibodat qilardi, garchi bu taqiqlangan bo‘lsa ham. Bobom Chilikin shaharchasida yashagan, biz esa Ashxobodda. Lekin uning oldiga tez-tez borardik va hamisha besh vaqt namozni kanda qilmasligini ko‘rganman. Bobom poytaxtga, biznikiga kelganida ham, namozlarni vaqtida o‘qishni unutmasdi. Uning bunday e’tiqodi qalbim tubiga o‘rnashgan. To‘g‘ri, o‘zim o‘sha payt besh vaqt namoz o‘qigan emasman, lekin qalbim iymonga to‘la bo‘lganiga aminman».

***

Mislsiz halovat

Berdiyev masjidga birinchi marta 35 yoshida, ya’ni futbolchilik faoliyati yakunlanganidan so‘ng kirgan ekan. Qurbon Bekiyevich murabbiylikka o‘tgach esa, jamoasi bilan qaysi shaharga bormasin, u yerda albatta, masjidga bosh suqishni odat tusiga aylantirdi. Agar qaysidir shaharda masjid bo‘lmasa, namozgohga boradi. Eng sevimli joyi - Grozniydagi katta masjid: «Grozniydagi mahalliy masjidga kirganimda, xuddi Makka safaridagi beqiyos tuyg‘uni qayta boshdan kechiraman. Ba’zan nimadandir siqilsam yoki qiynalsam, beixtiyor o‘ylab qolaman: «Balki Grozniyga borib-kelishim kerakdir...». Bu ichki halovat uchun juda zarur». «Rubin»ning sobiq hi­moyachisi Aleksey Popov o‘z in­tervyularidan birida Berdiyevning jamoada o‘zini qanday tutishi haqida batafsil gapirib bergandi: «U aynan iymon-e’tiqoddan o‘zgacha quvvat oladi. Murabbiy shuning hisobiga yillar davomida barqaror xotirjamlikni saqlab qoladi. Vaholanki, Qurbon Bekiye­vich o‘ta qattiqqo‘l va to‘liq hukmronlik qilishni istaydi. Xarakteri shunday. Gohida ehtirosi jo‘shib, hissiyotga beriladigandek taassurot uyg‘otadi, bunday lahzalarda iymon kuchi bilan o‘zini tutib oladi. Shu tariqa behuda baqirib, so‘kinishdan tiyiladi. Vaholanki, futbolda baqirish-so‘kinish odatiy hol hisoblanadi. Faqat Berdiyev uchun emas».

Berdiyev do‘sti Abdullo va tarjimon Yashar Ozjan bilan birga bir necha marta Makkaga borgan - umra ziyorati uchun. Vaqt masalasi tufayli esa haj amalini bir marta ado etgan. «Hayotimda bir martagina namoz payti qayergadir g‘oyib bo‘lganman. Bu Makka safarida yuz bergandi. Go‘yoki, yer yuzidan ko‘tarilasiz, ochig‘i, so‘z bilan ifodalab berishim qiyin. Atrof top-toza, bir gard yo‘q, mutlaqo soflik... Ma’lum muddatdan so‘ng atrofga qaraysiz, ammo qayerda turganingizni tushunmaysiz... Bu - mo‘’jiza», - deydi Berdiyev haj safari haqida.

***

Chempionlik sharafiga ziyorat

Berdiyev 2008 yili «Rubin» boshqaruvida birinchi chempionlikni tantana qildi va buning sharafiga darhol muqaddas ziyoratga otlandi: «Mehribon hamrohlarim hisoblab chiqishdi: 10 kunlik safar davomida chamasi 130 kilometr masofani bosib o‘tibmiz. Birinchidan, vodiy bo‘ylab yayov yurasiz, u yerda yotadigan yoki shunchaki, o‘tiradigan joy yo‘q. Ozgina uxlab olish uchun matras qo‘yadigan salqin joy topolmaysiz. Eng muhimi, bu fikrdan o‘z-o‘zidan qutulasiz, yotishni unutib, yo‘lda davom etasiz. Keyin vodiyga kirasiz, u yerda har bir musulmon chuqur tuyg‘ularni his qiladi. Ya’ni sizga hech kim kerak emas, yolg‘izsiz, garchi atrofingizda millionlab odamlar bo‘lsalarda. Bu tuyg‘uni ta’riflashga ojizman. Atrofda million-million odam, hammaning tili boshqa, dunyoning turli burchaklaridan kelgan insonlar... Shunda yer yuzida turli-tuman musulmonlar borligini ko‘rasiz. O‘ta boylar ham, kambag‘allar ham bor, faqat ular bir xil holatdalar. Jumladan, siz ham shundaylardan birisiz. Eng muhimi, cheksiz baxtiyorsiz. Bu - Islom ne’mati».

***

Spirtli ichimliklarga nuqta!

Berdiyev vaqtida ma’lum muddat do‘sti Baxtiyor Bayseitov uyida yashagan. «Qurbon hammasidan ham palovni yaxshi ko‘radi. Bu taomni bir necha kun ketma--ket tanovul qilishi mumkin. Umuman, u mazali ovqatlanishni o‘rniga qo‘yadi. Lekin Ramazon oyida barchasini chetga surib, faqat kechasi ovqatlanadi. Ya’ni kun bo‘yi hech narsa yemaydi, ichmaydi», - degandi Bayseitovning rafiqasi. Berdiyev iymon halovatini topganidan keyin spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan butunlay voz kechdi. «Allohni taniy boshlaganimdan so‘ng barchasiga nuqta qo‘ydim. Endi aroq o‘rniga sharbat yoki choyni afzal ko‘raman. Ilgari xuddi parovoz kabi chekardim. Eng hayratlanarlisi, sigaretadan juda yengil qutuldim. Yana tabiatan uy odamiman. Ya’ni turli ziyofatlarga tobim yo‘q. To‘g‘ri, ba’zida mehmondorchilikka borishingiz kerak - sizni hurmat qilib, taklif etgan odamlarni ranjitishingiz yaxshi emas», - deydi Qurbon Berdiyevning o‘zi. Buni «Chernomores» bilan «Rubin»ga qarshi o‘ynagan Igor Gamula ham tasdiqlaydi: «Berdiyev juda dindor kishi. Esimda, 2003 yili «Chernomores» bilan Qozonga borgandik. O‘yindan oldin Qurbonni kechki tamaddiga chaqirdim. U keldi. Birga shampan vinosi ichishni o‘ylagandim, ammo u qo‘l tekkizmadi, hattoki, taom ham yemadi».

***

Quvnoq shaxs, faqat...

«Rubin» matbuot xizmati sobiq rahbari Maksim Lopuxovning aytishicha, Qozonda Berdiyev tufayli boshqacha qarash shakllangan edi: «Murabbiy spirtli ichimliklarga toqat qilolmasdi, hattoki, ichganlar oldida o‘zini erkin his qilolmasdi. U qayerda bo‘lmasin, o‘zini hamisha quvnoq va mutoyibaga mo­yil xushchaqchaq insondek tutgan. Ammo mastlar davrasiga tushsa, o‘zgarib qolardi». Berdiyev masjidga qatnay boshlaganidan keyin tasbeh ko‘tarib yuradigan bo‘ldi. U ikki chempionlikni ham bitta tasbehda nishonladi, bu buyumsiz o‘zini yomon sezadi. Berdiyevning o‘yinlar paytidagi odatiy harakati: boshida ko‘zini yumgan holatda duo o‘qiydi, keyin tasbehi yordamida zikr bilan mashg‘ul bo‘ladi. «O‘yinlar chog‘i murabbiy zimmasiga katta ruhiy yuk tushadi, - deya izohlaydi Berdiyev. - Bu vaqtda Allohning barcha 99ta go‘zal nomini aytib, ichki xotirjamlikni ta’minlayman. Tasbeh Yaratgan nomlarini zikr etishda adashib ketmaslik uchun kerak. Shunda xayolan Uning shundoq yonimda ekanligini his qilaman». Qurbon Bekiyevich masjidga ilk marta o‘tgan asrning 90-yillari boshida «Qayrat»ning sobiq murabbiyi Baxtiyor Bay­seitov tufayli kirgan. Keyinchalik qo‘lida tasbeh paydo bo‘ldi. Bayseitov bu voqeani yaqqol eslab qolgan: «O‘sha paytdagi sport vaziri Amancha Akpayev menga yaqinlashib, munchoqlarga e’tibor qaratdi va Allohga chin yurakdan ishonganim uchun meni alohida maqtadi. Berdiyev ham shu-shu ibodatga kirdi va tasbeh olib yurishga odatlandi». Murabbiy faoliyati davomida «Rubin» bilan 2 marta Rossiya chempioniga aylandi va yana ikki mavsum yakunida bronza medalini ta’minladi: RPLdagi debyuti (2003 yil) va 2010 yilda. Shuncha vaqt oralig‘ida qo‘lidagi tasbeh o‘zgarganini yo‘q. Berdiyevning o‘zi ikkinchi chempionlikdan keyin bunga alohida to‘xtalgandi: «Bisotimda tasbehlar ko‘pmi? Ha, ko‘p. Ayrimlarini o‘zim sotib olganman, qolganlarini sovg‘a sifatida berishgan. Bu yerda, ofisning o‘zida 20 donacha bor. Lekin o‘yinlarga nuqul 1tasi bilan tushaman. U 2003 yildan buyon doimiy hamrohimga aylangan. O‘shanda bronza medalini yutganimizda ham, shu tasbeh men bilan birga edi. 2008 yilgi chempionlik vaqtida ham, hozir ham...».

***

Mutlaqo daxlsiz mavzu

«Rubin» vakillarining guvohlik berishlaricha, diniy qarash ham, tasbeh ham mashg‘ulotlar jarayoniga hech qachon ta’sir qilmagan. Berdiyevning tasbehini biror marta boshqa kishi qo‘lida ko‘rishmagan. Umuman, hech kim bu haqda murabbiy bilan loaqal bir marta bo‘lsada, hazillashmagan. Klubda bunga istehzoli qarashni ham hech kim sezgan emas. «Bir qarashda, Berdiyev o‘ta irimchi insondek ko‘rinadi. Tasbehi va pidjaki bunga misol, - degandi Aleksey Popov. - Murabbiyning tasbehini ushlab ko‘rmaganman. Buning barchasi xurofotga o‘xshaydi, lekin aslida e’tiqod kuchliligidan bo‘lsa kerak. O‘z salohiyatingizga ishonganingizda, nimagadir irim qilishingizga hojat qolmaydi. Hammada hayotga nisbatan shaxsiy qarashi bor. Shunday ekan, kimningdir tanlovini muhokama qilish o‘rinsiz. Muhimi, Berdiyevning tasbehi jamoaga qandaydir salbiy ta’sir o‘tkazmagan. Har holda, buni biror marta sezgan emasman». Berdiyevning o‘zi esa tasbehni ruhiy ahamiyatga ega zaruriy buyum sifatida ko‘radi: «Bu qandaydir irim ham, urf-odat ham emas, balki zarurat. Shunchaki, ichki hissiyotimga ko‘ra, u o‘yinlar vaqti qo‘limda turishi kerak. Tasbeh bo‘lmasa, o‘zimni nimanidir yo‘qotib qo‘ygan kishidek his qilaman. Faoliyatim davomida bir necha o‘yinni tasbehsiz o‘tkazishimga to‘g‘ri kelgan va ishoning, butun vaqt davomida igna ustida o‘tirgandek bo‘lganman. Shuning uchun har doim qo‘limda tasbeh turishi muhim. O‘ylaymanki, ayniqsa, musulmonlar meni yaxshi tushunishadi».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 05.09.2021. O'qildi: 3127 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.