Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL. Ronalduning qaytishi va yangilanayotgan MYU

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Jamoalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oxirgi 2 hafta ichida "Manchester Yunayted" ko‘p tilga olinayotgan klublardan biri bo‘lib turibdi.

Xabaringiz bor, mankunianliklar safiga 12 yillik tanaffusdan keyin Krishtianu Ronaldu qaytib keldi. Bu hodisa o‘z navbatida klub aksiyalarining oshishi, ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar sonining ko‘payishi hamda portugaliyalikning afsonaviy 7-raqamli liboslarining barchasi sotib bo‘linishiga sabab bo‘ldi. Hozirda Ronalduning liboslarini xarid qilishni istayotgan muxlislar soni minglab topilmoqda.

Manchester klubi yangi mavsumda Yevropa Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan futbolchilar nomini ma’lum qildi.

Mazkur qaydnomani tanishtirib o‘tishdan oldin klubning amalga oshirgan uch transferi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Rafael Varan («Real»dan), Jeydon Sancho ("Borussiya Dortmund") va Krishtianu Ronaldu («Yuventus»). Mazkur transferlar jamoaning mavqei va o‘yin saviyasi oshishiga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli yuqori. Himoya va hujum chizig‘i sezilarli darajada mustahkamlandi. Demak, qaydnoma bilan tanishib oling.

Darvozabonlar: David de Xea, Din Xenderson, Tom Xiton

Ispaniyalik posbon yangi mavsumda asosiy tarkibda harakat qilishi mumkin. Har holda Xendersonning jarohatdan safga qaytguniga qadar de Xeadan munosib nomzod yo‘q. Tom Xiton zaxira darvozaboni sifatida xarid qilinganini barcha birdek tushunib turibdi. Umuman olganda, MYUda ikkita yaxshi saviyadagi darvozabonlar bor.

Himoyachilar: Aaron Van-Bissaka, Diogu Dalot, Viktor Lindelyof, Erik Bayi, Xarri Maguayr, Rafael Varan, Lyuk Shou, Aleks Telles.

Ikkitadan o‘ng va chap qanot himoyachilaridan boshlasak. Van-Bissaka va Shou asosiy tarkib futbolchilari hisoblansa, Dalot va Telles rotasiya o‘rnida maydonga tushiriladi. Laterallar klubda juda ham yuqori saviyali futbolchilar hisoblanishadi. Markazda Varan hamda Maguayr juftligini ko‘rishimiz mumkin. Bayi va Lindelyofning darajasi yomon emas, ammo sheriklariga nisbatan biroz tajribasiz va boshlang‘ich tarkib uchun ko‘proq ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.

Yarim himoyachilar: Pol Pogba, Bruno Fernandesh, Xuan Mata, Jessi Lingard, Amad Diallo, Fred, Nemanya Matich, Donni van de Bek, Skott MakTomini, Jeydon Sancho.

Fernandesh va Pogba markaziy himoyaning tayanchi va ustuni hisoblanishadi. Fred ko‘proq himoyaga yordam bersa, Sancho hujumkor yarim himoyachi sifatida asosisy tarkibda ko‘rinish berishi mumkin. Mata, Matich singari tajribali futbolchilar ham kerak vaqtda ukalariga yordam berib turishadi. Diallo, Van de Bek, Lingard zaxirada qolib ketishi, MakTomini esa asosiy tarkib uchun jiddiy raqobatga kirishishi mumkin. Futbolchilarning hozirgi salohiyatidan kelib chiqqan holda shunday fikr shakllanmoqda.

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Entoni Marsyal, Markus Reshford, Edinson Kavani.

Reshford va Ronaldu asosiy tarkibda muntazam tushishi mumkin. Marsyal va Kavanining qay darajadagi futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Sancho ham hujum uchligida o‘zini ko‘rsata oladi. Umuman olganda, joriy mavsum Ole-Gunnar Sulsher jamoasida oxirgi yillardagi "Manchester Yunayted"ning eng optimal tarkibi yig‘ilgan deb bemalol ayta olamiz va bu YECHLda klubning g‘olib chiqish imkoniyatlarini oshirib yuboradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:19, 08.09.2021. O'qildi: 6521 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик