Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu yana qanday rekordlarni yangilashi mumkin?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Krishtianuning "Yuventus"dagi bir necha yillik ajoyib mavsumidan so‘ng Turindan ketishga qaror qildi. Portugaliyalik Italiya klubi bilan tezroq xayrlashishi uchun "Man Siti", "PSJ", "Manchester Yunayted" bilan muzokara olib bordi. "Keksa sinyora" Ronalduni shartnoma oxirigacha jamoada qolishini rejalashtirgan edi. Sababi, klubda bu darajadagi futbolchining bo‘lishi - katta obro‘ va ajoyib marketing deganidir.

Shunga qaramay, "Yuventus" asosiy yulduzini saqlay olmadi - Krishtianu o‘zini sevgan klubi mankunianliklar safiga qaytdi. Ronaldu Manchesterda motivasiya bilan bog‘liq muammolarga duch kelmaydi, sababi Ronaldu qayd etgan hamma rekordlarining dastlabki qadamlarini aynan "qizil iblislar" safida tashlagan. Bu yerda u jahon futboli yulduziga aylandi. Shu munosabat bilan Stadion.uz nashri Ronaldu kelajakda amalga oshirishi mumkin rekordlari haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

Chempionlar ligasi sovrinini eng ko‘p yutgan futbolchi


Krishtianu 5 marta Chempionlar Ligasini yutgan.Avvaliga u "Manchester Yunayted" bilan, keyin to‘rt marta "Real" bilan Yevropaning nufuzli sovrinini qo‘lga kiritdi. Hozirgi vaqtda rekordchi "Real"ning sobiq hujumchisi Pako Gento bo‘lib, u 6 marta chempionlikni qo‘lga kiritgan. Varan, Sancho va Ronaldu kelishi bilan "qizil iblislar" Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish imkoniyati nihoyatda ortib ketdi. Shuning uchun KriRO mazur natijani ortda qoldirishiga ishonish mumkin


Chempionlar Ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi


Afsonaviy darvozabon Iker Kasilyas Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. Sobiq kiper Chempionlar ligasida 177 o‘yin o‘tkazgan. Bir necha kundan keyin Ronaldu mazkur natijaga yetib olishi mumkin. Ayni paytda portugaliyalikda 176 o‘yin mavjud bo‘lib, 14 sentyabr kuni Ronaldu "Yang Boyz"ga qarshi o‘yinda maydonga tushib Ikerga yetib olish ehtimoli bor. Krishning hozirgi futbolchilarni eng yaqin ta’qibchisi - Lionel Messi (149 uchrashuv).
 
Dunyodagi eng titulli futbolchiga aylanishi mumkin.


2021 yil 20 mayda "Yuventus" Italiya kubogi finalida "Atalanta"ni mag‘lub etdi (2:1). Ronaldu uchun bu sovrin Turinda 5 -, faoliyatida 34-titul bo‘ldi. Dani Alves dunyodagi eng sovrindor futbolchi hisoblanadi (42 ta sovrin). Krishtianu allaqachon 36 yoshda va Alves rekordini ortda qoldirish qiyin bo‘ladi. Ammo 37 ta titulga ega bo‘lgan Messini ortda qoldirish uchun motivasiya bor.

"Oltin to‘p"ni eng ko‘p yutgan futbolchiga aylanishi mumkin.


Lionel Messi tarixdagi eng ko‘p "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi (6 marta). Ronaldu esa 5 marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. 2021 yilda Ronaldu "Oltin to‘p"ga da’vogarlar ro‘yxatida yo‘q. Sababi, o‘tgan mavsum Ronaldu uchun na terma jamoada, na "Yuventus" safida omadli kelgan, shu sababli ushbu mavsum portugaliyalik navbatdagi "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritishi qiyin. Lekin, Manchesterga qaytishi  Ronalduning navbatdagi muvaffaqiyati bo‘lishi mumkin va keyingi mavsumda Krish dunyoning eng yaxshisi bo‘lishi mumkin. Imkoniyat juda oz, lekin futbol shunisi bilan har doim qiziq.


"Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi to‘purar


Ronaldu Manchesterga 17 yoshli bolakaylik paytida kelgan. Krishtianu "qizil iblislar" safida 2003 yildan 2009 yilgacha o‘ynagan. Bu vaqt ichida portugaliyalik
292 uchrashuvda 118 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Rekord Ueyn Runiga tegishli (253 ta gol). Runining natijasidan o‘tib ketish uchun Krish 136 ta gol urishi kerak. Ya’ni, ketma-ket to‘rt mavsumda "Manchester Yunayted" safida barcha turnirlar doirasida 34 ta gol urishi talab qilinadi. Bu natija deyarli imkonsizdir. Lekin...


"MYU" tarixidagi to‘purarlar top-10ligiga kirish


Ronaldu uchun yana bir motivasiya bor. Ya’ni "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yaxshi 10ta to‘purarlar safidan joy olish. Ayni paytda mazkur ro‘yxatning 10 -o‘rinda Pol Skoulz joylashgan bo‘lib, mazkur futbolchi hisobida155 ta gol mavjud.

 

 

Jamshidjon Mahmudov tayyoradi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:56, 12.09.2021. O'qildi: 10871 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик