Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma.

  • ECHL
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • -:-
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • -:-
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2021/22 yilgi mavsumda Italiya tojiga kim ega chiqadi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida "Inter" "Yuventus"ning 11 yillik gegemonligiga yakun yasadi. Yangi mavsumni A Seriyaning kuchli yetti jamoasiga qaraganda, biroz omadsiz tarzda boshlagan bo‘lsa-da, Turin klubi yangi mavsumning asosiy favoriti hisoblanardi. Ammo, shuni ham ta’kidlash kerakki, mavsum avvalida Italiyada haqiqiy murabbiylar inqilobi yuz berdi. Faqatgina, kuchlilar orasida "Milan" va "Atalanta" o‘z ustozlarini jamoada saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.  Shu munosabat bilan Stadion.uz nashri A Seriyaning Skuddetto uchun kurash olib boradigan jamoalarning imkoniyatini baholadi.

"Lasio" (5%)


O‘tgan mavsumda Simone Inzagiga zaxira o‘rindig‘i yetishmadi. Inzagi 2020/21 yilgi mavsumda ancha qiynaldi va "burgutlar" bilan "uchib" keta olmadi. Shunday bo‘lsa-da, "Lasio" rahbariyati bosh murabbiy bilan xayrlashishni istamadi, lekin u "Inter" ustoziga aylandi. Biroq, "burgutlar" yangi murabbiy nomini e’lon qilishgan-da, ko‘pchilikni bu xabar hayron qoldirdi. Sigaret ko‘p chekadigan Sarri - ajoyib mutaxassis. Biroq uning "Chelsi" va "Yuventus"dagi faoliyati yaxshi deb bo‘lmaydi, lekin undan oldin "Napoli"da u ajoyib ishlarni amalga oshirdi.

Yozgi transfer oynasida "Lasio" transferlarga atigi 12 million yevro sarfladi. Eng qimmat xaridi "Bordo" markaziy yarimhimoyachisi Tom Bashich bo‘ldi, ular uchun Rim klubi 6,8 million yevro to‘lashdi. Qolgan 5 milliondan ortiq million Felipe Anderson (Vest Xem) va Kamenovich
(Chukarichki) uchun sarflangan. "Lasio" shuningdek, juda yuqori sifatli erkin agentga aylangan futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bular – Zakkani, Pedro va Xyusaya. Sarri oldin Pedro va Xyusaya bilan ishlagan. Shuning uchun ular "burgutlar"da paydo bo‘lishi ko‘pchilikni ajablantirmadi. "Lasio" yangi mavsum startiga kuchsizlanmay va jamoaning asosini saqlab qolib yetib kelgan favoritlardan biri hisoblanadi.


"Milan" (8%)


"Rossonerilar" uchun o‘tgan mavsum dramatik tarzda o‘tdi. "Milan" yakunda ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natijani Milan shahrining bir qancha muxlislari ajoyib natija deb hisoblashdi. Pioli qo‘l ostida Kessi, Kalabriya va Ernandes kabi futbolchilar o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazishdi. "Milan" transfer oynasi boshida o‘z yulduzlari Hakan Chalhano‘g‘li va Janluiji Donnarummani erkin agent sifatida qo‘ldan chiqarishdi va buni ko‘pchilik mutaxassislar muvaffaqiyatsizlik deb qabul qilishdi. Shundan keyin, "Milan" ularning o‘rnini to‘ldirish harakatiga tushishdi. Darvozada Yevro-2020ning eng yaxshi o‘yinchisi Donnarumma o‘rnini "Lill"dan xarid qilingan Menyan egalladi. Ushbu kiper uchun milanliklar 13 million yevro sarflashdi. Shuningdek, "Milan" "Chelsi"dan Fikayo Tomorini 29,2 mln yevroga sotib oldi. Bu klubning yozgi transfer oynasidagi eng qimmat xaridi bo‘ldi. Ular yana Braim Diasni ijaraga olishdi, "Real" sobiq futbolchisi  Chalhanog‘lu o‘rnini egalladi. Olivye Jiru ham mavsum avvalida "qizil-qoralar" a’zosiga aylanishdi. Ular fransuz futbolchisi uchun "Chelsi" atigi 1 million yevro to‘lagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Ibragimovich bilan ajoyib tandem hosil qila oladi. Raqobatchilar muammolarini hisobga olsak, chempionlik uchun "Milan"da ham imkoniyatlar bor, lekin u o‘tgan mavsumdagidan yuqori emas.


Roma (10%)


Joze Mourinyo Italiyaga qaytdi. Portugaliyalik murabbiy faoliyatining eng yaxshi yillari ortda qoldi, lekin endi bor e’tibor "Roma"ga qaratiladi. "Special one" Rimda muvaffaqiyatli murabbiy bo‘ladimi, yoki uning muvaffaqiyatlari ortda qoldimi, bu katta sir. Fonseka davrida "bo‘rilar" doimiy ravishda autsayderlar bilan ochko olishgan, lekin deyarli har doim raqobatchilarga yutqazib qo‘yishgan.

O‘tgan mavsumda "Roma" bir qancha katta transferlarni amalga oshirdi. Rui Patrisiu darvozabonlar muammosini hal qiladi, Vinya esa Yevro-2020da jarohat olgan Spinasollaning o‘rnini egallaydi. Mourinyoga hujumchi ham kerak edi. Shu sabab, rimliklar rahbariyati yetakchi hujumchilarni ham sotib olishdi. O‘tgan mavsum "Chelsi" bilan Yevropaning klublar darajasidagi barcha musobaqalarida zafar quchgan Temmi Abraham "bo‘rilar" a’zosiga aylandi. "Roma" rahbariyati ingliz futbolchisi uchun "aristokratlar" 40 million yevro to‘lashdi. Ko‘pgina Italiya OAVda mehnatkash deya ta’rif beriladigan Shomurodovga ham katta mablag‘ (17,5 mln.) sarflashgan. "Bo‘rilar"ning asosiy maqsadi Chempionlar Ligasiga qaytish va bu mavsum A Seriyada biroz shov-shuv ko‘tarishga tayyor. Mourinyo o‘zi ishlagan har qanday jamoada sovrin yutib kelgan ("Tottenxem"dan tashqari) va bu an’ana "Roma"da ham davom etadimi, buni mavsum oxirida kuzatamiz.

Napoli (12%)


Endi "Napoli" bosh murabbiyi sifatida Gattuzo o‘rnini Luchano Spaletti egalladi. O‘tgan mavsum oxirida neapolliklar Chempionlar ligasi poyezdining oxirgi vagoniga "ilashib" qolish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lishdi. Biroq, "Napoli" butun mavsum davomida qilgan harakatlarini bir uchrashuv orqali yo‘q qildi.  Ular oxirgi turda "Verona"ni mag‘lub eta olishmadi. Neapolliklar boshqa yosh murabbiylar bilan tajriba o‘tkazishni xohlamadilar va Spalettini jamoaga olib kelishdi. "Napoli"ning oldingi va hozirgi murabbiylari 4-2-3-1 taktik sxemada o‘ynashadi, ya’ni Neapol klubida global qayta qurish bo‘lmagan. Jamoada yaxshi ijrochilar yetarlicha topiladi, shuning uchun tarkib deyarli o‘zgarmadi. "Napoli"da ham chempionlik uchun imkonyat juda oz, lekin raqiblarning ham jiddiyroq muammolarini sabab qilib ko‘rsatsak, Spaletti shogirdlarida ham Skudetto uchun imkoniyat bor.

Atalanta (15%)


Bergamoliklar o‘zlarini Italiyaning top-klubi sifatida ko‘rsatishdi. Maydonda ularga kim qarshilik qilishidan qat’i nazar, Gasperini tizimi bir necha yildan raqiblarga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda. Alexandro Gomesning qishda ispan klubiga ketishi ham jamoaga katta yo‘qotish bo‘lmadi, chunki Sapata, Malinovskiy, Muriel va Ilichich o‘z navbatida jamoaga yetakchilik qilishdi. Milan, Rim va Turin klublari noaniq ko‘rinsa-da, "Atalanta" - barqarorroq jamoadir. O‘tgan mavsumda Sportyello va Gollini asosiy darvozabon rolini bo‘lisha olmagan, lekin endi Musso so‘zsiz birinchi raqamli kiperga aylanishi kerak. "Atalanta" - Italiyaning quvnoq o‘yin ko‘rsatadigan eng yorqin jamoasi. Bergamoliklarda har doim kuchli bosim bo‘ladi. Natijalari barqaror bo‘lishi uchun "Atalanta"da jamoaviy rux va jismoniy tayyorgarlikka muhtoj.


Inter (20%)


"Inter" o‘tgan mavsum A Seriya chempioni hisoblanadi. Milan shahrining ikkinchi jamoasi uchun 2020/21 ancha omadli keldi. "Neradzurrilar"ning chempionligi asosiy sababi sifatida bosh murabbiy murabbiy Antonio Konteni ko‘rsatishdi. Biroq, Italiyadagi murabbiylar inqilobi "Inter"ni ham chetlab o‘tmadi va Konte moliyaviy muammolar sabab, klub rahbariyati bilan tortishib  qoldi. Chempionlikdan keyin biroz vaqt o‘tib italiyalik mutaxassis klubdan ketdi. Shuningdek, milanliklar bir qancha yetakchilari bilan ham xayrlashishga majbur bo‘lishdi. Xususan, belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bilan xayrlashishga majbur bo‘ldi, chunki "aristokratlar" futbolchi uchun 115 million yevro to‘ladi va bu mablag‘dan voz kechish qiyin edi. Shuningdek, Ashraf Hakimi bilan ham mavsum yakunlangach xayrlashishga majbur bo‘lishdi. Marokashlik uchun "PSJ" 70 mln yevro to‘ladi.

Biroq, Milan klubi transfer bozorida bir qancha yaxshi xaridlarni ham amalga oshirdi. 13,5
million yevro evaziga ular Yevropaning chempionatida ajoyib o‘yin namoyish etgan "PSV" futbolchisi Dyumfrisni sotib olishdi. Chalhanog‘lu va Jeko erkin agent sifatida "Inter"ga o‘tdi. Albatta, Inzagining murabbiylik mahorati  Kontedan pastroq, ammo "Inter"da jamoaviy rux kuchliroq va baribir klubning asosi saqlanib qolgan. Shuning uchun "neradzurrilar"ning Skudetto uchun yaxshigina imkoniyati bor.

"Yuventus" (30%)


"Keksa sinyora" asosiy yulduzidan ayrildi - Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Dastlabki uch turda Allegri shogirdlari faqat bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Portugaliyalikning ketishi bosh murabbiyni o‘yin strukturasini o‘zgartirishga majbur qiladi. Endi "Yuve"da individual mahorat orqali farq qila oladigan futbolchi yo‘q.

Endi Allegri tajriba o‘tkazishga va turli kombinasiyalardan foydalanishga
harakat qilmoqda. Agar, Allegri Ronalduning ketishini bilganida, jamoani mavsumga yaxshiroq
tayyorlashi mumkin edi. Moyse Kin qaytgani yaxshi, bu Morataga ajoyib alternativ bo‘ladi.
"Keksa sinyora" - garchi chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlagan bo‘lsa-da, A Seriyaning asosiy favoriti sanaladi. Chunki, ularda tajribali va ko‘pgina yetakchi futbolchilar o‘z o‘yinlarini namoyish etib ulgurmagan.

 

Internet materiallari asosida Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:06, 12.09.2021. O'qildi: 3772 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.