Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Dunyoga mashhur futbol muzeylari haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futboldagi voqea-hodisalar vaqt o‘tishi bilan tarixga aylanadi. Ana shu tarixni eslatib turish va odamlar eslab turish uchun jahon bo‘ylab ushbu sport turiga oid muzeylar tashkil etilgan. Agar siz futbolni yaxshi ko‘rsangiz, undagi yodgorliklar qanchalik qadrli ekanligini anglab yetasiz. Shuningdek, xotiralar ham. Bu Diyego Maradonaning chap oyog‘i butsasi bo‘ladimi yoki Karlos Valderramaning oltin sochlarimi, ularni avlodlar bilishi lozim. Aynan kichik detallar biz sevgan sport turi tarixida muhim rol o‘ynaydi. Ana shunday tarixiy esdaliklar yig‘indlari aks ettirilgan jahondagi eng mashhur futbol muzeylarini quyida keltirib o‘tamiz.

1. Maradona Muzeyi, Neopol shahri

Agar siz zamonaviy moslamalar shaydosi bo‘lsangiz, bu joy siz uchun emas. Lekin sizning tashrifingiz bu makonni o‘zgacha qiladi. Bu yerda siz futbol zarvaraqlariga yozilgan haqiqiy hodisotlar guvohiga aylanasiz.
Neopol shahridagi Maradona muzeyida afsonaviy futbolchi faoliyati bilan bog‘liq ko‘plab artefaktlar jamlangan. Xususan, futbolchining 1986 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Belgiya darvozasiga ikki marta gol urgan chap oyoq butsasi va hatto 1984 yildagi «Napoli» klubi bilan imzolagan shartnomasining asl nusxalari mavjud. Xullas, bu muzey afsonaning afsonaga aylanishidan hikoya qiladigan haqiqiy makon.

2. «Real Madrid» muzeyi, Madrid shahri

«Real»ning sovrinlar kabineti haqida gapirganda, klub dunyoning eng benazir jamoasi ekanini anglay boshlaysiz. Klub muzeyiga tashrif buyurishingiz bilan kiraverishda 13 ta YECHL kubogi ko‘zga tashlanadi. «Santiagu Bernabeu» o‘yingohi ichida joylashgan muzeydagi klubga tegishli eksponatlar professional futbolchining hayoti qay tarzda o‘sib borishidan hikoya qiladi, go‘yo. Muzey esdaliklarga to‘la va uni ko‘rgan inson klub tarixini tezda bilib oladi. Interaktiv vositalar buni yanada osonlashtirgan.

3. Milliy futbol muzeyi, Manchester shahri

Haqiqiy tarix! 2500 dan ortiq artefaktlar va 140 mingdan ziyod jamlanma fotogalereya, shuningdek, poster va portretlar Angliya futboli muzeyini band etgan. Manchester shahriga borgan har qanday futbol ixlosmandi uchun haqiqiy taassurotlar makoni. Muzeyda ingliz futboli asosiy diqqat markaziga olingan bo‘lsada, u yerda afsonaviy «Real» hujumchisi Alfredo Di Stefanoga bag‘ishlangan burchak ham tashkil etilgan. Unda futbolchi 1960 yilgi Jahon chempionatida kiygan libosi tashrif buyuruvchilar uchun saqlab kelinadi.

4. Nemis futbol muzeyi, Dortmund shahri

Germaniya futboli tarixida qanday hodisotlar yuz bergan bo‘lsa barcha-barchasini «Borussiya Dortmund» o‘yingohi - «Signal Iduna Park»ka borgan inson bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nemis futboli mikrokosmosiga kirar ekansiz, sizni maftun qiluvchi vositalar jamlanmasiga duch kelasiz. 1954 yildagi G‘arbiy Germaniyaning Jahon chempionatida g‘alabasi bilan boshlangan tarix, hozirgacha davom etib kelmoqda. Agar muzeydagi barcha narsani ko‘rish siz uchun murakkablik tug‘dirayotgan bo‘lsa, u holda sizda boshqa xonalarga o‘tmay, shunchaki 1966 yilgi Jahon chempionati finalini qayta-qayta tomosha qilish imkoniyati ham mavjud. Xullas, o‘zgacha dunyo va o‘zgacha qarashlar majmuyi.

5. FIFA Jahon futboli muzeyi, Syurix (Shveysariya)

Dunyo bo‘yicha eng katta va eksponatlarga boy futbol muzeyi hisoblanmish Syurixdagi Jahon futboli muzeyida siz hamma narsani topa olasiz. Yuqorida keltirilgan muzeylarda faqat bir klub yoki bir millat futboliga oid jamlanmalar yig‘ilgan bo‘lsa, bu yerda butun dunyo futboliga oid ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bunda har bir o‘yinchi, klub va mamlakat futboliga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar alohida keltirilgan. Ushbu artefaktlar istalgan odamga turli xil video, foto, sovrinlar va sanoqsiz esdaliklar bilan futbol landshaftini tushunib olishga yordam beradi. FIFA muzeyi millatlarning futbol tarixidagi cho‘qqiga chiqqan va zafarli onlaridan hikoya qiladi. Biz sevgan go‘zal o‘yinni jilokor ranglarda hamda bor bo‘yi bilan ko‘rishni istasangiz, albatta Syurixga tashrif buyuring!

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 06.10.2021. O'qildi: 3087 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик