Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • 1:1
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 0 0
3 Turkiya 0 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya

Navbatdagi o'yinlar.

14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xames Rodrigesning «sinishi» yoxud kolumbiyalik futbolchi Qatar chempionatiga qanday kelib qoldi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Shartnomalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bir necha yillar ketma-ket Xames Rodriges o‘z karyerasini qayta tiklashga urinib ko‘rdi, lekin doimo nimadir unga to‘sqinlik qilardi. Kolumbiyalikning «Real»dagi faoliyati baxtsiz yakun topdi, «Bavariya»da o‘z o‘rnini topa olmadi va hattoki ancha past darajada bo‘lgan klub - «Everton»ni ham tark etdi. Bir necha hafta oldin yarimhimoyachi Qatarning «Al-Rayyan» jamoasiga ko‘chib o‘tdi. «Irislar» yarimhimoyachi uchun 8 million yevro oldi. Bu transfer juda kutilmagan bo‘ldi deyish mumkin. 2014 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari 30 yoshida jahon futbolidan chetda qoladi deb hech kim o‘ylamasdi. Ammo, «maydon tekis, to‘p yumaloq» iborasi bekorga aytilmagan.

Xames Yevropada maydonlarida paydo bo‘lganidan keyin, uning karyerasi tez rivojlandi. 2010 yil iyul oyida Rodriges Argentinaning Banfild shahridan Portuga ko‘chib o‘tdi va o‘sha paytda transfer summasi 7,5 million yevroni tashkil qilardi. «Ajdarlar» bilan o‘tgan birinchi mavsum yarimhimoyachi uchun unchalik samarali bo‘lmadi. Ammo, keyingi ikki yilda u gol + pas tizimida 22 va 20 ball to‘pladi. 2013 yil iyul oyida «Portu» «Monako»ga futbolchisini 45 million yevroga sotdi. Fransiyada kolumbiyalik yana bir ajoyib mavsumni o‘tkazdi (9 gol va 14 golli uzatma) va bir yildan so‘ng «Real»ga ko‘chib o‘tdi. Fransuz klubi futbolchi uchun 75 million yevro oldi.

«Qirollik klubi» tarkibidagi birinchi mavsum Xamesning faoliyatidagi eng yaxshi davr bo‘ldi. Rodriges La Ligadagi dastlabki mavsumda 13 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyingi yili yarimhimoyachining ko‘rsatkichlari va maydondagi o‘yin vaqti tushib ketdi (7 gol va 8 golli uzatma). Qanday bo‘lmasin, Karlo Anchelotti «qirollik klubi» o‘zining iltimosiga binoan shartnoma imzolagan futbolchiga ishonishni to‘xtatmadi. Ammo, 2015 yil may oyida italiyalik mutaxassis «qaymoqranglilar»ni tark etdi, 2016 yilning yanvarida jamoa boshqaruviga Zinedin Zidan keldi. Avvaliga murabbiy futbolchiga ishonch bildirdi, lekin ochig‘ini aytganda, kolumbiyalik Zidan ishonchini oqlamadi va yakunda «Real»ni tark etishga majbur bo‘ldi.

Rodriges 2017/18 yilgi mavsumda ilk bor «Qirollik klubi»ni tark etdi va ikki yillik ijara asosida «Bavariya»ga ko‘chib o‘tdi. Yarimhimoyachi «Alyans Arena»da o‘zini yaxshi ko‘rsatdi, Bundesligada 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi ikkinchi mavsumini «nemis mashinasi» tarkibida unchalik yorqin o‘tkazmagan (7 gol va 4 golli uzatma). Keyinchalik Xames Madridga qaytdi. Lekin u yerda futbolchini yaxshi narsalar kutmayotgan edi. 2019/20 yilgi mavsumda Rodriges Ispaniya chempionatida atigi sakkizta o‘yinda ishtirok etdi. Yarimhimoyachi «Real Madrid»ning La Ligadagi 10 uchrashuvini jarohat tufayli, yana 16tasini sog‘lom holatda o‘tkazib yubordi. Shundan so‘ng, kolumbiyalikning «qirollik klubi»dagi faoliyati yakunlangani ma’lum bo‘ldi.

2020 yil sentyabr oyida futbolchi Anchelottining chaqirig‘i bilan «Everton»ga ko‘chib o‘tdi. «Qaymoqranglilar» kolumbiyalikka ishonchini yo‘qotib, uni «irislar»ga tekinga qo‘yib yuborishdi. Shu bilan birga, «Everton»da Xames haftasiga 220 ming funt maosh olardi va bu uni klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Rodrigesni 2 ta top-klubdagi omadsiz faoliyatidan keyin, nisbatan oddiyroq jamoaga o‘tish haqidagi qarori tushunarli va mantiqiy to‘g‘ri edi. Liverpulda yarim himoyachi avvalgi darajaga qaytish uchun hamma narsani oldi: yaxshi shartnoma, murabbiyning qo‘llab-quvvatlashi va muxlislarning olqishi. Va hammasi juda yaxshi boshlandi.

«Everton»dagi dastlabki uchun ikkinchi o‘yinda Xames gol va assistentlik qildi, bu esa jamoaga «Vest Bromvich»ni mag‘lub etishga yordam berdi (5:2). Shundan so‘ng, Rodriges «Brayton» (4:2), «Liverpul» (1:1 va 2:0), «Lester» (1:1), «Manchester Yunayted» (3:3) va «Kristal Pelas»ga (1:1) qarshi o‘yinlarda samarali harakatlari bilan ajralib turdi. Bu uchrashuvlarning barchasida yarimhimoyachi «irislar»ga muhim ochkolar to‘plashga yordam berdi. Ammo, o‘tgan mavsumda, avvalgilaridek, futbolchi jarohat bilan bog‘liq muammoga yana uchradi. Kolumbiyalik futbolchi «Everton» tarkibida oxirgi o‘yinini 16 may kuni o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda Anchelotti Liverpul klubini tark etib, «Real»ga qaytdi. Xames «Everton»dan ham, Kolumbiya terma jamoasidan ham ham chetda qola boshladi. Yarimhimoyachi Amerika Kubogiga chaqirilmadi, bu uning obro‘siga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Rafael Benites «Everton»ga kelishi bilan Rodriges hammasini qaytadan boshlashi kerak edi. Anchelotti paytida kolumbiyalik tayanch o‘yinchi edi, lekin yangi murabbiy unga hech qanday imkon bermadi. Bundan tashqari, mutaxassis futbolchining biznesga bo‘lgan munosabati yoqmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Hames o‘tgan mavsumda 54 ta potensial golli vaziyatlar yaratdi. Faqatgina Gilfi Sigurdsson (60) undan ko‘proq vaziyat yaratgan. Ammo, bu Benitesning ishonchiga kirishga yetarli bo‘lmadi. Jurnalistlar bilan suhbatda mutaxassis Rodrigesning asosiy tarkibdan joy olish uchun yetarlicha yaxshi ishlamayotganini aytdi. Shuningdek, mutaxassisga futbolchining jarohati moyilligi ham yoqmadi.

Murabbiyning ko‘rsatmalari futbolchini turtki bermadi. Aksincha, kolumbiyalik o‘zini beparvo tutdi. Avgust oyida o‘tkazilgan intervyulardan birida yarimhimoyachi suhbatdoshidan «Everton» keyingi o‘yinni kim bilan o‘tkazishini eslatishni so‘radi. Bu Liverpul shahrining ko‘k tarafidagi muxlislarini jiddiy g‘azablantirdi. Sentyabr oyida Benites Xames yozda transferga qo‘yilganini ochiq aytdi, lekin uni hech kim sotib olmadi. Rodrigesga «Portu» va «Milan» qiziqish bildirgan. Bu bitimlarning hech biri amalga oshmadi, bu juda g‘alati edi. «Rossonerilar» astoydil Hakan Chalhanoglu o‘rniga yarimhimoyachi sotib olishni niyat qilgan, ammo kolumbiyalik Italiyada umuman o‘ynamagan edi va u yerga ketishni istamadi.  

«Real Madrid» va «Bavariya»da futbolchiga ba’zi holatlar to‘sqinlik qilgan bo‘lishi mumkin bo‘lsa, «Everton»da uning o‘zi hammasini relsdan chiqarib yubordi. O‘z ustida ishlash va jamoani tribunadan turib qo‘llab-quvvatlashning o‘rniga, Xames mavsum boshida Ibisada dam oldi. Bunday munosabat kimga yoqadi? Ammo shunga qaramay, futbolchiga jiddiy klublar qiziqish bildirishgan. Rodrigesning kuchli agenti bor -  Xorxe Mendes. Qizig‘i shundaki, u o‘zining taniqli mijozini mashhurroq klubga transfer qilolmadi. Balki, futbolchining o‘zi Yevropada qolishni xohlamagan. Shubhasiz, kolumbiyalik o‘yin vaqti uchun kafolatlarni talab qilgan va faqat «Al-Rayyan»ning ustozi Loran Blan unga kafolat berishi mumkin edi.

Albatta, Qatar klubiga borish - Xames uchun orqaga tashlangan qadam. Albatta, Rodriges eng qimmat o‘yinchisi 3,5 million yevroga baholanadigan jamoada yulduz bo‘ladi. Ammo Qatarda yulduz bo‘lish boshqa, Yevropadagi bu maqomda bo‘lish esa boshqa. Balki, kolumbiyalik futbol jamoasiga ham, o‘ziga ham isbotlaydigan hech narsasi yo‘q deb qaror qilgan. Bunga huquqi bor. Ehtimol, kolumbiyalik Yevropaga qaytadi, lekin u paytda futbolchining ismi muxlisslar yodidan ko‘tarilishi mumkin.


Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Kiritildi: 12:48, 17.10.2021. O'qildi: 7630 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Мексика Xulian Kinyones 1
3 Мексика Santyago Ximenes 1
4 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
5 Чехия Ladislav Kreychi 1
6 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
7 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1
8 АҚШ Jovanni Reyna 1
9 Парагвай Maurisio 1
10 Канада Kayl Larin 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик