Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
      • 15.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Lechche
      • 15.01.2026 22:30
      • Verona
      • -:-
      • Bolonya
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
  • AFC U-23
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • 2:0
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • 0:1
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • 2:0
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • 1:1
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 3 9
2 Iordaniya 3 6
3 Saudiya Arabistoni 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 3 9
2 BAA 3 4
3 Suriya 3 4
4 Qatar 3 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 O‘zbekiston 3 7
2 Janubiy Koreya 3 4
3 Livan 3 3
4 Eron 3 2

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xitoy 2 4
2 Avstraliya 2 3
3 Iroq 2 2
4 Tailand 2 1

O'tgan o'yinlar.

3-тур Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
3-тур Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
3-тур O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
3-тур Eron 0-1 Livan
3-тур Yaponiya 2-0 Qatar
3-тур BAA 1-1 Suriya

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Iroq - Avstraliya
14/01/26 Tailand - Xitoy

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kim munosib? "MYU" uchun kerakli variantlar taqdim etilmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Manchester Yunayted" ustozi Ole-Gunar Sulsher yaqin vaqtdagi jamoasi holati va mag‘lubiyatlari sabab yana muxlislar va jurnalistlar tanqidi yomg‘iri ostida qoldi. Bu mavsumda Jeydon Sancho, Rafayel Varan hamda Krishtianu Ronaldularning olib kelinishi, jamoaga ko‘p yillik tanaffusdan keyin yana chempionlik taqdim etishi taxmin qilingan edi. Ammo hammasi ko‘ngildagiday ketmayapti. Tarkib iqtidorli o‘yinchilari bilan qo‘shilib ham mag‘lub bo‘lishda davom etmoqda. Futbolchilar kayfiyatida esa muvaffaqiyasizlik sari ketish kuchayib bormoqda. So‘nggi, "Lester"ga qarshi mag‘lubiyat bilan "qizil iblislar" ketma-ket uchinchi o‘yinda g‘alaba qozona olmadi va bu bilan chempionlik uchun poygada muhim pozisiyasini boy berdi. Sulsher mavsum boshlanishidan ilgari, iyul oyida klub bilan yangi bitim tuzgan edi. Unga rahbariyat va muxlislar ishonib turgandi. Ammo muxlislarga yaxshi o‘yin va g‘alabalar zarur. Aks holda, ularning qo‘llovini yo‘qotish hech gap emas.

Agarda klub Sulsherni almashtirishni lozim topsa, boshqaruvdagi o‘zgarish butunlay yangi davr boshlanganini anglatmasligi kerak. So‘nggi uch yil davomida norvegiyalik qo‘lida jamoa ancha o‘sdi. Oldingi ziddiyatli davr ortda qoldirildi. Buni tan olish kerak. Jamoada murabbiylar almashtirish davom etishi maqsadga erishishni qiyinlashtiradi, xolos. Devid Moyesdan Lui van Galga, van Galdan Joze Mourinyoga, Mourinyodan esa Sulsherga. Mana shunday almashinishlar davomida umumiy miqyosda muhim vaqt va hodisalar boy beriladi. Ammo klubga g‘alabalar va sovrinlar zarur. Uni olib bera oladigan inson kelmagunicha esa buni davom ettirish mumkin. Quyida Sulsher o‘rni uchun butun dunyoda yangarayotgan variantlarga to‘xtalib o‘tamiz.

Yulian Nagelsmann

Joriy ish joyi: "Bavariya" bosh murabbiyi, 2026 yilgacha

Hozirda 34 yoshda bo‘lishiga qaramay, Nagelsmann Yevropada eng istiqbolli menejer sifatida ko‘rilgan. U "Leypzig"dan aprel oyida Myunxen shahriga olib kelingandi. Yulianning boshqaruv uslubi va futbolchilarning o‘sish darajasi "MYU" uchun mos kelishi mumkin. Shuningdek, uning shaxsiyati va fe’l-atvori ham klubga mos keladi. Ammo "Bavariya" Nagelsmannga ishonadi va uni hozircha qo‘yib yuborish niyatida emas.

Antonio Konte

Joriy ish joyi: mavjud emas.

Konte 2010 yillarning boshida "Yuventus"ni to‘qqiz yillik tanaffusdan keyin yana Italiya futboli shoxsupasiga ko‘targandi. U o‘tgan mavsumda xuddi "Chelsi"dagi singari "Inter"ni ham chempion qildi. Italiyalikning "Old Trafford"ga kela olmasligiga katta omil sabab bo‘ladi. U ham bo‘lsa, jamoa futbolchilarining Konte tizimiga mos kelmasligidir. Ishonavering, bu narsa u uchun katta muammo.

Garet Sautgeyt

Joriy ish joyi: Angliya terma jamoasi ustozi, 2022 yilgacha

Sautgeyt Angliyani 2018 yilgi Jahon chempionatida yarim finalga, Yevro-2020da esa finalga olib chiqib, xalqaro maydonda obro‘ qozongan. Boshqaruv va taktik murabbiyligi bilan "MYU" uchun mos varinatdek tuyular. Ammo yagona muammo shundaki, Garetning klub bilan ishlashi bundan o‘n yil oldin "Midlsbro" jamoasidagina bo‘gan. U bu borada katta tajribaga ham ega emas – atigi uch yil.

Zinedin Zidan

Joriy ish joyi: mavjud emas

"Old Trafford"da qayta quriladigan jamoa o‘ynamayapti. Klub tarkibida hammasi joyida. Uni yaxshi yo‘naltirish kerak, xolos. Bu uchun Zidan yaxshi tanlov bo‘lishi mumkin. Uning Rafa Benitezdan qabul qilib olgan jamoasi uch yil ketma-ket YECHLni olgani ham bejiz emasdi. Zidan "Real"dagi kabi yaxshi shakllangan jamoa bilan bemalol ishlay oladi. Undagi futbolchilar bilan ham. Xususan, uning kelishi Ronaldu, Varan va Pogba uchun katta motivasiya berishi mumkin. Zidanni ishsizligi rost, ammo yaqin orada Fransiya terma jamoasiga jalb qilinishi bilan bog‘liq gaplar yuribdi.

Brenden Rojers

Joriy ish joyi: "Lester Siti" klubi, 2025 yilgacha

Rojersning "Liverpul"dagi o‘tmishi omadli emasdir. Ammo bemalol aytish mumkinki, u so‘nggi 10 yildagi APLning eng yaxshi murabbiylaridan biri. 48 yoshli mutaxassis o‘z uslubiyati bilan muxlislarga yoqadi. Uning yoshlar bilan ishlashi va yangi nomlar kashf etishni bilishi, e’tiborga molik jihatdir. Rojersning futbol falsafasi "Old Trafford"ni yana "orzular teatri"ga aylantirsa, ne ajab?

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:38, 19.10.2021. O'qildi: 7147 marta. Fikrlar: 22 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливан Leonardo Shahin 4
2 Иордания Ali Azayzeh 3
3 Япония Ryunosike Sato 3
4 БАА Ali al-Memariy 2
5 Япония Ozeki 2
6 Саудия Арабистони Rakan al-G‘amdiy 2
7 Вьетнам Nguyen Din Bak 2
8 Ўзбекистон Sardorbek Bahromov 1
9 Ўзбекистон Ravshan Xayrullayev 1
10 Ўзбекистон Amirbek Saidov 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.