Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

02/04/26 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04/26 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Inzagi: "Qanday o‘ynash kerak bo‘lsa, shunday harakat qildik" (matbuot anjumani)

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Inter» bosh murabbiyi Simone Inzagi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-tur doirasida Moldovaning «Sherif» klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:1) keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

"Qanday o‘ynash kerak bo‘lsa, shunday harakat qildik. «Sherif» guruhning dastlabki ikki o‘yinida ikki g‘alaba qayd etganidan keyin bu yerga juda katta ishtiyoq bilan kelgan edi. O‘yin o‘g‘ir o‘tdi, ammo biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Uch marta darvoza to‘sinini nishonga oldik va uchta gol urdik. Bundan tashqari yana ko‘plab vaziyatlar yaratdik.

O‘yinimizni bundan ham yaxshilay olamiz, lekin a’lo darajali o‘yin namoyish etdik. Ajoyib jamoa, «Sherif» qarshi hujumga o‘tganida bir qancha xatoga yo‘l qo‘ydik va dahshatli golni o‘tkazib yubordik. Qilinadigan ishlar ko‘p, ammo bu jamoaning o‘yinini ko‘rish zavqli.

Birinchi bo‘limda ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Vidal va Aleksis Sanches birgalikda doim ishtiyoq bilan mashg‘ulot o‘tkazishadi. Ular har doim yordamga tayyor ekanliklarini menga ko‘rsatishadi. Arturo barchasiga haqli, chunki u yosh bola kabi ishtiyoq bilan jamoaga yordam berishga tayyor, doim".

«Inter» yarim himoyachisi Arturo Vidal ham o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

"Golimni Chilidan turib kuzatayotgan qizim Elizabettaga bag‘ishlayman. Unga va’da bergandim. Buni amalga oshirish uchun gol urdim va unga bag‘ishladim. Chempionlar Ligasida guruh bosqichidan o‘tib olishni istaymiz. Maydonni tark etayotganimda muxlislarning turib olqishlaganlaridan juda ham xursandman. Ular mendan juda ko‘pini kutishadi va umid qilamanli ularni xursand qilaman".

«Inter» hujumchisi Edin Jeko: "Ba’zida oson ko‘ringan qiyin gollarni kirita olaman. Muhimi, bugun gol urishim edi. Gol o‘tkazib yuborganimiz achinarli. Butun jamoa yaxshi himoyalanishi shart edi. Shuningdek, hujumda ham yaxshi harakat qilishi lozim edi. Biz birgalikda hammamiz yaxshilanishda davom etishimiz zarur, ammo to‘g‘ri yo‘nalishdamiz. Bugun ko‘plab vaziyatlar sodir etdik. Bu ishni «Real»ga qarshi bahsda ham qilgandik, ammo gol ura olmagandik. Qanday qilib, bilmayman".

«Inter» himoyachisi De Vray: "Bu biz uchun muhim g‘alaba. Bu o‘yin xuddi final kabi edi. G‘alaba qozonish uchun ishtiyoq yuqori bo‘ldi va biz buni uddalaganimizdan xursandman".

Manba: uefa.com
Kiritildi: 09:52, 20.10.2021. O'qildi: 2925 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Нефтчи Alisher Odilov 2
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
9 Насаф Sharof Muhitdinov 2
10 Андижон Martin Boakye 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик