Afsonaviy darvozabon Dino Dzoff Italiya terma jamoasining JCH-2026 pley-off bosqichida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berganidan so‘ng (1:1, penaltilar bo‘yicha 1:4) o‘z munosabatini bildirdi.
"Italiya yana Jahon chempionatidan tashqarida qoldimi? Natija qanday bo‘lsa, shunday — shuning uchun eng asosiy sharh bu natijaning o‘zidir. Uchinchi bor Jahon chempionatiga chiqa olmaslik — futbol nuqtai nazaridan aytganda, bu haqiqiy fojia. Bundan qochish mumkinmidi? Men bunga chuqur kirishib o‘tirmoqchi emasman: qochishni xohlagandik, lekin uddalay olmadik.
Gattuzo? Gravina? Men hech narsani sharhlamayman, buni o‘rinli deb hisoblamayman. Bir marta omad kelmasligi mumkin, ikkinchi marta ham, lekin uchinchi martada endi hech narsani bahona qilib bo‘lmaydi.
Siyosatchilar nima qilishi kerak? Yo‘q, eshiting, siyosat siyosat bilan, futbol esa futbol bilan shug‘ullansin, narsalarni bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Raqamlar — bu raqamlar, sport raqamlardan iborat: hozir ular sening foydangga bo‘lmasligi mumkin, lekin uzoq muddatli davrga qarasak, hamma narsa o‘zgaradi.
Afsuski, Jahon chempionatida Italiyani biror marta ko‘rmagan yosh avlod paydo bo‘ldi. Ularga Sinner (tennischi) yoki Antonelli bilan "Formula-1"ni tomosha qilishni maslahat bergan bo‘larmidim? Jamoaviy sport bilan individual sportni ajrata bilish kerak", — dedi Italiya terma jamoasi sobiq darvozaboni LaPresse nashriga bergan intervyusida.