Angliya chempionatining 9-turiga start berildi. Tur doirasida «Arsenal» klubi o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bahsning 23-daqiqasida Parti hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘ngida Obameyang farqni ikkitga oshirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Smit-Rou hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida Remzi mehmonlarning yagona jamob to‘piga mualliflik qildi.
"Kanonirlar" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 14taga yetkazgan holda jadvalda 9-o‘rnga ko‘tarilib olishdi.