Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi nima uchun “Oltin to‘p”ga munosib emas? Levandovskidan tashqari yana kimlar sovrin uchun favorit edi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Taxminlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Argentinalik futbolchi yettinchi marta futboldagi eng nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi. 2021 yilda uzoq vaqtdan beri birinchi marta intriga oxirigacha saqlanib qoldi - Robert Levandovski va Lionel Messi navbatma-navbat favorit deb topildi. Biroq, 180 nafar jurnalist bu sovrinni Leoga berishga qaror qildi. “Stadion.uz” nashri Messining g‘alabasi nima uchun adolatli yoki adalatli emasligi, shuningdek, “Oltin to‘p”ga argentinalikdan ko‘ra ko‘proq loyiq bo‘lgan kuchli uch nafar o‘yinchihaqida ma’lumot berishga qaror qildi.

 

Avvalo, jurnalistlar nima uchun Levandovski bilan poygada Messini afzal ko‘rganini aniqlaymiz. “France Football” eng yaxshi futbolchini uchta mezon asosida tanlaydi. Birinchisi, 2021 yil uchun individual va jamoaviy natijalar. Messi 41 ta gol urdi, 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi, Amerika kubogining eng yaxshi futbolchisi va to‘purari bo‘ldi. Argentinalik futbolchi Amerika kubogi va Qirol kubogini yutgan.

Bu vaqt ichida Levandovski nima qildi? 64 ta gol urdi, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi, “Oltin butsa”ni oldi, Gerd Myullerning Bundesligadagi gollar soni bo‘yicha abadiy rekordini yangiladi. Polyak Bundesliga, Germaniya Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

 

Ikkinchi mezon - o‘yinchining qobiliyati. Iqtidor va halol o‘yin hisobga olinadi. Hech kim Messi sayyoradagi eng qobiliyatli futbolchi ekanligi bilan bahslashmaydi. Ammo halol o‘yin haqida nima deyish mumkin? Yanvar oyida Ispaniya Superkubogi doirasidagi o‘yinda Leo “Atletik” futbolchisini qo‘li bilan urgan va buning uchun u haqli ravishda qizil kartochka olgan. Ammo Levandovskining bunday qo‘polliklari sezilmadi - Robert shunchaki o‘z ishini qilyapti.

 

Uchinchi mezon - futbolchining faoliyati. Har ikkisi ham alohida martabaga ega. Ko‘p omillar Messining g‘alabasiga ta’sir qilishi mumkin edi. Aftidan, Amerika kubogi Messiga navbatdagi “Oltin to‘p”ni olib keldi. Bundan tashqari, yozda butun futbol jamoatchiligining e’tibori Leoga qaratildi - faqat sog‘lig‘i bilan muammosi bor insonlargina uning PSJga o‘tishi haqida gapirmadi. Ammo argentinalik Parijda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsata olmayapti. Liga 1 musobaqasida Messi hisobida atigi 1 ta gol bor. Levandovski va Messi hujumchilar va ularning asosiy vazifasi gol urishdir. Robert avvalgidek o‘z vazifasini a’lo darajada bajarmoqda, Leoda esa muammolar bor. Qizig‘i shundaki, Messi mukofotni olgach, Levandovskiga murojaat qilib, “Oltin to‘p”ga loyiq ekanini aytdi. Vaholanki, nomzodlar orasida Levandovskidan tashqari nufuzli mukofotga Messidan ko‘ra ko‘proq loyiq bo‘lgan yana uchta futbolchi bor edi.

 

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”)

Pep Gvardiola “Man Siti”da kuchli hujumkor jamoa tuzishga muvaffaq bo‘ldi, bunda futbolchilar bir-birini a’lo darajada tushinishlari sabab bo‘lmoqda. Joau Kanselu, Rodri va Bernardu Silva vaqti-vaqti bilan Kevin gol urish vazifalarini bajarishadi, ammo belgiyalik tufayli “shaharliklar” aql bovar qilmaydigan darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Penaltilar va golli uzatmalardan tashqari, xG statistik ma’lumotlariga ko‘ra (kutilayotgan gollar) De Bryuyne “Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan. Pep Kevinga o‘zgacha mehr qo‘ygan va “Siti”ning muvaffaqiyati aynan De Bryuyne tufayli ekanini aytadi. Belgiyalik futbolchining ajoyib reydlari Messi va Levandovskidek ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lmasa ham, doim uning o‘yini e’tibor markazida bo‘ladi. “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda Kevin bor-yo‘g‘i 8-o‘rinni egalladi, ammo kelasi yil uni favoritlardan biri deb hisoblash kerak.

Jorjinyo (“Chelsi”)

Yarim himoyachi ajoyib mavsum o‘tkazdi. Jorjinyo Chempionlar ligasi va Yevro-2020 g‘olibiga aylandi. “Chelsi”da ham, Italiyaterma jamoasi safida ham Jorjinyo asosiy o‘yinchilardan biri edi, shuning uchun bu g‘alabalar usiz bo‘lmasdi. Bir paytlar Lempard italiyalik futbolchini himoyadagi o‘yiniga ishonch bildirmay, undan qutulmoqchi bo‘lgandi. Darhaqiqat, oldin Jorjinyo porlamagan bo‘lsa-da, hozirda o‘z statistikasini sezilarli darajada yaxshilab oldi. Avvaliga, futbolchidan keskin qarorlar va ajoyib pas berishi talab qilinardi. Ammo, Tuxel bosh murabbiy sifatida ish boshlaganidan so‘ng, yarimhimoyachidan paslar emas, aksincha to‘pni nazorat qilish, jamoada saqlab qolish va qisqa pas orqali bosimdan chiqib ketish vazifasi yuklatilgan. Jorjinyo “Oltin to‘p”ga loyiq va 2021 yilning eng nufuzli ikkita sovrinini qo‘lga kiritganini inobatga olsak, u yaxshi imkoniyatlarga ega edi. Ovoz berishda italiyalik uchinchi o‘rinni egalladi.

 

Karim Benzema (Real Madrid)

Fransuz allaqachon 33 yoshda va bu futbolchi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Benzema - sayyoradagi eng kuchli va ko‘p qirrali to‘purari. Ronaldu ketganidan keyin “Real”ning asosiy quroli Karimga aylandi. xG (kutilayotgan gollar) bo‘yicha Benzemaga jamoada teng keladigani yo‘q. Eng yaqin ta’qibchi Vinisiusdan ikki baravar ko‘proq natija qayd etgan. 2021/22 yilgi mavsumda fransuz ajoyib mavsm o‘tkazdi. U Chempionlar ligasi va La Ligada 15 ta gol urdi. “Real Madrid” hujumchisi nafaqat jarima maydonchasida, balki jarima maydoni tashqarisida ham foydali o‘yin ko‘rsatdi. Uzoq vaqt davomida Karim janjal tufayli terma jamoada o‘ynamayotggan edi, ammo Didye Desham uni “uch ranglilar” safiga qaytardi. Benzema milliy jamoasi tarkibida darhol muhim gollarni urishni boshladi va Millatlar ligasi bosh sovrinini qo‘lgan kiritdi. “Oltin to‘p” uchun ovoz berishda Karim to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Kiritildi: 19:09, 01.12.2021. O'qildi: 4358 marta. Fikrlar: 27 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик