Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba.

  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • -:-
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qirollik klubi»ning hashamatli yutug‘i

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real» yana Chempionlar Ligasi 1|8 finaliga chiqdi («Sherif» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi) va YECHL «pley-off» bosqichi ishtirokchisiga aylanish bo‘yicha ajoyib seriyani davom ettirdi, qatorasiga 19-marta Madridliklar 2003|2004 yildan (o‘shanda turnirning zamonaviy reglamenti qabul qilingandi) buyon guruh bosqichidan o‘tishmoqda - bunaqasi jahonning hech bir klubiga nasib etmagan. Mazkur maqolada «Real» turli davrlarda Yevropaning asosiy klublar turnirida qanday qatnashganiga e’tibor qaratdi.

** Mavsum-2003|2004da «Real» bo‘lajak g‘olib - Joze Mourinyoning «Portu»si bilan bir guruhdan joy olgandi. Madridliklar kvartetda birinchi bo‘lishdi, «Marsel» va «Partizan» ham ortda qoldirildi. Keyingi bosqichda «Bavariya»dan o‘tishdi, ammo yarim finalda «Monako»ga imkoniyatda boy berishdi (vaholanki, birinchi o‘yinda 4:2 hisobida g‘alaba qozonishgandi).

** YECHL-2004|2005da «Real» yana qiynaldi: guruhda ikkinchi pog‘onani Kiyev «Dinamo»siga boy berishlariga bir bahya qoldi (atigi bitta ko‘p ochko to‘plashdi, 6-turdan avvalgi ikki o‘yinda yutqazishgandi), «pley-off»da esa «Yuve»ga yutqazishdi.

** Mavsum-2005|2006da ikkita yaqqol favoritga ega guruh hosil bo‘ldi: «Lion» va «Real» kutilganidek, 1|8 finalga yo‘l olishdi, «Rusenborg» va «Olimpiakos» esa deyarli imkoniyatga ega bo‘lishmadi. To‘g‘ri, keyinchalik «Real» yana qoqildi - ikkita uchrashuvda atigi bitta gol urgan «Arsenal» chorak finalga yo‘l oldi.

** Keyingi mavsumda shunga o‘xshash holat kuzatildi: «Real» va «Lion» «pley-off» ishtirokchisiga aylanishdi («Styaua» hamda Kiyev «Dinamo»si ortda qoldirildi) - madridliklar «Bavariya»ga yutqazib, yana ilk raunddayoq musobaqani tark etishdi.

** YECHL-2007|2008da «Real» «Olimpiakos» bilan birga guruhdan chiqdi («Verder» va «Lasio» ortda qoldirildi). Lekin keyin tanish ssenariy takrorlandi: «Roma»ga yutqazish (har ikkisida 1:2 hisobida) va turnir bilan xayrlashish.

**Mavsum-2008|2009da «Real» va «Yuventus» o‘z kvartetlari g‘olibiga aylanishdi, «Zenit» va BATE guruhda qolib ketishdi. So‘ngra madridliklar «Liverpul» oldida ojiz qolishdi (ikki o‘yinda - jami 0:5) va Chempionlar Ligasini tark etishdi. Ha, 2000 yillarning ikkinchi yarmi «Qirollik klubi» uchun ancha noxush kechgandi.

** Kelgusi mavsum - guruhda (raqiblar - «Milan», «Marsel», «Syurix») yetakchilik va «pley-off»da navbatdagi falokat («Lion»ga kichik hisobda yutqazishdi). Shu tariqa «Real» qatorasiga 6-marta 1|8 finalda imkoniyatni boy berdi - keyinchalik ishlar ancha yurishib ketdi.

** YECHL-2010|2011 «Real» ishtirokida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi: faqatgina qudratli «Barsa»ga yutqazishdi va yarim finalgacha yetib borishdi. Bungacha madridliklar «Lion» va «Tottenxem» to‘sig‘idan o‘tishgan, guruh bosqichida esa «Milan», «Ayaks» hamda «Oser»ni ortda qoldirishgandi. Ha, shunaqa davrlar bo‘lgan, hozir Fransiya klubi hatto top-divizionda ham o‘ynamayapti.

** Mavsum-2011|2012 ham nisbatan muvaffaqiyatli kechdi: «Lion» (ha, yana shu jamoa), «Ayaks» va Zagreb «Dinamo»si raqiblik qilgan guruhda osongina g‘olib chiqishdi. Faqat yarim finalda «Bavariya»ga (penaltilar seriyasida) yut­qazishdi.

** Keyingi kampaniyada «Real» Germaniyaning boshqa klubi - Yurgen Klopp boshchiligidagi «Borussiya»ga imkoniyatni boy berdi. Dastlab «Ayaks» va «Manchester Siti» ham joylashgan guruhda dort­mundliklarga yetakchilikni topshirishdi, keyin esa aynan «qovog‘arilar»ga yarim finalda yetarlicha raqobat tug‘dira olishmadi (Dortmundda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lishgan).

** Mavsum-2013|2014dan «Real»ning Chempionlar Ligasining yorqin davri boshlandi - o‘shanda jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Qirollik klubi»ni bosh sovrin sari yetaklagandi. Finalda biz Serxio Ramosning o‘sha goli va «Atletiko» ustidan erishilgan yorqin g‘alaba guvohiga aylangandik. Madridliklar «Galatasaroy», «Yuventus» va «Kopengagen» bilan bir guruhda atigi ikki ochko yo‘qotishgandi.

** YECHL-2014|2015-da «Real» g‘olib bo‘lmadi: yarim finalda «Yuventus» ustunlikka erishdi - darvoqe, bundan avval yana «Atletiko»ni musobaqadan chiqarib yuborishgandi. Vaholanki, guruhni maksimum ochko bilan yakunlashgan, «Bazel», «Liverpul» va «Ludogores»dan sezilarli farq bilan o‘zib ketishgandi.

** Mavsum-2015|2016 «Real»ning YECHLdagi total hukmronligi boshlanishi bo‘ldi - o‘shanda Zayniddin Zidan ilk bor turnirda g‘olib chiqdi, finaldagi raqib yana «Atletiko» bo‘ldi, ammo bu safar penaltilar seriyasida yutqazdi. Guruhda «PSJ», «Shaxtyor» va «Malmyo» ortda qoldirildi.

** CHL-2016|2017da qatorasiga ikkinchi marta bosh sovringa ega chiqishdi. Bu safar Diyego Simeone jamoasi yarim finalda mag‘lub etildi, hal qiluvchi bahsda esa «Yuventus»­ni osongina yengishdi (4:1). Vaholanki, guruhda ikkinchi o‘rinni egallashgandi: «Borussiya» Dortmund birinchi pog‘onaga joylashgan bo‘lsa, «Legiya» va «Sporting» ortda qolgandi.

** «Shalpangquloq»ni ketma-ket uchinchi marta qo‘lga kiritish - «Real» ushbu fantaziyani baribir, amalga oshirdi. «Pley-off» bosqichida madridliklar «PSJ», «Yuventus», «Bavariya» va «Liverpul» klublarini ortda qoldirishdi - ancha jiddiy raqiblar! E’tiborlisi, bu safar ham guruhda ikkinchi bo‘lishgandi: bu safar «Tottenxem» oldinga o‘tib ketdi, «Borussiya» Dort­mund va APOEL esa sezilarli farq bilan ortda qoldirildi.

** Kelgusi mavsum «Real»ning ishlari yurishmadi: Ispaniyada sovrinsiz qolgan jamoa YECHL 1|8 finalida kutilmaganda «Ayaks»ga imkoniyatni boy berdi - o‘shanda butun dunyo de Yong, de Ligt hamda Van de Bekni tanidi. Ehtimol, madridliklarni guruhdagi yengil g‘alaba xotirjam qilgandir: «Roma», «Viktoriya» va SSKA Moskva nisbatan yomon qatnashishgandi. Balki, guruhda ikkinchi o‘rinni egallash foydaliroqmikan?

** YECHL-2019|2020da ham madridliklar ajoyib ishtirok etishdi, deyish mushkul: faqat guruhdan yengil o‘tishdi («PSJ»ga yutqazishdi, ammo «Bryugge» va «Galatasaroy»dan yuqoriroq pog‘onani egallashdi). «Pley-off» yana o‘xshamadi: ikki marta «Manchester Siti»ga imkoniyat boy berildi (har gal 1:2 hisobida).

** O‘tgan kampaniya­da «Real» kuchli to‘rt­likka kirdi: «pley-off»da «Atalanta» va «Liverpul» to‘sig‘idan o‘tishdi, keyin esa Tomas Tuxelning «Chelsi» jamoasiga to‘qnash kelishdi - bo‘lajak g‘olib ustunroq chiqdi. Musobaqa boshlanishi ancha muvaffaqiyatli kechgandi: natijalar bo‘yicha teng hisoblangan guruhda «Borussiya» Menxengladbax, «Shaxtyor» Donesk va «Inter»-dan ustunroq chiqishdi.

Nihoyat, «Real»ning qatorasiga 19-marta YECHL «pley-off» bosqichiga chiqqanini ham ko‘rdik. «Qirollik klubi» «Sherif» va «Shaxtyor»ni ortda qoldirgani aniq, 6-turda «Inter» bilan o‘yinda birinchi o‘rin masalasi hal etiladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi reglamenti faqat mavsum-2024|2025dagina o‘zgaradi, ungacha «Real» shundoq ham buyuklik maqomiga ega bo‘lib ulgurgan seriyasini yanada yaxshilash imkoniyatiga ega.

J.BOBOXONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:14, 05.12.2021. O'qildi: 5665 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик