Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Vunderkindlar: Bular «PSJ»da tarbiyalanishgan...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi yillarda Parij klubi o‘z tarbiyalanuvchilarini sotish orqali yuz millionlab daromad ko‘rdi. Bundan ko‘rinadiki, shayxlar nafaqat yuqori saviyali futbolchilarni sotib olishyapti, balki ularni tarbiyalashyapti ham. Quyidagi material «PSJ» tizimidan o‘tgan vunderkindlarga bag‘ishlanadi. Shart shuki, futbolchi hech bo‘lmaganda bir marta parijliklar asosiy tarkibiga kirgan bo‘lishi kerak. Ularning reytingdagi o‘rni transfermarkt.com portalida ko‘rsatilgan narxlarga qarab belgilangan.

1. KINGSLI KOMAN («Bavariya», Germaniya), 55 mln. yevro, 25 yosh

9 yoshida klub maktabiga kirgan Kingsli Fransiya grandining barcha yosh toifalaridan o‘tgan, 16 yoshida «PSJ» asosiy jamoasida debyut qilgan. To‘g‘ri, Koman transferidan pul ishlashmadi, 2014 yili tekinga «Yuventus» libosini kiydi. Keyinchalik Myunxenga ko‘chib o‘tgan vinger pandemiya davridagi YECHL finalida «PSJ» darvozasiga g‘alaba golini urdi, turli jarohatlar sal qolsa, faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin edi. Shunga qaramay, u Bundesliga yulduzlaridan biri hisoblanadi, muntazam ravishda termaga chaqirilmoqda.

2. KRISTOFER NKUNKU («RB Leypsig», Germaniya), 47 mln. yevro, 24 yosh

Hujumkor yarim himoyachi klub tizimiga 12 yoshida qo‘shilgan. Koman singari «PSJ»ning barcha jamoalari to‘p surgan, «asosiy»dagi deb-yutini esa 2015 yilning dekabrida, deyarli 18 yoshga to‘lganida, YECHL doirasidagi Doneskning «Shaxtyor» klubiga qarshi bahsda nishonladi. Kingslidan farqli ravishda, parijliklar safida 70dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 11ta gol urgan. 2019 yilda 13 mln. yevro evaziga «RB Leypsig»ga o‘tgan Nkunku ushbu klub yetakchilaridan, Bundesliganing joriy mavsumidagi eng yaxshi futbolchilardan biri sanaladi.

3. MUSSA DIABI («Bayer 04», Germaniya),42 mln. yevro, 22 yosh

Parijda tug‘ilgan malilik vinger 14 yoshida klubning bir qismiga aylangan, 19 yoshigacha turli yosh toifalaridagi jamoalarda o‘ynagach, asosiy tarkibga kiritildi. 2018/2019 yillar davomida «PSJ» safida to‘liq mavsumni o‘tkazdi, asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, barcha turnirlarda jami 11ta samarali harakatni amalga oshirdi. 2019 yilning yozida «Bayer 04» uning transferi uchun 15 mln. sarflab, bundan zarracha afsuslanmadi. «Dorishunoslar» tarkibida ikkita to‘liq bo‘lmagan mavsumda 100dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 50dan ortiq samarali harakatlarni amalga oshirdi. Hozirda klub yetakchilaridan biri hisoblangan Mussa yaqinda Fransiya termasi asosiy tarkibidagi ilk ishtirokini ham nishonladi.

4. PRESNEL KIMPEMBE («PSJ», Fransiya), 40 mln. yevro, 26 yosh

Qadrdon klubidan boshqasining libosini kiymagan futbolchi. Parijdan uncha uzoq bo‘lmagan hudduda tug‘ilgan Kimpembe 10 yoshida poytaxt klubi tizimiga kirgan, barcha toifalardan o‘tib, 2014 yilda asosiy jamoada debyut qilgan. O‘sha kezlari himoya markazida Tyago Silva hamda David Luiz singari top-futbolchilar to‘p surishgan, yosh Markinyos esa ularning o‘rnini egallashga shay turardi. Shu bois, Pres­nel faqat 2016 yilga kelibgina o‘z imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hozirda aynan Markinyos bilan mudofaa markazida juftlik hosil qilgan Kimpembe parijliklar safida 200dan ortiq o‘yin o‘tkazib ulgurdi. U ba’zan yulduzli jamoani sardorlik bog‘ichi bilan maydonga boshlab tushadi. 2018 yilgi mundialda chempion terma tarkibiga kiritilgan.

5. ADRIYEN RABYO («Yuventus», Italiya), 30 mln. yevro, 26 yosh

Akademiyaning mojaroli tarbiyalanuvchilaridan biri. Adriyenni «PSJ»ning to‘laqonli tarbiyalanuvchisi de­yish qiyin - Fransiya grandi tuzilmasiga o‘tishdan avval uzoq muddat «Kretey» dasturida qatnashgan, «Manchester Siti»da bo‘lgan. Kelajagi porloq deb hisoblangan Rabyo 17 yoshidayoq asosiy jamoada debyut qilib, 18 yoshida boshlang‘ich tarkibda markaziy yarim himoyachi pozisiyasiga muqim joylashdi. Onasi bilan ro‘y bergan voqealar, Adriyenning jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmay, Turin klubiga erkin agent sifatida o‘tganidan, «Yuventus» asosiy tarkibiga kirganiga qaramay, hal qiluvchi rolni egallay olmaganidan ham ko‘pchilikning xabari bor. Ba’zan termada ko‘rinish beradi. Klubiga pul olib kelish uyoqda tursin, asabini ham buzgan.

6. MAYK MENYAN («Milan», Italiya), 25 mln. yevro, 26 yosh

Chempion «Lill»ning darvozabonini istisnolar ro‘yxatiga kiritamiz - «PSJ» asosiy jamoasida bir daqiqa ham o‘ynamagan, faqat Liga 1 o‘yinlarini zaxirada kuzatgan. Menyan 14 yoshidan poytaxt klubi tizimiga kirgan, ammo umrini imkoniyat kutish bilan o‘tkazishni istamay, 20 yoshida jamoani tark etdi. «Lill» uning uchun 1 mln. yevro to‘ladi, Mayk 2017 yilda asosiy kiperga aylandi. 2021 yilning yozida Menyan «Milan»ga o‘tdi, bundan avval Fransiyada sovrin yutdi.

7. JONATAN IKONE («Lill», Fransiya), 25 mln. yevro, 23 yosh

Mavsum-2020/2021 chempioni - «Lill»dan yana bir futbolchi. Jonatan 2010 yili 12 yoshida «PSJ» tizimiga qo‘shilgan. O‘ng qanot vingeri asosiy tarkibda atigi 7ta uchrashuvda maydonga tushgan, dastlabki o‘yini 18 yoshida YECHL doirasidagi «Ludogores»ga qarshi bahsga to‘g‘ri kelgan. «Monpelye»dagi muvaffaqiyatsiz ijaradan keyin 2018 yilning yozida 5 mln. yevro evaziga «doglar» tarkibiga qo‘shildi. Hozirgi klubi safida hujum chizig‘ining muhim qismiga aylangan. Fransiya termasida 4ta o‘yin o‘tkazgan.

8. ODSONN EDUAR («Kristal Pelas», Angliya), 17 mln. yevro, 23 yosh

«PSJ» asosiy tarkibida maydonga tushib ulgurmagan yana bir futbolchi. 13 yoshida jamoaga kelgan forvardni Shotlandiya futboliga befarq bo‘lmaganlar yaxshi tanishadi. Mahalliy «Seltik» klubi safida 80dan ortiq gol urgan. Orol jamoasiga o‘tishidan avval kamtarona «Tuluza»da o‘ynagan. Ammo «PSJ» uning transferidan yaxshigina pul ishlab oldi - shotlandlar 10 mln. yevro to‘lashdi. Ayni payt Eduar Londonning «Kristal Pelas» klubida o‘ynamoqda, joriy yilning yozida «Sel-tik»dan Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tgandi. Termada birorta ham o‘yin o‘tkazmagan.

9. ALFONS AREOLYA («Vest Xem», Angliya), 14 mln. yevro, 28 yosh

Kelib chiqishi Filippindan bo‘lgan kiper mazkur reytingdagi eng tajribali futbolchi hisoblanadi. U «PSJ» tizimiga 2006 yilda, 13 yoshida kirgan, asosiy tarkibdagi debyuti esa 2012/2013 yillar mavsumi oxiriga to‘g‘ri kelgan - bu paytga kelib, 21 yoshni urib qo‘ygandi. Hozir ham Parij jamoasiga tegishli bo‘lgan Areolya oltinchi martadirki, ijarada yuribdi. Ularning ikkitasi «PSJ»ga 4 mln. yevro keltirgan. Qadrdon klubi asosiy tarkibida 100dan ortiq o‘yin o‘tkazgan, lekin hech qachon birinchi raqamli posbon bo‘lmagan. Fransiya termasi tarkibida JCH-2018ga borgan Alfons mundialda bir daqiqa ham o‘ynamadi.

10. TIMOTI VEA («Lill», Fransiya), 12 mln. yevro, 21 yosh

Jahon futboli afsonasining o‘g‘li «PSJ» tizimiga otasining maqomi ortidan kirgan, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Timotining sifatli futbolchi ekanligi shubhadan xoli, ammo poytaxt klubi darajasiga moslasha olmadi. 14 yoshida jamoa tuzilmasiga kelgan Vea 18 yoshida Liga 1da debyut qildi, lekin uning o‘yinlari soni 10taga ham yetmadi. Keyinchalik «Seltik»ka ijaraga berildi, so‘ngra «Lill» safiga qo‘shildi. Transfer uchun 10 mln. yevro to‘landi. Timoti «Lill»da muntazam maydonga tushadi, biroq sermahsullik bobida ko‘rsatkichlari yaxshi emasligi doimo tanqidlarni keltirib chiqaradi. Vea - AQSH termasining asosiy futbolchilaridan biri.

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 14:05, 21.12.2021. O'qildi: 2357 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.