Bugun 12 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 9943 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3087 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.11.2025

      05:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      06:05 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      08:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:05 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      15:00 Чемпионат Бразилии. "Сан-Паулу" - "Ред Булл Брагантино".
      17:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Флуминенсе".
      19:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:05 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      22:00 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Палмейрас".
      00:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Баия".
      04:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.11.2025

      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 "Непобедимый".
      21:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 1-й заезд.
      22:10 Скелетон. Кубок России в Сочи. Мужчины. 2-й заезд.
      22:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 1-й заезд.
      23:35 Бобслей. Кубок России в Сочи. Женщины. Монобоб. 2-й заезд.
      00:20 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае.
      03:05 "Эволюция спорта".
      03:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия.
      04:55 "Непобедимый".
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.11.2025

      05:20 Новости.
      05:25 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Преюниорки. Прямая трансляция.
      09:10 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки. Прямая трансляция.
      13:30 LIVE Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Прямая трансляция.
      16:55 LIVE Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Локомотив" (Новосибирск) - "Белогорье" (Белгород). Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 6. Вечерняя сессия. Прямая трансляция.
      21:00 LIVE Футбол. BetBoom матч сборной. Россия - Перу. Прямая трансляция.
      00:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Габриэль Бонфим против Рэнди Брауна.
      03:25 Баскетбол. Winline Basket Cup. "Игокеа" (Босния и Герцеговина) - "Уралмаш" (Россия).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.11.2025

      05:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      08:00 Зал славы. Олимпиада 2012 в Лондоне.
      09:00 Горнолыжный спорт. Чемпионат мира в Зальбах-Хинтерглемме, Австрия. Мужчины. Супергигант.
      10:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      12:30 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      15:00 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      16:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      17:30 Велоспорт. Женщины. Мировой тур. Обзор сезона.
      18:30 Велоспорт. Мировой тур. Обзор сезона.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      21:30 Зал славы. Олимпиада 2016 в Рио-де-Жанейро.
      22:30 Олимпийский канал. "Монументы", 1 эп.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Вероне, Италия.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      02:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.
      04:00 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu va Messini ortda qoldirgan Kilian Mbappe 23 yoshgacha qanday yutuqlarga erishgan?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

20 dekabr, dushanba kuni Fransiya terma jamoasi va PSJ hujumchisi Kilian Mbappe o‘zining tug‘ilgan kunini nishonladi. Iqtidorli futbolchi 23 yoshga to‘ldi.

Ammo, Kilian yosh bo‘lsa-da, juda ko‘p jamoaviy va shaxsiy yutuqlarga erishgan.

Hozir esa biz sizlarga Mbappe shu yoshgacha qanday natijalar qayd etgani haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildik.

Erishgan natijalari

Mbappe professional faoliyatini “Monako”da boshlagan. Ushbu jamoa tarkibida fransuz haqiqiy iqtidorini namoyish etib, tajriba va eng yaxshi mahoratga ega bo‘ldi. 2016/17 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 44 o‘yinda 26 ta gol urib, ko‘plab yaxshi natijalarga erishdi. Mbappe ayniqsa Chempionlar ligasida yorqin o‘ynadi va buning uchun u darhol top-klublarning e’tiborini tortdi.

Kilian Fransiyani tark etishga jur’at eta olmadi, keyingi yili PSJga o‘tdi. Avvaliga bu ijara, keyin esa to‘liq transfer amalga oshdi. “Monako” Mbappe uchun taxminan 180 million yevro olgan. Parijliklar tarkibida fransuz birinchi kundanoq yulduzga aylandi va unga e’tibor tobora kuchayib bordi.

Fransiyalik futbolchi jamoaning ajralmas futbolchisiga aylandi. Uning o‘yin saviyasi yomonlashmadi, aksincha, kundan-kunga o‘sib bordi. O‘zining mehnati va iste’dodi tufayli Mbappe dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri maqomiga erishdi. Kilianni 2018 yildan beri “Real Madrid” qo‘lga kiritishga urinib kelmoqda.

Shuningdek, Mbappe Fransiya terma jamoasida ham o‘z o‘rnini topib, “uch ranglar” yetakchilaridan biriga aylandi. Fransiyaning g‘alabasi bilan yakunlangan JCH-2018dan keyin ham Kilianning termadagi o‘yini ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Yillar davomida Mbappe klublar va terma jamoa bilan bir nechta sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Bu muvaffaqiyatlar zamirida esa fransuzning harakatlari juda katta.

Fransiyalik futbolchi professional faoliyati davomida klub va terma jamoa safida 198ta gol muallifiga aylandi. Bu esa Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining 23 yoshgacha bo‘lgan natijalarini qo‘shib hisoblaganda ham ko‘proqni tashkil qiladi. Bu ikkisi 23 yoshgacha jami 174ta gol urgan edi.

23 yoshga to‘lgan Mbappe klubining barcha sovrinlari (13 ta kubok):

 

  • “Monako” bilan Fransiya chempioni (2016/17);
  • PSJ bilan Fransiya chempioni (2017/18, 2018/19, 2019/20);
  • Fransiya liga kubogi g‘olibi (2017/18, 2019/20);
  • Fransiya kubogi sohibi (2017/18, 2019/20, 2020/21);
  • Fransiya Superkubogi sohibi: 2019, 2020;
  • Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni (2018);
  • UYEFA Millatlar ligasi g‘olibi (2020/21).

 

Shaxsiy mukofotlar

Kattalar futbolida birinchi kundan boshlab fransuz mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan, xato qilishdan qo‘rqmadi.

Kilian Mbappe iqtidori orqali o‘zini ommaga namoyon qildi. Fransuz futbolchisi ajoyib tezlik, texnika, gol urish qobiliyati va sovuqqon qutbol ko‘rsatadi. Bu unga maydondagi vaziyatni baholashga yordam beradi.

Uning serqirraligi, axloqiy yondashuvi haqida gapirish mumkin, ammo hozir emas. Sababi, uning qobiliyatini, hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanligidan ham bilish  mumkin. Uning juda ko‘p shaxsiy mukofotlari bor, ularga faqat havas qilish mumkin.

 

23 yoshga to‘lgan Mbappening barcha individual mukofotlari (26 ta sovrin):

  • 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi (2016)
  • Fransiya Liga 1 musobaqasida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi (2016/17, 2017/18 va 2018/19)
  • Liga 1 musobaqasida yilning eng yaxshi futbolchisi (2018/19 va 2020/21)
  • Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisi (2018)
  • Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari (2018/19, 2019/20, 2020/21)
  • “Golden Boy” mukofoti sovrindori (2017)
  • UYEFA Chempionlar Ligasi ramziy terma jamoa a’zosi (2016/17, 2019/20, 2020/21)
  • Jahon chempionatining ramziy terma jamoa a’zosi (2018)
  • UYEFA talqiniga ko‘ra, ramziy terma jamoa a’zosi (2018)
  • IFFHS ramziy terma jamoa a’zosi (2018 va 2021)
  • FIFI versiyasiga ko‘ra ramziy terma jamoa a’zosi (2018 va 2019)
  • Kopa kubogi g‘olibi (2018)
  • Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi (2018 va 2019)
  • Yevropada yilning eng yaxshi futbolchisi (2019)
  • Faxriy legion ordeni risar qo‘mondoni (2018)
  • 2021 yilgi UYEFA Millatlar ligasi “Oltin butsa” sohibi

Shaxsiy va jamoaviy sovrinlar bo‘yicha Kilian Mbappe ko‘p yutuqlarga erishgan, ko‘plab medallarni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, fransuz futbolchisi ko‘plab rekordlarni o‘rnatishga va ajoyib natijalarga erishishga muvaffaq bo‘ldi.

Mbappening individual natijalari:

  • - Mbappe Chempionlar ligasida 51 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
  • - Fransuz Chempionlar ligasida 30 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo‘lib, Lionel Messining rekordini yangiladi.
  • - 2020/21 yilgi mavsumda Mbappe Chempionlar ligasida 8 ta gol urdi. Hech bir fransiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi mavsumida undan ko‘proq gol urgani yo‘q.
  • - Chempionlar ligasining pley-off bosqichida Kilian 18 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
  • - Mbappe Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Terri Anridan ko‘proq gol urgan. Hozirda u pley-offda eng ko‘p gol urgan fransuz futbolchisi bo‘lib, Karim Benzemadan 6 ta gol ortda qolmoqda.
  • - Kilian PSJ safida UYEFA Chempionlar ligasida 25 ta gol urdi. Mbappe ayni paytda Edinson Kavanidan atigi 5 ta gol ortda qolmoqda.
  • - Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasining bir mavsumida “Barselona” darvozasiga to‘rtta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
  • - Mbappe “Barselona”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan tarixda uchinchi futbolchiga aylandi (ilgari Faustin Asprilli va Andrey Shevchenko bu natijaga erishgan).
  • - 22 yoshida Kilian Chempionlar ligasida 25 ta gol urib, Lionel Messining rekordini yangiladi.
  • - Mbappe Chempionlar ligasi tarixidagi dastlabki to‘rtta pley-offda gol urgan birinchi futbolchi.
  • - 2017 yilda Kilian Chempionlar ligasining chorak finalida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga ham aylandi.
  • - 2017 yilda Mbappe yarim finalda “Yuventus” darvozasini ishg‘ol qildi va Chempionlar ligasi yarimfinalida gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.
  • - Mbappe Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yosh futbolchi bo‘lib, 23 ta gol urgan.
  • - Kilian ayni damda tarixdagi eng qimmat futbolchi - 200 million yevro.

 

Fransiyalik hujumchi yoshligida ko‘p yutuqlarga erishdi. Har mavsumda u “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishga tobora yaqinlashib bormoqda, ammo uni qo‘lga kiritish uchun Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish kerak. Bir-ikki yil muqaddam ushbu kubokni yutishga yaqin kelgan edi, ammo...

Mazkur natijalar engdigina 23 yoshga to‘lgan Kilian Mbappening erishgan yutuqlari hisoblanadi. Uning hali yoshligi va g‘alabaga chanqoqligini hisobga olsak, yaqin yillarda uning bundanda ko‘p sovrinlar yutishiga guvoh bo‘lamiz.


Jamshidjon Mahmudov tarjimasi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 08:00, 23.12.2021. O'qildi: 4973 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.