Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
      • 22.04.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Alaves
      • 22.04.2026 00:30
      • Jirona
      • -:-
      • Betis
      • 22.04.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Atletiko
      • 22.04.2026 23:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Xetafe
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Brayton 34 50
7 Chelsi 34 48
8 Brentford 33 48
9 Bornmut 33 48
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 32 43
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 33 33
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Navbahor” PFKda muxlislar bilan uchrashuv

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun Namangandagi “Markaziy” o‘yingoh anjumanlar zalida “Navbahor” PFK prezidenti Otabek Samatov, jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan hamda “Navbahor”ning faxriy va fidoyi muxlislari, fan-klub a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab Samvel Babayan so‘z olib, jumladan, shunday dedi:

Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov bilan uchrashganimizda, yangi mavsumda “Navbahor” brendi va jamoaning shonli davrini tiklash, klub qoshida futbol akademiyasi tashkil etishga oid masalalar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdik. Shavkat Shokirjanovich futbolni teran tushunadigan inson va “Navbahor” kelajagi uchun jon kuydirmoqda. Namangan – futbolsevarlar viloyati, bu yerda muxlislar armiyasi katta kuchga ega. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, aynan muxlislar bois, boshqa klublardan yaxshi takliflar tushganligiga qaramay, “Navbahor”da ishlashga qaror qildim. Bejizga futbolda ishqibozlarni 12-o‘yinchi deyishmaydi. Jamoaning g‘alabalari ko‘p jihatdan siz – muxlislarning qo‘llab-quvvatlashinglarga bog‘liq. Shuning uchun “Navbahor”ni doimo munosib tarzda, shiorlar ko‘targan, futbolchilarni ruhlantiradigan so‘zlarni qo‘shiq qilib aytish (krichalka) orqali qo‘llab-quvvatlashinglarni iltimos qilaman. Klub tomonidan fan-klubga barcha sharoitlar yaratilib beriladi.

“Navbahor”da faoliyat yuritish oson emas, chunki bosim kuchli bo‘ladi. Bunday bosimni yengish esa oson emas. Futbol sohasidagi insonlar hurmatga loyiq va ularning kasbi oson emas. Shu bois, murabbiylar va futbolchilarni doimo qo‘llab-quvvatlashinglarni istayman. “Navbahor” ulkan zafarini so‘nggi marta 1998 yili qayd etib, o‘shanda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgandi. Bunga ham 20 yildan ko‘proq vaqt bo‘ldi. Shunday ajoyib muxlislarga ega jamoa ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishi shart. Buni amalga oshirish uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz. Faqatgina sizlar klubning ichki ishiga aralashmay, yaxshi muxlislik qilsanglar bo‘lgani.

Oldinlari chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun kurash asosan 3 ta jamoa, ya’ni “Paxtakor”, “Neftchi” hamda “Navbahor” o‘rtasida kechardi. 2002 yildan boshlab esa “Paxtakor”ning gegemonligi boshlandi... “Navbahor”ning shonli davrlarida jamoaning tashkiliy va seleksiya ishlari bilan shug‘ullanganman. O‘shanda menga, 25 yoshli yigitga klubning o‘sha paytdagi prezidenti Hakimjon aka Hoshimov ishonch bildirgandilar. “Navbahor”dagi tajribamni keyinchalik faoliyat yuritgan boshqa klublar, shu jumladan, “Paxtakor”da ham sinovdan o‘tkazdim. Ayrim paytlarda bu tajriba samara berdi, ba’zi paytlarda esa o‘zini oqlamadi. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, katta futboldagi ilk faoliyatimni aynan “Navbahor”da boshlaganman. Endi klub oldidagi burchimni bajarish uchun yangi mavsumda barcha imkoniyatimni ishga solaman.

Bugungi uchrashuv siz – muxlislar bilan tanishuv sifatida bo‘ldi. Keyingi yig‘ilishni 2022 yil, yanvar oyi oxirida, ya’ni jamoa a’zolari yig‘indan qaytishganidan so‘ng, tashkillashtiramiz va o‘shanda yangi futbolchilar bilan ham tanishasizlar. 

Shundan so‘ng, klub prezidenti Otabek Samatov so‘zga chiqib, quyidagicha fikr bildirdi:

Muxlislar jamoani doimo, yaxshi kunida ham, yomon kunida ham qo‘llab-quvvatlab turishlari zarur. Ammo o‘tgan mavsumda bu borada ayrim kamchiliklar ko‘zga tashlandi va “Navbahor” mag‘lubiyatga uchrayotganida yoki durang natija qayd etayotganida munosib qo‘llab-quvvatlash o‘rniga futbolchilarga turli nomaqbul so‘zlar gapirildi. Bu esa ularning o‘yinlariga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Masalan, uchrashuvning 1-bo‘limi 0:0 hisobida yakunlanadigan bo‘lsa, jamoamiz a’zolari tanaffus paytida kiyim almashtirish xonasida boshlarini egib, ishqibozlar bizga nomaqbul so‘zlarni aytishyapti, deyishardi. Haqiqiy muxlis unday bo‘lmasligi, sevimli jamoasini doimo, har qanday holatda ham munosib qo‘llab-quvvatlashi shart. Biz fan-klub a’zolariga yaxshi sharoitlarni yaratib berganimizdan so‘ng, yangi mavsumda sizlardan endi odob-axloqqa rioya etish, munosib muxlislik qilishni ham talab etamiz.

O‘tgan mavsumda ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislar tomonidan klubga oid turli asossiz gaplar tarqatildi. Bunday gap-so‘zlarni tarqatishdan oldin biroz o‘ylash, mushohada qilish lozim. Chunki, o‘tgan mavsumning so‘nggi tur bahslarida Superligada qolish uchun kurashayotgan “Metallurg”ni o‘z maydonimizda (24-tur, 1:0 hisobida), “Andijon”ni esa safarda (25-tur, 2:1 hisobida) mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik. Vaholanki, ushbu o‘yinlardan oldin ishqibozlar tomonidan turli asossiz gaplar tarqatildi. Kezi kelganida, ta’kidlash joizki, “Navbahor” o‘tgan mavsum uchun barcha futbolchilar bilan hisob-kitob qilgan va klubning hech qaysi o‘yinchidan qarzi yo‘q.

Yana shuni ham aytish lozimki, yangi mavsumda klub logotipi o‘zgaradi va jamoa liboslari rangi ham almashib, “lochinlar” yangi mavsumda ko‘k hamda oq liboslarda maydonga tushishadi. Yangi mavsumda jamoamiz o‘z oldiga yuksak maqsadarni qo‘ygan va buni amalga oshirish uchun bor mahoratimizni ishga solamiz.

Shundan so‘ng, muxlislar raisi Abdullo Ahmedov, fan-klub yetakchisi Muzaffar Gapparov, faxriy muxlis Ikromjon Dedashev, shuningdek, Jahongir Sharifiy klub prezidenti Otabek Samatov hamda jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan tomonidan bildirilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi va klub rahbariyati tomonidan iqtidorli futbolchilarga ham katta e’tibor qaratayotganligi bois, mavsum-2021ning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishga nomzodlar qatoridan “Navbahor – U-21” hamda “Navbahor-U-18” jamoalari hujumchilari - Husayn Ergashboyev va Asad Jo‘raboyev o‘rin olganligini e’tirof etishdi.

Uchrashuv so‘ngida muxlislar Samvel Vyacheslavovichga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. “Lochinlar” ustozi jamoaga yangi hujumchi jalb etish borasidagi savolga bu borada jadal seleksiya ishlari olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Yana bir muxlisning: “Boshqa klublardan manfaatli taklif bo‘lsa, “Navbahor”ni yarim yo‘lda tashlab ketmaysizmi?”  degan savoliga Samvel Babayan unga nafaqat yurtimiz, balki xorij klublaridan ham manfaatli takliflar bo‘lganligi, ammo maqsadi Namangan jamoasi bilan yuksak marralarni zabt etish ekanligi sababli, aynan “Navbahor”da ishlashni ma’qul ko‘rganligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida muxlislar yangi mavsumda “Navbahor”ga omad yor bo‘lib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritishini tilab, duo qilishdi.

Manba: Навбаҳор клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 23:05, 23.12.2021. O'qildi: 1464 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик