Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Puldan kechgan metin jamoa

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Union»ning o‘ziga xosligi shundaki, klubda hech kim o‘zini benazir deb hisoblamaydi. Boshqalar o‘zgardi. «Union» esa yo‘q. Natija ko‘rsatib turibdiki, Bundesliganing eng mitti klublaridan biri nafaqat o‘z madaniyatini saqlab qoldi, balki uni rivojlantirdi ham. FootballHD.ru pullardan voz kechgan metin jamoa haqida so‘z yuritadi.

Dastlab 2019 yili «metinlar» ilk bor Bundesliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. So‘ngra ular turnir jadvalining yuqori qismiga joylashishdi. Hozir esa yevrokuboklarda qatnashish huquqiga egalar. Ayni payt bu jamoa Berlinda yetakchi.

Ko‘pchilik muxlislar bunday yangiliklarga moslashishga ham ulgurishmadi. Ular uchun jamoa - hamon azaliy autsayderdek. 1961 yilda Berlin devori paydo bo‘lganda, «Union» muholifat klubiga aylanib, isteblishmentga qarshi kurashgandi. Qolganlar yo armiya yoki maxfiy polisiya vakili bo‘lishgan. «Union» esa ishchilarga tegishli edi. Jarima zarbalari ijro etilayotgan pallada tribunalarda tez-tez «devorni buzib tashlang» deya qo‘shiq kuylashadi. Ushbu an’ana hamon amalda, jamoada moliyaviy daromadlar emas, muxlislar orasidagi obro‘ ustun qo‘yiladi.

«Byudjetimiz yoki stadionimizga qarasangiz, hammasini ko‘rasiz, biz - autsaydermiz, - deydi Kristian Arbayt. - Tongda benazir ekanligimiz haqidagi xayollar bilan uyg‘onmaymiz. Biz - bu biz. Qolganlar esa boshqachalar».

Arbayt nima deyotganini yaxshi biladi. U 2009 yildan buyon «Union»da ishlaydi, uning lavozimini tushuntirish qiyin. «Nima ish qilmaganimni aytish osonroq», - deydi hatto stadion suxandoni vazifasini ham bajaradigan Arbayt. Mikrofonni hushtak chalinishidan 20 daqiqa oldin ishlatadi. «Jamoalarni kutib olib, futbolchilarni tanishtiraman». Shu, xolos - qolgan vaqt fanatlarga bag‘ishlanadi.

Arbaytning aytishicha, odamlar faqat futbol tomosha qilgani kelishadi. Ular faxr va g‘urur bilan muxlislik qilishadi. Ularga noo‘rin reklamalar yoki homiylik kelishuvlari kerak emas.

«Hamma muxlislarni jalb qilish uchun futbolga yana nimadir qo‘shish kerakligi haqida o‘ylaydi. Bema’nilik. Biz esa, aksincha, nimanidir olib tashlash haqida o‘ylaymiz. Masalan, biz Germaniyada gol urilganidan so‘ng musiqa yoqmaydigan yagona klubmiz. Jamoangizning gol urishi futboldagi eng yorqin vaziyatdir. Uni musiqa bilan yopishning nima keragi bor? Odamlar ushbu voqeani o‘zlari xohlagandek nishonlashlari mumkin. Quchoqlashishadi, qo‘shiq kuylashadi. Biz qancha ko‘p aralashsak, hissiyotlardagi soflik shuncha yo‘qolaveradi».

Klub ko‘plab pullik kelishuvlardan voz kechgan. «Albatta, yanada ko‘proq ishlab topishimiz mumkin edi, ammo bu narsa bizni qiziqtirmaydi». Taktika ish bermoqda. «Bavariya» - 2021 yili Bundesligada «An der Alten Fersteray»da «Union» ustidan g‘alaba qozongan yagona klub, shu tariqa 15 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya yakun topdi. Arbaytning aytishicha, bu tasodif emas: futbolchilar arenadagi shovqinli madadning o‘zgacha ekanligini e’tirof etishadi.

«Bolalar testdan o‘tolmay uyga qaytishganida, ularga tanbeh bermay, qo‘llab- quvvatlaysiz. Bizning futbolchilar - shunchaki, tomoshabinlarni quvontirgani uchun pul oladigan millionerlar emas. Biz o‘yinni bunday ko‘rmaymiz».

Arbayt yaqinda boshqalarning holati qanday ekanligini ko‘rdi. «Kelnga bordim. Odamlarni sirkka majburan taklif etsangiz, ular ko‘ngillarini xush qilishlarini kutib o‘tirishadi. Futbol oddiy ko‘ngilxushlik bo‘lib bormoqda, jamoa yutmasa, muxlislar nima qilishni bilmaydi. Shu bois, ular shunchaki o‘tirishadi. «Keln»ga qarshi o‘ynaganimizda, tribunalardagi 50 mingga yaqin muxlis ko‘p hollarda sukut saqlashdi. Hatto murabbiyning shogirdlariga bergan ko‘rsatmalari yaqqol eshitilib turdi. Keyin ular futbolchilarni qo‘llash o‘rniga, ularga hushtakbozlik qilishdi. Bizning stadionda muxlislar ishtirokisiz g‘alaba bo‘lmasligini yaxshi tushunishadi. Chiroyli o‘yinni ko‘rmang - unga o‘zingiz joziba kiriting».

«Union»da stadionning o‘zi mavjudligi uchun muxlislardan qarzdor. 2009 yilda «An der Alter Fyorsteray»ni ta’mirlashga pul topilmaganda, 2,5 mingga yaqin muxlis hayotlarining 140 soatini rekonstruksiyaga bag‘ishlashgandi. Arena o‘shandan buyon ularning aksariyatiga qisman tegishlidir.

«Union» uchun qon ber» aksiyasini ham unutmaslik kerak. Germaniyada qon donorlariga kompensasiya to‘lanadi, ba’zi paytlarda klub shunday kampaniyani yo‘lga qo‘yadi. Klub olgan pullar shu yo‘lda sarflandi. Muxlislari qon topshirishga tayyor bo‘lgan klub hamma yerda ham bormi? Endi bu mahalliy folklorning bir qismidir.

«Bu tariximizning muhim bo‘lagi, bunday fanatlar esa o‘zgacha muhitni vujudga keltirishadi. 2500 kishi arenani qurdi, 5000 nafar shaxs aksiyalarga ega. Bu ularning stadioni deyish mumkin. Ushbu inshoot haqida qayg‘urishlariga motivasiya yetarli».

Klub o‘smoqda va bu murakkab jarayon, ammo Arbayt, vakil sifatida har doim birdamlik tuyg‘usini saqlashga intiladi. «Agar muxlisning shikoyati yoki g‘oyasi bo‘lsa, stadionga kelib, prezident, murabbiy, futbolchilar - hamma bilan ko‘rishishi mumkin. Odamlar har kuni shunday qilishadi. Bu oddiy hol. Biz aloqani shu tariqa saqlaymiz».

Ayni payt klub eng yaxshi yillarini boshdan kechirmoqda. Bundesligaga o‘tish «mo‘’jiza» bo‘ldi, Maks Kruzening goli evaziga yevrokubok yo‘llanmasi qo‘lga kiritilganiga esa hamon ishonish qiyin. Endi nima bo‘ladi? Ehtimol, bu eng yuksak cho‘qqidir. «Ajoyib davrda ekanligimizni, boshdan yuqori sakray olganimizni hamma tushunib turibdi. Yevrokuboklarning jamoaga qanday ta’sir ko‘rsatishidan xavotirda edik, ammo yigitlar uddalashyapti. Bu biz uchun eng yaxshi palladir».

Yaqinda «Union» Berlinning yana bir klubi - «Gerta» ustidan g‘alaba qozondi. Prinsipial raqib, vaholanki, bu jamoalar 2010 yilgacha o‘zaro to‘qnash kelishmagandi. Sovuq urush sabab «Union» muxlislari «Gerta»ga o‘zgacha mehr bilan qarashadi. O‘z vaqtida chegara ortida hech kim ko‘rmaydigan maxfiy klub bo‘lardi. Uni qo‘llab-quvvatlash isyon chiqarishga tenglashtirilardi. Ammo keyinchalik shakllangan avlod vakillari bu aloqalarni eslashmaydi. «Yoshlar devorni yoddan chiqarishgan. Ular uchun bu shunchaki, ko‘k futbolka kiygan jamoa hisoblanadi. Odatiy raqobat shu tariqa paydo bo‘lgan».

Har ikki klub ham geografik, ham turnir jadvali nuqtai nazaridan yaqin bo‘lsalarda, Arbayt «Gerta»ni «o‘zgachalar» vakili sifatida ko‘radi. «Union» esa «Union»ligicha qolaveradi. «Bizning futbolga qarashlarimiz turlicha. U yerda faqat chetdagi kuzatuvchi bo‘lishing mumkin. Ammo biz barchasini o‘zimiz xohlagandek amalga oshiramiz. Tavakkal qilishga tayyorman, deb o‘ylasangiz, «Union»ga kelib, ushbu jarayonga kirishing!»

O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:35, 27.12.2021. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик