Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Robert Levandovski: «Rekordlar uchun resept — bu haqda o‘ylamaslik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

«Bavariya» goleadori Robert Levandovski jurnalistlar bilan uncha ko‘p gapirmaydi. Lekin Sport Bild nashri polshalik futbolchi ko‘ngliga yo‘l topa oldi. Natijada Levagol suhbat davomida CHLda Kiyev «Dinamo»si darvozasiga urgan golini alohida esladi, rekordlarga munosabatini bildirdi va «Oltin to‘p»ni topshirish marosimidagi his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

- Robert, Ushi Myuller (Gerd Myullerning rafiqasi) xonim marhum turmush o‘rtog‘ini rassom, sizni esa sportchi sifatida ta’rifladi. Bunga rozimisiz?

- Avvalo, unga yaxshi so‘zlari uchun rahmat. Bunday e’tiroflar men uchun katta sharaf, xuddi sovrinlar kabi. Myuller xonimning bahosi ancha qiziqarli. Ha, o‘yin uslubi va jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtamizda katta farq bor: men novcharoqman, Gerdning oyoqlari baquvvat bo‘lgan. Deylik, sonlaridan birining aylanasi ikki oyog‘imniki bilan teng edi!

- O‘yin uslubidagi farqchi?

- Gerd pastdagi to‘p uchun kurashda yaqqol ustun sanalgan. Yana tezlik va reaksiya bobida raqiblariga imkon bermagan. Shuningdek, jarima maydoni ichida gavdasini yaxshi ishga solgan: chap, o‘ng ko‘krak, qorin... Mening uslubim esa harakat va yugurish trayektoriyasiga bog‘liq. Muhimi, xuddi Myuller kabi hamisha to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tishini ta’minlashga intilaman. Qanday yo‘sinda, bu muhim emas, maqsad bitta - gol!

- Frayburgda Myuller rekordlaridan birini yangilagach (muayyan yil davomidagi gollar soni bo‘yicha), futbolkangiz ostidagi 4ever Gerd yozuvini ko‘rsatdingiz. O‘sha libosni alohida saqlayapsizmi?

- Ha, uyda turibdi. Uni o‘zim uchun saqlab qo‘ydim.

- Ushi Myuller xonim «Oltin to‘p»ni nega sizga berishmaganidan hayron. Oradan ma’lum vaqt o‘tdi, endi bu voqeaga o‘zingiz baho bersangiz...

- So‘rovda 2-o‘rinni egallagan bo‘lsam-da, jamoam bilan erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman. Bu kelajak uchun yaxshi xotira: butun dunyo kuzatgan Messi va Levandovski o‘rtasidagi duel. Shunday fantastik ijrochi bilan eng yaxshi futbolchi maqomi uchun raqobatlashish - sharaf. Ha, boshqa tomondan, biroz ranjidim, buni ochiq aytishim kerak. Axir mukofotga juda yaqin kelgandim. Boz ustiga, biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan 2020 yili «Oltin to‘p» so‘rovi bekor qilinganini hisobga olsak, barchasi yanada og‘ritadi, alam uyg‘otadi. Lekin o‘zimga tasalli berishim mumkin: «Sen barchasini sinab ko‘rding, bor kuchingni ishga solding». Xuddi shu tuyg‘u bilan xotirjam tortaman.

- «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida Messi va Mbappe o‘rtasida o‘tirdingiz: nimalar haqida gaplashdinglar?

- Leoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri atigi bir necha so‘z aytishim mumkin edi, chunki ispan tilida yaxshi gapirolmayman.  Yaxshiki, Kilian bor edi va u tarjimonlik qildi. Haqiqatan, ajoyib oqshom. Ayniqsa, Leo­ning sahnada meni alohida maqtagani hayajonga soldi. Tushuning, bu shunchaki, quruq so‘zlar emas. Qisqasi, hayotimdagi unutilmas lahzalar...

- Demak, eng yaxshi futbolchilardan biri Mbappe sizning tarjimoningiz bo‘ldi...

— Ha, shunday (kuladi). Lekin ayrim so‘zlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushundim: futbol tili universal.

- Pini Zaxavi yaqin yillarda baribir, «Oltin to‘p» yutishingizni aytmoqda.

- Bu juda ko‘p mayda jihatlarga bog‘liq. Hammasi bir-biriga mos kelishi kerak. O‘zim faqat zimmamdagi ishni sifatli bajarishda davom etib, yaxshi natijalar ko‘rsatishga kafolat bera olaman, xolos.

- Gerd Myullerning 365ta goldan iborat rekordini ham yangilashingiz mumkinmi?

- Bunday buyuk shaxs va futbolchi bilan bir qatorda tilga olinishning o‘zi katta yutuqdir. Ammo shunday rekordlar borki, ularni yangilash imkoni yo‘q. Demoqchimanki, Gerd Myuller natijalari har doim menikidan yuqorida turadi.

- O‘zi rekordlar sizni nechog‘li harakatlantiradi?

- Yo‘q, maydonga qaysidir rekordni yangilash uchun tushmayman. Qolaversa, statistikaga alohida qaramayman ham. Eng yoqimli tuyg‘u - gol urish va rekord o‘rnatganingizni tasodifan eshitish. Rekordlar uchun eng yaxshi resept - bu haqda o‘ylamaslik.

- O‘yinda gol urmaganingizda, turmush o‘rtog‘ingiz Anna qanday munosabatda bo‘lishi kerak?

- Men uchun eng yaxshi yechim - muloqot! Anna qachon gaplashish va qachon sukut  saqlash kerakligini yaxshi biladi.

- Shuning uchun «quruq» o‘yin­larni osongina o‘tkazib yuborar ekansiz-da...

- Samarali uzatmalar ham kishini quvnatadi, jamoadoshlarimni yakuniy zarba yo‘liga olib chiqishni yoqtiraman. Hattoki, kichik harakatlar, ochiq joyga yugurish ham yakunda muhim bo‘lishi mumkin. Muxlislar ham bu harakatlarni qadr­lashsa, bas.

- Faoliyatingiz davomida deyarli barcha sovrinlarni yutdingiz. Xo‘sh, sizni yana nima olg‘a undaydi?

- Polsha termasi bilan jahon chempionatida zafar quchish juda qiyin. Bu masalaga real ko‘z bilan qarash kerak. Faoliyatimdan mamnunman, ammo 100 foiz qoniqmadim. Masalan, CHLda yana g‘olib chiqishni xohlardim. Eng yuqori saviyada o‘ynar ekansiz, yutuqlaringiz tasodifiy emasligini tasdiqlashingiz shart.

- Sizningcha, barcha davrlarning eng kuchli 3 nafar hujumchisi kimlar?

- Yaxshi savol. Yana Messi va Ronalduni aytib, baqirish kerakmi? Lekin ular klassik markaziy hujumchi emaslar. Karim Benzema ko‘p yillardan buyon markazda o‘ta  ishonchli. Yana Aguero, Keyn... Bundan tashqari, Tyerri Anri bor, braziliyalik Ronaldo bor, Gerd Myuller haqida gapirdik. Umid qilamanki, bu borada meni ham tilga olish mumkin.

- Messi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisimi?

- Professional futbolga kirganimdan buyon Messi va Ronaldu 1-o‘rinda. Ulardan qay biri yaxshiroq? Javob kimga qaysi turdagi o‘yinchi yoqishiga bog‘liq.

- O‘z javobingiz...

- Krishtianu Ronaldu mehnatini qadrlayman. Messi esa hammasiga osongina erishayotgandek tuyuladi. O‘ylaymanki, Krishtianuning muvaffaqiyat yo‘lida juda ko‘p ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan.

- 2021 yilgi eng yaxshi golingiz...

- Kiyevda «Dinamo» darvozasiga chalqancha zarba bilan urilgani, menimcha. Bu gol xotiramga muhrlandi. Darvoqe, uni butsamning bog‘ichi yechilgan holda urgandim (kuladi).

- Kelajakda yana aynan qaysi o‘yinlarda gol urishni xohlaysiz?

- CHL finalida, yana Polsha termasining JCH saralashi «pley-off» bosqichidagi hal qiluvchi o‘yinida. Bu - orzu.

- «Bavariya» CHL 1/8 finalida «RB Zalsburg» bilan to‘qnashadi. Jamoangiz turnirning asosiy favoritimi?

- Favoritlar ko‘p - «Liverpul», «Manchester Siti», «PSJ», «Real», «Chelsi» va «Bavariya», albatta. To‘g‘ri, 1/8 final o‘yinlari fevral oxirida - ungacha ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Ayni holatda esa shu 6ta jamoa chempionlik uchun yaqqol da’vogar, menimcha.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:36, 29.12.2021. O'qildi: 1606 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.