Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Azimov: «Maqsadim-«Turon»dagi faoliyatim davomida o‘zbek futboli rivojiga o‘z hissamni qo‘shish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Barchangizga ma’lum, avvalroq tojikistonlik mutaxassis Aleksandr Azimov klubimiz vise-prezidenti lavozimida ish boshlagani haqida xabar bergandik. Ayni damda xizmat safari yuzasidan Germaniyada bo‘lib turgan mutaxassis kuni kecha barcha futbol muxlislarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali yangi yil bayrami bilan qutladi. Fursatdan foydalanib tojikistonlik mutaxassis bilan klubimizdagi faoliyati va oldindagi rejalar xususida intervyu tashkil etdik.

— Aleksandr Uzakovich, avvalo yangi yil bayrami muborak bo‘lsin! Aytingchi, «Turon»da ish boshlashingiz jarayoni qanday yuz berdi?

— Tabrik uchun rahmat! Fursatdan foydalanib barcha o‘zbekistonlik futbol muxlislarini yangi yil bayrami bilan tabriklayman. «Turon»da ish boshlashim jarayoni o‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida yuz berdi. Klub rahbariyati  menga qo‘ng‘iroq qilishdi va jamoada ishlashga taklifini berishdi. Shundan so‘ng kelishuvga ko‘ra O‘zbekistonga keldim va rahbariyat bilan uchrashuv o‘tkazdik. Ushbu uchrashuv davomida klub infratuzilmasi, stadion va yaqinda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan baza (qarorgoh)ni ko‘zdan kechirdim. Bundan tashqari meni klubning oldindagi istiqbolli rejalari va maqsadlari bilan tanishtirishdi. Albatta, klub tizimida futbol uchun yaratilgan sharoit va istiqbolli rejalari mening e’tiborimni tortdi, ya’ni qiziqtirib qo‘ydi.

Bilasizmi, men bunga qadar Germaniyada faoliyat olib boradigan firmada boshqaruvchi-direktor sifatida ishlab kelayotgandim. Lekin «Turon» klubi rahbariyatining ishonchi va  rejalari meni ushbu lavozimdan voz kechgan xolda O‘zbekistonda faoliyatimni boshlashimga sabab bo‘ldi. Maqsadim — «Turon»dagi faoliyatim davomida o‘zbek futboli rivojiga o‘z hissamni qo‘shish.

— «Turon» bilan qancha muddatga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdingiz?

— Ochig‘i, bu haqida qiziqib ko‘rganim yo‘q. Men uchun to‘g‘ri ishlash, natija va futbolning rivoji muhim hisoblanadi. Qancha muddat ishlasam ham jamoaning o‘sishiga, yutuq va g‘alabalariga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qilganman.

— Siz futbol olamida o‘ziga yarasha nom qozongan tajribali mutaxassislardan hisoblanasiz. «Turon»dagi faoliyatingiz davomida jamoaga qanday yangicha uslublarni olib kirmoqchisiz?

— Futbol qoidalari hamma joyda bir xil. Faqat ushbu sport turiga to‘g‘ri yondashuv lozim. Futbol halollikni talab etadi, uni aldab bo‘lmaydi. Siz 90 daqiqa futbol o‘ynab g‘alaba qozonmoqchimisiz, chempionat yakunida g‘olib bo‘lmoqchimisiz, demak bunga ruhan va jismonan tayyor bo‘lishingiz kerak. Bu esa o‘ziga yarasha mehnat va iroda talab etadi.

Biz birinchi navbatda klubdagi tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Rahbariyat yetarlicha sharoit yaratib berayaptimi, demak natija ham shunga mos bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlarni Yevropa klublari uslubida tashkil etishni, klubdagi har bir futbolchining harakatlarini nazoratga olishni rejalashtirmoqdamiz. Ma’lumot o‘rnida aytishim mumkin, tez orada «Turon»da asli Latviya davlatidan bo‘lgan, hozirgi kunda Germaniyada faoliyat olib borayotgan mutaxassis Vadim Barnich ish boshlashga yaqin turibdi. Barnichni futbol jamoatchiligi «Fortuna Dyusseldorf» klubidagi faoliyati orqali ham tanishadi. Hozirda «Turon»da o‘zbekistonlik iste’dodli mutaxassis Anvar Berdiyev ishlamoqda. Biz aynan Berdiyev va Barnichning o‘zaro uyg‘un xolda faoliyat olib borishlarini ta’minlamoqchimiz. Yuqorida aytib o‘tganimdek, bunda jamoadagi har bir futbolchining jismoniy xolati, mashg‘ulotlarda ishlashi, diyetaga rioya etishi xolatlari qat’iy nazoratga olinadi. Futbolchi o‘z hohishiga qarab ko‘chada sho‘rva yoki manti kabi taomlarni iste’mol qilmaydi. Ularning belgilangan taomlanish resepti bo‘yicha ovqatlanishlarini tashkil etamiz. Mashg‘ulot va undan keyingi jarayonlar rejaga amal qilishlari yo‘lga qo‘yilsa, albatta maydonda o‘z samarasini ko‘rsatadi. Shu sababdan ham biz Germaniyada ishlab kelayotgan tajribali mutaxassisni klub tizimiga jalb etmoqdamiz.

— Siz futbolchilik faoliyatingiz davomida Toshkentning «Paxtakor» klubiga qarshi o‘ynagansiz. Aytingchi, o‘zbek futboli o‘sha vaqtdagidan buyon qanchalik o‘zgargan?

— Ha, bu to‘g‘ri. Dushanbening «Pamir» jamoasi safida «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaganman. O‘sha vaqtlarda jamoada to‘purar bo‘lgandim, hozirga qadar hujumkor futbolni qo‘llab-quvvatlayman.

Bilasizmi, menda futboldagi tajribam ayni vaqtga kelib 33 yilga yetdi. Tojikiston, Avstriya, Germaniya davlatlari futbolida fvoliyat olib bordim. Endilikda o‘zbek futbolida, ya’ni «Turon»da ish boshlashim faoliyatimdagi yangi sahifa bo‘ladi. Anchadan buyon O‘zbekiston chempionatlarini kuzatmaganim bois, hozir va o‘sha vaqtdagi farqni aniq tasvirlab bera olmayman. Lekin shuni aytishim mumkin, O‘zbekistonda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p. Shuningdek, bu yerda futbolni juda ham yaxshi ko‘rishadi, sevishadi va qadrlashadi.

— Aleksandr Uzakovich, mazmunli suhbat va ma’lumotlar uchun sizga rahmat. Klubimizdagi faoliyatingizda omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Bekzod Tolibov suhbatlashdi

Manba: Турон клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:54, 02.01.2022. O'qildi: 1621 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик