Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«MYU»dagi o‘zgarishlar: o‘zi Richard Arnold kim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Manchester Yunayted» klubi Ser Aleks Fergyuson davridan buyon o‘zini o‘nglab olishga qiynalmoqda. Kichikroq davriy inqiroz sifatida bo‘y ko‘rsatgan regressiyalar bu mavsumga kelib haqiqiy muammoga aylanayozdi. Mavsum avvalida chempionlik uchun asosiy da’vogar sifatida qaralgan jamoa Yangi Yilga kelib, kuchli to‘rtlikka kirishi so‘roq ostida qolmoqda. Albatta, bu inqirozlar boshqaruv bilan bevosita bog‘liq. Shu sababdan klubda uzoq yillardan buyon ishlab kelayotgan klub boshqaruvchisi Ed Vudvord o‘z lavozimidan chetlatiladigan bo‘ldi. Uning o‘rnini esa yordamchisi, tijoriy direktor Richard Arnold egallashi kutilmoqda. Xo‘sh, Richard Arnold o‘zi kim? Quyida ushbu savolga javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

Richard Arnold rasman 1 fevraldan boshlab Ed Vudvord o‘rnida ish boshlaydi. Vudvordning ketishi dastlab o‘tgan yilning aprel oyidan buyon, Superliga tuzilishi bilan bog‘liq mashmashalardan keyin aytila boshlagandi. Arnold esa uning o‘rniga eng munosib nomzod sanaladi. Aslini olganda Vudvordning direktorlik kursisiga kelishida uning aka-uka Gleyzerlar bilan o‘zaro yaqin aloqalari yotadi. Shu orqali u 2013 yilda klub boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Richard Arnold esa azaldan Vudvord bilan birga bo‘lgan. Unda, bugungacha «MYU» tizimida ishlash borasida 10 yildan ortiq tajriba mavjud. Arnold 2007 yilda tijoriy guruh menejeri sifatida klub tizimiga kirib keladi. 2013 yil, Vudvord Devid Gillni almashtirganidan beri esa, bo‘lim boshlig‘i sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Arnold Vudvordga klub tijoriy sohasida yaqindan yordam beradi. «MYU»ning 2000 yillar oxiri hamda 2010 yillar boshidagi tijoriy yuksalishida Arnoldning tutgan o‘rni juda ham katta edi. Umuman olganda, ushbu duet qariyb 15 yil davomida «qizil iblislar»ning dong‘ini dunyoga yoyishda faol ishtirokchi va bosh-qosh bo‘ldi.

Richard Arnold Ed Vudvordning sakkiz yillik hukmronligi davomida klub moliyasi hamda biznes operasiyalarining nazoratini amalga oshirib kelmoqda. Xususan, u o‘tgan yili «MYU»ning joriy titul homiysi bo‘lmish AQSHning «TeamWiever» texnologik korporasiyasi bilan qiymati 235 million funtga teng bo‘lgan bitim tuzishga erishgan edi. Arnoldning faoliyat tarixi Vudvordnikiga o‘xshashib ketadi. Ular 1990 yillar boshida Bristol universitetini tamomlashadi. Shundan keyin hozirda «MYU»ning korporativ rivojlanish hamda muzokaralar bo‘limi rahbari Mett Jadjdan bilim oladi. Har ikkisi 1993 yilda ta’lim dargohini bitirgach, «PwC» kompaniyasida ishlay boshlaydi. Arnold ushbu korxonani 1999 yilda tark etadi va to 2007 yilgacha, «MYU»ga borguniga qadar texnologiya va telekommunikasiyalar sohasida faoliyat yuritadi.

«Manchester Yunayted» Richard Arnold boshqaruvi ostida Londonda, Nyu-York hamda Gong-Kong shaharlarida o‘z vakolatxonalarini ochdi. Klub bu davrda o‘z tijoriy doirasini kengaytira bordi. Arnoldning qo‘lga kiritgan eng katta yutuqlari «MYU»ni «Adidas» hamda «Chevrolet» global brendlari bilan bog‘lay olgani edi. Bugungi kunda aynan mana shu shaxs klubning har qanday moliyaviy harakatlariga javobgar sanaladi. Arnoldning o‘zi esa biznes sohasida harakat qilishni davom ettirmoqda. Bu undan sport-menejmentini yanada samarali yo‘nalishga aylantirishni talab qiladi.
«MYU» muxlislari o‘z jamoasini maydonda yana katta qudratga ega bo‘lishi, raqobatdosh klubga aylanishi uchun maydon tashqarisida yangi davr hamda yangi yetakchi kelishiga umid bog‘lashgan. Biz ham ularga tilakdoshmiz. Chunki muxlislar maydondagi teng raqobatdan faqat yutadi.

 

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: futaa.com
Kiritildi: 21:15, 08.01.2022. O'qildi: 3961 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик