Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 13 8 9 30
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 9 5 20
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Avstriya 5 8 3 16
6 Fransiya 5 7 4 16
7 Shvesiya 5 5 2 12
8 Shveysariya 5 2 3 10
9 Germaniya 4 7 6 17
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faqat foyda ko‘rgan “asalarilar” yoxud “Borussiya” Dortmund klubi amalga oshirgan eng qimmat sotuvlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda “Borussiya D” va klubning norvegiyalik futbolchisi Erling Xoland o‘rtasida nizo chiqqanligi haqida xabar tarqaldi. Nemis klubi futbolchiga tezroq qaror qabul qilishi uchun bosim o‘tkazganligi aytilmoqda. Shu sabab Erling qishdayoq klubini o‘zgartirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Agar, “asalarilar” Erlingni sotishga qaror qilsa, unda xaridor klub shartnomada ko‘rsatilgandek 75 million yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi va bu klub tarixidagi eng qimmat 3 sotuvlardan biriga aylanadi. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri “Borussiya D” tarixidagi eng qimmat 10 trasnfer haqida ma’lumot berishga qaror qildi.

 

10. Pako Alkaser ⇒“Vilyarreal”, 23 mln yevro

Reytingimizning birinchi o‘rnidan Pako Alkaser joy oldi. Ispaniyalik futbolchi 2019 yilgi mavsumda 23 million yevro evaziga “Borussiya” klubidan “Vilyarreal”ga ko‘chib o‘tgandi.

28 yoshli futbolchi “sariq suvosti kemasi” bilan 2025 yilning iyun oyiga qadar shartnoma imzoladi.

Futbolchining vataniga qaytishi omadli bo‘lgan deyish mumkin. Chunki, Alkaser shu kungacha “Vilyarreal” safida 65 o‘yinda maydonga tushib, 10 gol va 11 golli uzatma muallifiga aylangan. Ushbu mavsumda esa 11 uchrashuvda qatnashib, 1 golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

 

9. Ilkay Gyundogan ⇒“Manchester Siti”, 27 mln yevro

Dortmundning “Borussiya” klubi tarixidagi eng qimmat sotuvlar reytingi 9 o‘rnida Ilkay Gyundoganning “Manchester Siti”ga o‘tgani qayd etilgan. 2016 yilda “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola Gyundoganga shaxsan qiziqqan edi, shu bois tomonlar tezda kelishuvga erishib, 27 million yevro evaziga muammon hal qilishdi. Gyundogan “Borussiya D” tarkibida 157 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urgan va 20 ta golga assistentlik qilgan. 2011 yilda “asalarilar” yarimhimoyachini “Nyurnberg”dan 5,5 million yevroga sotib olgan, sof foyda esa 21,5 million yevroni tashkil qilgan.

 

8. Abdu Diallo ⇒ PSJ, 32 mln yevro

2019 yilda PSJ “Borussiya Dortmund” himoyachisi Abdu Diallo xarid qildi.  Parijliklar 25 yoshli o‘yinchi bilan 2024 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Parij klubi futbolchining transferi uchun 32 million yevro to‘lagan. 

Diallo 2018 yilda “Mayns” klubidan dortmundliklar safiga 28 million yevro evaziga o‘tgandi. Oradan bir yil o‘tib “asalarilar” uni 32 million yevroga pullashdi. Umuman olganda, ushbu sotuv ham “Borussiya” uchun ancha foydali bo‘lggan

 

7. Mats Hummels ⇒ “Bavariya”, 35 mln yevro

Germaniyaning yangi ming yillikdagi eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri Mats Xummels Myunxenning “Bavariya” tarbiyalanuvchisi, ammo u Dortmundning “Borussiya” jamoasi tarkibida nom qozongan. 2009 yilda “asaoarilar” Xummelsni 4,20 million yevroga sotib olgan bo‘lsa, 7 yildan so‘ng yana Myunxenga 35 million yevroga sotishdi. Mats Xummels “Borussiya Dortmund” tarkibida 300 dan ortiq o‘yin o‘tkazib, 25 gol urgan va 16 golga assistentlik qilgan.

 

6. Mario Gyotse ⇒ “Bavariya”, 37 mln yevro

Oltinchi o‘rin 2013 yilning yozida Mario Gyotsening “Bavariya”ga o‘tishi bilan bog‘liq. Dortmundliklar germaniyalikning transferidan 37 million yevro ishlab oldi, biroq muxlislar futbolchini asosiy raqib safiga o‘tganini kechira olmadi va undan nafratlanishdi. Oradan bir yil o‘tib, Gyotse jahon chempionati finalida g‘alaba to‘pini kiritib, butun Germaniya uchun “oltin bola”ga aylandi. Dortmundlik muxlislarning Gyotsega bo‘lgan bosimi pasaydi va 2016 yilda Mario kutilmaganda 22 million evaziga “Borussiya”ga qaytdi. Ammo, futbolchining ishlari “asalarilar” safida yurishmadi. Shu sabab 2020 yilda futbolchi erkin agent maqomida PSV safiga o‘tdi.

 

5. Genrix Mxitaryan ⇒ “Manchester Yunayted”, 42 mln yevro

Armanistonlik yarimhimoyachi Genrix Mxitaryan Dortmund jamoasi safida uch yil davomida to‘p tepdi. “Borussiya” yarimhimoyachini Doneskning “Shaxtyor” klubidan 27,5 million yevroga sotib olgan, “Manchester Yunayted”ga esa 42 millionga sotgan. Sof foyda 14,5 mln. Mxitaryanning Germaniyadagi faoliyati statistikasi: 140 ta o‘yin, 41 ta gol, 49 ta golli uzatma.Hozirda arman futbolchisi “Roma” safida to‘p tepmoqda.

 

4. Pyer-Emerik Obameyang ⇒“Arsenal”, 63 mln yevro

Dortmundning “Borussiya” klubi 2018 yilgi qishki transfer oynasining so‘nggi kunida Pyer-Emerik Obameyangni “Arsenal”ga sotib yubordi. Transfer summasi “kanonirlar” uchun rekord 63,75 million yevroni tashkil qildi. Eslatib o‘tamiz, Obameyang 2013 yilning yozida 13 million yevro evaziga “Borussiya D” safiga o‘tgan edi. Besh yil davomida gabonliklar 213 ta o‘yinda 141 ta gol urdi va “Borussiya”ning tarixdagi eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 5-o‘rindan joy oldi.

 

3. Kristian Pulishich ⇒“Chelsi”, 64 mln yevro

Kristian Pulishichning transferi Dortmundning “Borussiya”si tarixidagi eng qimmat sotuvlar reytingida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Chelsi” Pulishich bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va amerikalik “aristokratlar” safiga 2019 yilning yozida ko‘chib o‘tdi. Amerikalik futbolchining “asalarilar”dagi statistikasi quyidagicha: 115 ta o‘yin, 15 ta gol, 24 ta golli uzatma.

 

2. Jeydon Sancho ⇒ “Manchester Yunayted”, 85 mln yevro

Ikkinchi o‘rindan Angliya terma jamoasi futbolchisi Jeydon Sancho joy oldi. “Borussiya”  Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga  naqd 85 million yevroni transfer qildi. Umuman olganda, futbolchining APLdagi ishlari yurishmagan va 2017 yilda salkam 8 million yevro evaziga nemis klubi safiga ko‘chib o‘tgan. Sanchoning “asalarilar” safidagi statistikasi quyidagicha: 137 o‘yin, 50 gol va 64 ta asist.

 

1. Usmon Dembele ⇒ “Barcelona”, 115 mln yevro

Dortmundning “Borussiya” klubi 2017 yilning yozida rekord darajadagi sotuvni amalga oshirdi. “Asalarilar” fransiyalik vinger Usmon Dembeleni “Barselona”ga 115 million yevroga sotish yuborgan. Dortmundda Dembele bir yarim mavsum o‘tkazdi: 50 o‘yin, 10 gol, 22 golli uzatma. “Borussiya” Dembeleni “Renn”dan 15 million yevroga sotib olganini inobatga olsak, sof foyda 100 millionni tashkil qildi. Ajoyib!

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:34, 16.01.2022. O'qildi: 3946 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.