Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Made in La Masia. «Barselona» asosiy jamoada debyut qilgan har bir tarbiyalanuvchisini raqamlab chiqdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Barselona» asosiy jamoada debyutini o‘tkazgan akademiya tarbiyalanuvchilarini tarixda qoldirishning antiqa usulini qo‘lladi.

Xavi «La Masiya» futbolchilariga ko‘proq imkoniyat bermoqda. Joriy mavsum Kataloniya jamoasi muxlislari Gavi va Niko Gonsales bilan tanishdi. Ansu Fati ancha oldin porlagandi (jarohatidan qutulib, «Real»ga qarshi o‘yinda gol ham urdi), himoyachilar Ronald Arauxo (Pikening almashtirib bo‘lmas sherigiga aylandi) va Erik Garsiya (hozircha jarohatdan tiklanmoqda) ham o‘zini ko‘rsatmoqda.

Tarkibda «La Masiya»dan ko‘p futbolchilar borligini hisobga olsa (tajribalilardan Pike, Buskets va Alba qoldi), «Barselona» asosiy tarkibda debyutini o‘tkazgan tarbiyalanuvchilarini qayd etishning o‘ziga xos usulini topdi. Har bir debyutantga tartib raqam bilan futbolkalar berib boriladi. 1979/80 yilgi mavsumdan buyon (o‘sha mavsumda «La Masiya» tashkil topgan) asosiy jamoada 192 nafar futbolchi maydonga tushgan.

Kataloniya Kubogidan tashqari istalgan o‘yinda maydonga tushish debyut hisoblangan (ushbu musobaqada «Barselona» doim ham ishtirok etmagan). Agar bir o‘yinda ikki futbolchi debyut o‘tkazsa, ularning maydonga tushgan vaqti inobatga olinadi. Agar bir vaqtda maydonga tushgan bo‘lsa, familiyalarining bosh harfiga qaralgan.

Ro‘yxatdagi birinchi futbolchi Xoan Xosep Estelasso (asosiy jamoada 100 ta o‘yin), Messi 93-o‘rinda

Ro‘yxat boshida Xoan Xosep Estelasso turibdi. Futbolchi 1979 yildan 1983 yilga qadar «Barselona» tarkibida 100 ta rasmiy o‘yinda ishtirok etgan. Jamoaning mashhur tarbiyalanuvchilari: Lionel Messi (93-o‘rin), Xavi (70), Andres Inyesta (85), Pep Gvardiola (44), Karles Puyol (75), Xerard Pike (119), Viktor Valdes (83), Serxio Buskets (120), Xordi Alba (143).



Oxirgi vaqtlarda ushbu ro‘yxatga Ansu Fati (178), Ronald Arauxo (179), Oskar Mingesa (181), Niko Gonsales (185) va Gavi (186) qo‘shildi. «Malyorka»ga qarshi o‘yinda debyutini nishonlagan Estanis Pedrola esa hozircha eng so‘nggi, 192-raqamli futbolkaga ega chiqdi.

Raqamlar orqali «Barselona» brend mashhurligini oshirmoqchi. Ammo bitta muammo bor: avvalgi tarbiyalanuvchilar haqida ma’lumot yetishmasligi

Keyingi debyutantlarni raqamlangan futbolkalarni topshirish marosimi kutib turibdi. Ro‘yxatda borlarga esa shartnomasi uzaytirilayotganda shunday futbolkalar taqdim etiladi. Shu tariqa «Barselona» Made in La Masia («‘La Masiya’da ishlab chiqarilgan») shiorini rivojlantirmoqda: klub bu bilan qiymat va brend mashhurligi oshishiga umid qilmoqda.

«Barselona» ushbu ro‘yxatni yakuniy deb hisoblamaslikni, unda 1979/80 yilgi mavsumdan oldin o‘ynagan tarbiyalanuvchilar ismi yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi: shunchaki kataloniyaliklarda XX asr o‘rtalarida asosiy jamoada o‘ynagan futbolchilar haqida ma’lumot ko‘p emas.

Lekin ilk tarbiyalanuvchi-debyutantni tanishtirib o‘tdi: u jamoada 100 yildan ham oldin o‘ynagan Paulino Alkantara. 1910 yildan 1970 yilga qadar asosiy jamoaga akademiyadan 70 nafar futbolchi jalb etilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:15, 18.01.2022. O'qildi: 3318 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик