Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • 0:0
      • Liverpul
  • «A» Seriya
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • 2:2
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • 1:1
      • Jenoa
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • -:-
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • -:-
      • Sassuolo
  • AFC U-23
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • 2:1
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • 0:0
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • 1:2
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • -:-
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • -:-
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • -:-
      • Qatar
  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • -:-
      • Osasuna
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 21 49
2 Manchester Siti 21 43
3 Aston Villa 21 43
4 Liverpul 21 35
5 Brentford 21 33
6 Nyukasl 21 32
7 Man. Yunayted 21 32
8 Chelsi 21 31
9 Fulhem 21 31
10 Sanderlend 21 30
11 Brayton 21 29
12 Everton 21 29
13 Kristal Pelas 21 28
14 Tottenhem 21 27
15 Bornmut 21 26
16 Lids 21 22
17 Nottingem Forest 21 21
18 Vest Xem 21 14
19 Byornli 21 13
20 Vulverhempton 21 7

O'tgan o'yinlar.

21-тур Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
21-тур Bornmut 3-2 Tottenhem
21-тур Brentford 3-0 Sanderlend
21-тур Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
21-тур Everton 1-1 Vulverhempton
21-тур Fulhem 2-1 Chelsi
21-тур Manchester Siti 1-1 Brayton
21-тур Byornli 2-2 Man. Yunayted
21-тур Nyukasl 4-3 Lids
21-тур Arsenal 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

17/01/26 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01/26 Tottenhem - Vest Xem
17/01/26 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01/26 Liverpul - Byornli
17/01/26 Lids - Fulhem
17/01/26 Chelsi - Brentford
17/01/26 Nottingem Forest - Arsenal
18/01/26 Vulverhempton - Nyukasl
18/01/26 Aston Villa - Everton
20/01/26 Brayton - Bornmut

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Ayaks" Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biri bo‘la oladimi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Lukas Moura 2018/2019-yilgi mavsumdagi “Ayaks”ni Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinining 96-daqiqasida finaldan mosuvo qilganiga deyarli 3 yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida Erik ten Xag ko‘plab jamoalarga murabbiy bo‘ladi degan xabarlar tarqaldi. "Bavariya"ni ten Xag boshqaradi, Xag "Manchester Yunayted"ga o‘z strategiyasini taqdim etdi", "Barselona" tenXag bilan muzokaralar olib bormoqda" - bu kabi sarlavhalar muntazam ravishda yangiliklarda paydo bo‘lib turdi. Biroq murabbiy Gollandiyada qoldi va “Ayaks”ning yangi versiyasini qurdi. Bu allaqachon Chempionlar ligasining guruh bosqichida hammani parchalab tashlagan va hozirda Erediviziyada qirol bo‘lgan.

 "Ayaks" transfer siyosatini o‘zgartirdi

2018/2019 yilgi mavsum qahramonlarining ko‘pchiligi "Ayaks"ni tark etishdi - kimdir darhol, kimdir birozdan keyin. Matteys de Ligt, Frenki de Yong, Hakim Ziyesh, Kasper Dolberg va Donni van de Bekning sotuvi klubga 270,5 million yevro keltirdi. Bundan tashqari, bir necha hafta oldin “Shaxtyor” David Neresni 12 million yevroga sotib oldi. Keksa Lasse Shyone klubni tark etdi. Shuningdek, Yoel Veltman “Brayton”ga yo‘l oldi. Qariya Xuntelaar ham endi jamoada emas.

 Mashhur "eskilar"dan Deyli Blind, Nikolas Talyafiko, Dushan Tadich, Nussair Mazraui va Andre Onana o‘z o‘rnida qolishdi (shuningdek, yaqin vaqtgacha Neres ham bor edi). Onana joriy mavsum chempionatda o‘ynamagan bo‘lsa-da, o‘tgan yilning fevral oyida furosemid iste’mol qilgani uchun 9 oyga diskvalifikasiya qilingandi.

  2019/2020 yilgi mavsumda “Ayaks” guruh bosqichining so‘nggi turida “Valensiya”ga (0:1) mag‘lub bo‘lib, Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan qolib ketgandi. Keyin esa Yevropa ligasining 1/16 finalida “Xetafe”ga mag‘lub bo‘ldi. Bir mavsum o‘tib, "Ayaks" YELning chorak finaliga chiqdi va Erediviziya chempioni bo‘ldi, yuzdan ortiq gol urdi va 34 o‘yindan faqat ikkitasida mag‘lubiyatga uchradi.

 So‘nggi yillarda "Ayaks" transfer strategiyasiga yondashuvini jiddiy o‘zgartirdi. Ilgari klub kelajakda eksport qilishda faqat iqtidorli yoshlarga tayanardi. Ammo endi u qo‘shimcha ravishda yetuk futbolchilarni maqsadli xaridlarni amalga oshiradi. "Ayaks" tarixidagi eng qimmat 15 ta bitimdan 13 tasi so‘nggi besh yil ichida amalga oshirilgan.

 Eng so‘nggi misol Sebastyan Allerning "Vest Xem"dan 22,5 million yevroga transfer qilingan. "Ayntraxt"dagi kuchli o‘yindan so‘ng hujumchi ikki yil davomida Angliyada o‘z o‘yinini topa olmadi, ammo "Ayaks"ga o‘tganidan keyin yana uyg‘ondi. U 58 uchrashuvda “gol+pas” tizimida 35+13 ko‘rsatkich qayd etmoqda. Hozir esa 10 ta gol bilan u Chempionlar ligasining ushbu mavsumi to‘purarlari ro‘yxatida Robert Levandovskidan oldinda.

 “Ayaks” ishlab topgan pullarini faqat tajribali futbolchilarga sarflamaydi. Masalan, ikki yil avval klub 20 yoshli braziliyalik Antoni uchun 15,75 million yevro to‘lagan. Hozirda Transfermarkt vingerni 35 mln yevroga baholamoqda. Antoni asosiy tarkibda muntazam o‘ynaydi, Braziliya terma jamoasiga chaqiriladi.

 Klub akademiyasi doimiy ravishda yangi kadrlar bilan ta’minlaydi - bundan tashqari, ten Xag doimiy ravishda yosh futbolchilarga ishonch bildiradi. Misol uchun, Serjinyo Dest to‘liq atigi bir mavsum o‘ynadi va “Barselona”ga yo‘l oldi. Ammo shunday sharoitda ham «Ayaks» menejerlari nafaqat ichki chempionatda raqobatbardosh bo‘lib qoladigan jamoa tuzmoqda. Balki ularning kuchi Yevropaning grand jamoalariga qarshilik qilishga ham yetmoqda.

 

 Bu mavsum klub tarixida yana bir yutuq bo‘lishi mumkin. Chempionlar ligasi guruhida "Ayaks" "Borussiya", "Sporting" va "Beshiktosh" bilan o‘yinlarda oltita g‘alabaga erishdi va Erediviziyada so‘nggi tur natijalariga ko‘ra, u PSVni mag‘lub etib (2:1) birinchi o‘ringa chiqdi. Statistik ma’lumotlar hayratlanarli: 20 ta o‘yinda “Ayaks” 61 ta gol urgan va atigi 5 ta gol o‘tkazib yuborgan.

 "Hamma hujum qiladi, hamma himoya qiladi"

Ten Xagning o‘yin uslubi 3 dahoning taktikasi qo‘shilishidan hosil bo‘lgpg: Rinus Mihels, Yoxan Kroyff va Lui van Gal. Bu odamlar Gollandiya futboliga asosiy ta’sir o‘tkazgan shaxslar va "Ayaks"ni nafaqat yorqin, taniqli uslubga ega jamoaga aylantirgan, balki butun klub falsafasini yaratgan. Bu uslub ko‘p yillar davomida yashab kelmoqda. Har qanday gollandiyalik murabbiy singari, ten Xag ham o‘zidan oldingi mutaxassislar uslubi asoslariga e’tibor qaratgan. Ammo shu bilan birga, “Ayaks” zamonaviy futboldagi asosiy taktik tendensiyalarga amal qilgan holda o‘yin ko‘rsatadi.

 "Pep Gvardiola nemis futbolini o‘zgartirdi. Men uning "Bavariya"dagi deyarli barcha mashg‘ulotlarini kuzatdim. Pepning usullari borasida esa ko‘p narsalarni o‘rgandim – u maydonda, o‘tish epizodlarida, hujumkor tuzilmada o‘z falsafasini qanday gavdalantirishi, qanday mashqlardan foydalanishini, ba’zan guruhlarda, goh butun jamoa bilan, gohida bitta o‘yinchi bilan, Gvardioladan ko‘p narsa o‘rgandim", - deb eslaydi ten Xag "Bavariya 2"dagi davrini.

   Hozirgi "Ayaks"da Gvardiolaning imzosini tanib olish oson. Blind, Talyafiko va Mazraui ko‘pincha qanotlar orqali hujumlarni qo‘llab-quvvatlab, yolg‘on himoyachi rolini o‘ynaydi. Xuddi “Manchester Siti”dagi Kanselu, Uoker va Zinchenko kabi. Chiziqlar orasidagi bo‘shliqni qidirish, himoyachilarning hujumkorligi, yarim himoyachilarning serqirraligi, hujumdagi zonaning haddan tashqari yuklanishi, yuqori pressing - bularning barchasini uch yil oldin "Ayaks" o‘yinida ko‘rgansiz. Bularning barchasi hali ham mavjud.

  Gollandiyada "Ayaks" doimo yaxshi natija qayd etadi, ammo Erediviziyada o‘yin darajasini ortiqcha baholamaslik kerak. Hozirda ichki chempionatda "Ayaks" uchun  haqiqiy raqib PSV, “Feynord” va AZ hisoblanadi.

Shuningdek, “Ayaks” yuqori pressing samaradorligi, birovning jarima maydonchasiga uzatmalari va raqib darvozasidan 40 metr radiusda to‘pni nazorat qilish, shuningdek, to‘pga o‘rtacha egalik qilish bo‘yicha Chempionlar ligasi jamoalari orasida birinchi o‘rinda turibdi. Raqibning yarim maydonida to‘pga egalik qilishning ahamiyati ten Xag falsafasida alohida o‘rin tutadi.

 “Biz to‘pga egalik qilish uchun futbol o‘ynaganmiz. Shunday vaziyatlar ham bo‘ldi: 0:2 hisobida yutqazamiz, lekin o‘yin vaqtining 55 foizida to‘pni nazorat qilamiz, qanday qilib? Endi men raqibning yarim maydonida to‘pga ega bo‘lishni xohlayman, shunda u doimo raqibga zarar yetkazadi va o‘yin vaziyatlarida maksimal miqdordagi o‘yinchilar ishtirok etishi muhimdir. Hamma hujum qiladi, hamma himoya qiladi. Bu asosiy tamoyil”.

  Ten Xagda ajoyib juftlik markaziy himoyachilar bor, Lisandro Martines va Yurryen Timber. Ularning asosiy ustunligi to‘p bilan muomalada bo‘lish, bu "Ayaks"ning 4-3-3 sxemasida pozision tuzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Talyafiko/Blind va Mazraui timsolidagi himoya qanotlari allaqachon ko‘pchilikka yaxshi ma’lum - bu yerda ham katta ijodiy hajm mavjud.

 Markaziy yarim himoyada ten Xag asosan Edson Alvares, Rayan Gravenberh, Devi Klassendan foydalanadi. Agar Alvares ko‘proq raqib hujumini buzishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, yana ikkitasi raqibning yarim maydonida "Ayaks"ning dinamikasini ta’minlaydi. Hujumning qanotlarida Tadich (assistentlik mashinasi) va Antoni faol hujum uyishtiradi. Siz allaqachon Alle haqida yuqorida o‘qigansiz - "Ayaks"da uning kuchli tomonlari oshkor bo‘ldi: qanotdan uzatmalarni raqib jarima maydonchasida qabul qilish va pozision hujumlarda yordam berish uchun ortga qaytishi uning yutug‘idir.

  Hozirgi “Ayaks”ning kuchini tushunish uchun yana bir muhim tafsilot - bu munosib zaxira o‘rindig‘i. Yosh Perr Shurs, Devin Rens, Muhammad Kudus, Mohammed Darami, Brayan Brobbi jamoaning bevosita zaxirasida. Bular har doim yangi sifat bosqichiga o‘tishga tayyor bo‘lgan va Gollandiya futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan futbolchilardir.

 Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Ayaks" "Benfika" bilan o‘ynaydi. Ushbu bahs oldidan “lolalar o‘lkasi” vakillarining imkoniyati so‘zsiz yuqori bag‘olanmoqda.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:00, 29.01.2022. O'qildi: 2446 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 20
2 Брентфорд Igor Tiago 16
3 Борнмут Antuan Semenyo 10
4 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 9
5 Ливерпуль Yugo Ekitike 8
6 Ньюкасл Bruno Gimaraes 8
7 Брайтон Denni Uelbek 8
8 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 8
9 Астон Вилла Olli Uotkins 7
10 Астон Вилла Morgan Rodjers 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.