Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 35
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 25
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolning «tug‘ilish» tarixi

Baho:
+-2 | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

To‘p bilan o‘ynaladigan o‘yinlar ko‘plab xalqlarning qadimgi madaniyatlarida bo‘lgan. Biroq hammamiz yaxshi ko‘radigan futbolning vatani qayer? Uni kim birinchi boshlagan? Bu savolga javob topish uchun uzoq o‘tmish va jahon tarixiga nazar tashlashimizga to‘g‘ri keladi.

Kalcho

Zamonaviy futbolga o‘xshash birinchi to‘p o‘yinlaridan biri italyan kalchosi edi. 14-asrdayoq ommalashgan ushbu sport turini yaqinroq tasavvur qilish uchun qoidalarni ko‘rib chiqsak: o‘yin 50 daqiqa davom etadi va uzunligi taxminan 80 metr, eni 40 metr bo‘lgan qumli maydonda o‘tkaziladi. Oq chiziq bilan maydon teng yarmiga ajratiladi. Panjara bilan o‘ralgan keng maydonning belgilangan hududlari esa darvozalar etib belgilanadi. Bellashuv davomida to‘pni tananing har qanday qismi bilan harakatlantirishga ruxsat beriladi, lekin ko‘pincha bu qo‘llar bilan amalga oshiriladi. To‘pni darvoza to‘riga aniq yo‘llash muhim. Bu amalga oshmasa, raqiblarga yarim ochko beriladi. Goldan keyin raqiblar darvozalarni o‘zgartiradilar. Har bir jamoada 27 nafardan futbolchi bo‘ladi, jarohatlangan yoki chetlatilgan futbolchilarning o‘rniga maydonga boshqa o‘yinchilar tushmaydi.

Har bir jamoa tarkibi 15 nafar hujumchi, 5 nafar yarim himoyachi, 3 nafar himoyachi va 4 nafar darvozabondan iborat bo‘ladi. Raqibga qaraganda ko‘proq gol urgan jamoa g‘alaba qozonadi. Mazkur bahs qo‘polliklar ko‘pligi bilan boshqa o‘yinlardan ajralib turadi. Boisi, barcha o‘yinchilar o‘zaro bir-birlari bilan urishib, raqib himoyasini bo‘shashtirishga harakat qilishadi. Bellashuv davomida ikki raqib futbolchisi o‘zaro yakkama-yakka urishishga tayyorligini bildirsa, bunga ruxsat berilgan. Biroq o‘yinni biroz yumshatadigan qoidalar ham yo‘q emasdi. Masalan, yiqilgan futbolchini urish qat’iyan man etilgandi. Bellashuvda qoidalarga amal qilinishini maydondagi 6 nafar va uning tashqarisidagi bosh hakam nazorat qilishgan.


O‘yinga Angliya Qo‘shildi

Qiziquvchan inglizlar 14-asr­dayoq o‘z vatanlariga to‘p o‘yi­nining yangi turini olib kelishdi. Qoidalar kalchonikidan deyarli farq qilmasdi, ya’ni o‘yin qoidalarga mos ravishda o‘tardi, deb bo‘lmasdi. Natijada uchrashuvlar davomida o‘yinchilar hattoki, o‘limgacha olib boradigan darajada og‘ir jarohatlar olishardi. Shunday bo‘lsada, inglizlarga o‘yin shu qadar yoqib qoldiki, monarxlar uni taqiqlashga majbur bo‘lishdi. Misol uchun, 1365 yilda Edvard III askarlar kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanish o‘rniga futbol o‘ynashgani uchun ushbu sport turini taqiqlashga majbur bo‘lgan. Ammo 17-asrda Angliyada nihoyat, mazkur sport turi uchun qoidalar yaratishga qaror qilishdi (ammo hali uni futbol deb atab bo‘lmasdi). Kiritilgan yangi qoidalarga ko‘ra, beldan pastga urish va oyoqdan chalib yiqitish taqiqlangan.


Ommaviy futbolning paydo bo‘lishi

Ommaviy futbol Angliyada 19-asr boshlarida paydo bo‘ldi. Jamoalar tarkibidan bir xil miqdordagi o‘yinchilar joy olishdi (har bir jamoada 11 nafardan 14 nafargacha va undan ko‘proq o‘yinchilar), ular 70-90 metr uzunlikdagi maydonda o‘ynashdi, darvozalar paydo bo‘ldi. Futbol kollej talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida o‘ynala boshlandi, lekin har bir kollej o‘z qoidalariga ega edi. Masalan, ayrim kollejlarda ushbu sport turini qo‘l bilan o‘ynashga ruxsat berilgan bo‘lsa, boshqalarida bu taqiqlangandi. Dastlabki futbol qoidalari to‘plami 1846 yilda Ragbi maktabida ishlab chiqilgan bo‘lsa, ikki yildan so‘ng, Kembrijda unga qo‘shimcha va tuzatishlar kiritildi. Ushbu qoidalarga ko‘ra, futbol o‘yini faqatgina oyoq bilan o‘ynaladigan bo‘ldi. Ke­yinchalik Kembrij qoidalari kichik o‘zgarishlar bilan Angliya futbol assosiasiyasi (AFA) qoidalari uchun asos qilib olindi.

1857 yilda dunyoda birinchi futbol klubi - «Sheffild» paydo bo‘ldi. Uning ortidan esa boshqa jamoalarga ham asos solindi. Shunday qilib, 1863 yilda 11ta ingliz klubi va maktab jamoalari vakillari Angliya futbol assosiasiyasini tuzdilar. AFA asta-sekin o‘yin qoidalarini shakllantirib bordi. 19-asrning oxirigacha futbolchilar maoshsiz o‘ynashgan va bu o‘sha davr uchun odatiy hol edi. Bundan tashqari, AFA futbolchilarga pul to‘lashni taqiqlab qo‘ygan, qoidabuzarlar musobaqadan, klub esa assosiasiyadan chetlashtirilardi. Ammo ushbu qat’iy taqiqlarga qaramay, ko‘plab klublar futbolchilariga pul berishda davom etishdi. Natijada, 1885 yilda AFA jamoalar bosimi ostida futbolchilarga maosh to‘lashga ruxsat berdi. Shu tariqa, millionlar o‘yini biz hozir ko‘nikkan futbolga imkon qadar o‘xshash bo‘ldi.


Futbolning butun dunyoga tarQalishi

Qit’alar o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishi tufayli futbol Angliyadan dunyoning barcha mamlakatlariga yetib bordi. Yevropa futboli rivojiga Avstriya terma jamoasiga jami 20 yil ustozlik qilgan avstriyalik Ugo Maysl katta hissa qo‘shdi. 1930 yillarda ushbu murabbiy qo‘l ostida Avstriya terma jamoasi Yevropaning kuchli termalari, ya’ni Belgiya (6:1), Fransiya (4:0), Germaniya (6:0) hamda Shveysariya (8:1) jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi. Umuman olganda, avstriyaliklar o‘sha payt 31ta o‘yinda 101ta gol urib, bor-yo‘g‘i 3 marta mag‘lubiyatga uchrashgandi.

Ugo Maysl 1927 yilda Yevropaning dastlabki yirik klub turnirlaridan biri - Mitropa kubogini yaratishni taklif qildi. Mazkur musobaqaning ilk o‘yinlari o‘sha yili bo‘lib o‘tgan, unda markaziy Yevropaning eng yaxshi klublari ishtirok etgandi. Futbolning shuhrati oshgani sayin, uni nazorat qiluvchi va tartibga soluvchi xalqaro tashkilotga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Natijada 1904 yilda FIFA (Xalqaro futbol federasiyasi)ga asos solindi. 1908 yilgi London Olimpiadasi FIFA shafe’ligidagi birinchi xalqaro rasmiy turnir sifatida tan olingan.

Futbol bo‘yicha ilk jahon chempionati esa 1930 yilda o‘tkazildi. Unda o‘sha paytda dunyoning eng kuchli jamoasi hisoblangan Urugvay termasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik millionlar o‘yini juda tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Futbol olamida Pele, Lev Yashin, Diyego Maradona kabi millionlab muxlislar kumiriga aylangan futbolchilar yetishib chiqishdi. Ko‘plab futbol klublari boshqalardan ajralib, grand jamoa nomini oldi. Yakunda esa futbol ayni paytdagi ommaviylikka erishdi, ya’ni minglab muxlislar, gavjum tribunalar, hissiyotlar...

Hozir zamonamizni ushbu o‘yinsiz tasavvur qilish qiyin. Ko‘pchilik uchun esa futbol sportdan ham ko‘ra, ko‘proq ahamiyat kasb etadi.

Ulug‘bek UMAROV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 04.02.2022. O'qildi: 25716 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.