Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 25.02.2026 01:00
      • Inter
      • 1:2
      • Bude-Glimt
      • 25.02.2026 01:00
      • Bayer
      • 0:0
      • Olimpiakos
      • 25.02.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 3:2
      • Qorabog‘
      • 25.02.2026 22:45
      • Atalanta
      • 4:1
      • Borussiya D
      • 26.02.2026 01:00
      • PSJ
      • 2:2
      • Monako
      • 26.02.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Benfika
      • 26.02.2026 01:00
      • Yuventus
      • 3:2
      • Galatasaroy
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

PFL qanday bo‘lishi kerak?

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bizda odatda PFL mazmuni, mohiyati va vazifalari haqida biroz boshqacha tushunchalar mavjud. Nafaqat futbol muxlisi, balki futbol ichida yurgan aksariyat funksionerlardan so‘rasangiz ham, PFL go‘yoki klublarning boshlig‘i, ularni nazorat qiladigan organ sifatida tasavvurini aytadi.

Tasavvur qiling, o‘zaro futbol o‘ynab musobaqalashmoqchi bo‘lgan bir nechta jamoa bor. Ammo o‘yinlarda xolislikni saqlash, barcha uchun teng bo‘lgan sharoit taqdim etish, hakamlar, taqvimlar masalasi doim qiyinchilik tug‘diradi, jamoalar o‘zaro bahslashib, tortishib ketadilar. Ana shunda ular uchinchi shaxsga murojaat qilib – “bizning o‘yinlarimizni tashkil qil, hakam belgila, reglament bo‘yicha musobaqa o‘tishini ta’minla, hamma uchun teng qoidalar ishlab chiq, g‘oliblarni mukofotla, aybdorlarni xolis jazola, evaziga biz senga pul to‘laymiz” degan taklif bilan chiqishadi. Mana shu uchinchi shaxs – Liga, ya’ni bizning holatimizda O‘zPFL hisoblanadi.

Deyarli hamma yoqda Ligalar mana shu tarzda paydo bo‘lgan. Uyog‘i o‘sha Ligalarning muvaffaqiyatli boshqaruviga ham ko‘p narsa bog‘liq – masalan, APL shu darajaga yetganki, o‘sha futbol o‘yinlarini sotib, homiylar bilan gaplashib, katta pul topadi va klublardan pul olish tugul, beradi ham. Lekin baribir, futbol klublarniki, Liga esa, ularning xizmatchisi hisoblanadi.

Bizning sharoitda, ya’ni barcha sohalarda judayam cho‘zilib ketayotgan o‘tish davrida PFLning mas’uliyati yanayam kattaroq. Nafaqat hamma qabul qilgan qoidalar asosida ishlashi yoki boshqa sohalar bilan hamohang tarzda faoliyat yuritishi kerak, balki undan qiyinroq, ba’zi yangi qoidalar olib kirishi, islohotlar amalga oshirishi va hatto ba’zi sohalarda revolyusion harakatlar amalga oshirishi kerakki, umuman boshqa sharoitga o‘rganib qolgan klublarni o‘z ortidan ergashtirsin, ushbu tashkilotdagi islohotlar butun futbolimizga ko‘chsin. Talab shu.

Bu borada tashkilot qay darajada quvvatda ishlayapti, bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkinmidi yoki yo‘q, aniq baholash doim qiyin, lekin PFL tomonidan amalga oshirgan bugungi ishni olqishlasak arziydi. Tashkilot o‘tgan yil uchun o‘z moliyaviy hisobotini jamoatchilikka taqdim qildi, jonli tarzda yuzaga kelgan har qanday savolga javob berishga harakat qildi, ya’ni shaffoflik sari dadil qadam tashladi. Hisobot shunday tayyorlanganki, erinmagan odam, oddiy futbol to‘pi nech puldan sotib olganligidan tortib, hakam yoki xodimlarning o‘rtacha maoshigacha hisoblab olish mumkin.

Yana bir asosiy nuqta – PFL nafaqat klublardan badal pullari evaziga yashash bilan kifoyalanmoqda, balki mustaqil ravishda o‘z homiylarini, translasiya bo‘yicha xaridorlarni qidirib topmoqda. E’tiborli jihati, 2021 yilgi PFL daromadlari tarkibida badal pullaridan ko‘ra, homiylardan tushgan pullar salmog‘i ko‘proq. Va bu homiylar ichida ma’muriy yo‘l bilan biriktirilgan davlat korxonalari emas, chet el kompaniyalarini ko‘rish ham ijobiy holat.

Xullas, futbolimiz rivoji uchun ancha foydali kun. Odatda ko‘p shov-shuv ko‘taradigan milliy terma jamoamiz g‘alabasi yoki qandaydir futbolchimizning Yevropa klubi transferidan ham ko‘proq umidli holat.

O‘ylaymanki, bunday ishlar davomli bo‘ladi. Axir bir tashkilotning qanday ishlayotganini bilish uchun uning qayerda turganiga emas, qaysi tomonga yurayotganiga qarash lozim bo‘ladi.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 18:50, 04.02.2022. O'qildi: 2080 marta. Fikrlar: 8 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.