Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • 7:1
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • 2:2
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • 1:0
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • 5:1
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
      • 16.06.2026 03:00
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Urugvay
      • 16.06.2026 06:00
      • Eron
      • -:-
      • Yangi Zelandiya
      • 16.06.2026 23:59
      • Fransiya
      • -:-
      • Senegal
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Germaniya 1 3
2 Kot-d'Ivuar 1 3
3 Ekvador 1 0
4 Kyurasao 1 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shvesiya 1 3
2 Niderlandiya 1 1
3 Yaponiya 1 1
4 Tunis 1 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya
1-тур Germaniya 7-1 Kyurasao
1-тур Niderlandiya 2-2 Yaponiya
1-тур Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
1-тур Shvesiya 5-1 Tunis

Navbatdagi o'yinlar.

15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 15.06.2026

      06:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Кайсериспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Флуминенсе" - "Атлетико Паранаэнсе".
      10:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      12:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бешикташ".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Шапекоэнсе" - "Гремио".
      16:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      18:00 Чемпионат Турции. "Самсунспор" - "Фенербахче".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Ботафого".
      22:00 Чемпионат Испании. Сегунда. Плей-офф. Финал. "Малага" - "Альмерия". 1-й матч.
      00:00 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Трабзонспор".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Васко да Гама" - "Флуминенсе".
      04:00 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Галатасарай".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 15.06.2026

      05:10 "Лица страны". Андрей Вдовин.
      05:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      07:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      09:45 Д/ф "К победам на грани возможного".
      10:40 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Команды.
      12:55 "Парусный спорт".
      13:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 1.
      14:40 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". Туринг-лайт. Гонка 1.
      15:15 "Непобедимый".
      15:45 Художественная гимнастика. "Evgeniya Cup" в Омске, Россия. Юниорки.
      18:10 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      20:05 "Вопреки всему".
      20:35 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. USATF Los Angeles Grand Prix в Лос-Анджелесе, США.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 3 в Анталье, Турция. Блочный лук. Команды.
      00:55 "Непобедимый".
      01:25 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". SMP GT4. Гонка 1.
      02:35 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 2 на автодроме "КазаньРинг Каньон". Туринг-лайт. Гонка 1.
      03:10 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. USATF Los Angeles Grand Prix в Лос-Анджелесе, США.
  • MATCH-TV
    • Sana: 15.06.2026

      06:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Швеция - Тунис. Прямая трансляция.
      09:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Нидерланды - Япония.
      13:40 LIVE Улётный футбол. Прямой эфир.
      14:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      15:00 Новости.
      15:05 Футбол. Чемпионат мира 2026. Кот-д'Ивуар - Эквадор.
      17:15 Футбол. Чемпионат мира 2026. Германия - Кюрасао.
      19:25 Футбол. Чемпионат мира 2026. Обзор.
      19:55 Новости.
      20:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Испания - Кабо-Верде. Прямая трансляция.
      23:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:40 LIVE Футбол. Чемпионат мира 2026. Бельгия - Египет. Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Футбол. Чемпионат мира 2026. Швеция - Тунис.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 15.06.2026

      05:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      07:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.
      08:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Даунхилл.
      09:30 Снукер. Masters в Лондоне, Великобритания. Финал. Сессия 2.
      11:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      14:00 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 7.
      15:00 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.
      16:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      17:00 Конный спорт. Longines Global Champions Tour. Этап 7 в Сен-Тропе, Франция.
      19:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      21:00 Велоспорт. Тур Овернь-Рона-Альпы во Франции. Этап 8.
      22:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Женщины. Олимпийский кросс-кантри.
      23:15 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Олимпийский кросс-кантри.
      00:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      03:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Сан-Франциско, США. Женщины, мужчины.
      04:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Леоганге, Австрия. Мужчины. Даунхилл.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kichik» jamoada «katta» futbolchi!

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sir emas, yirik turnirlarning saralash bosqichlarida yo‘llanmaga real da’vogarlar qatori shunchaki, tajriba to‘plash asnosida o‘z sha’nini himoya qilishga intiladigan «mitti» jamoalar ham qatnashadi. Muhimi, hech narsaga da’vo qilmaydigan «kichik» termalar safida ham ba’zan yetakchi ligalarda risoladagidek to‘p surishga qodir tirishqoq futbolchilar ko‘zga tashlanishadi. Mana, Football-Style ijodkorlari (sports.ru sayti) UYEFA reytingining oxirgi 15 pog‘onasida borayotgan milliy jamoalar tarkibiga nazar solib, «pichoqqa ilinadigan» ijrochilarni alohida tanishtirishni lozim topishdi.

Moldova termasi - Artur Ionise («Benevento»). Sobiq ittifoq davrida Kishinyov shahrida tug‘ilgan Ionise futbolchilik faoliya­tini mahalliy «Zimbru» klubida boshladi. 2007 yili esa «Iskra-Stal» safiga qo‘-shildi, ammo yangi jamoasi ham mutlaq gegemon - «Sherif»ga bas kelolmadi. To‘g‘ri, ribnisaliklar YEL saralash bosqichiga yo‘l olishdi, Artur esa 2009 yili Shveysariyaning «Arau» klubi bilan shartnoma tuzdi. Uning transferi 200 ming yevroga baholandi va bu hanuzgacha kamtarin jamoa uchun rekord ko‘rsatkich bo‘lib qolmoqda. 19 yoshli Ionise Shveysariyadagi debyut mavsumida asosan o‘rinbosarlar safida to‘p surdi. Keyingisida esa asosiy jamoaga o‘tib, talab darajasida o‘ynay boshladi. Shu tariqa «Arau» mavsum-2013|2014 yakunida elitaga ko‘tarildi. Artur ayni muvaffaqiyatdan keyin asosiy tayanch yarim himoyachisi pozisiya­sida samarali to‘p surdi, 2 marta jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushdi, chempionatda 6ta gol urdi. Shuningdek, Moldova terma jamoasi o‘yinlarida muntazam ishtirok etdi. Yakunda «Arau» turnir jadvalining oxirgi pog‘onalaridan birini band etgan bo‘lsada, moldovalik yigit nufuzliroq «Verona»dan taklif oldi. U Romeo va Julyettalar shahrida 2 yil to‘p surib, o‘z hisobiga 6ta gol va 4ta samarali uzatma yozib qo‘ydi. Shu tariqa «A» seriyada gol urgan moldovalik dastlabki futbolchi bo‘ldi. 2016 yilning yozida «Kalyari» Artur transferiga 4,5 mln. ajratib, uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Keyingi 4 yilni Sardiniya orolida o‘tkazgan yarim himoyachi jami 125ta o‘yinda maydonga tushdi. 2020 yilning sentyabrida esa «A» seriyaga qayt­gan «Benevento» libosini kiydi. Ha, bu jamoa mavsum oxirida elitadan tushib ketdi. Fakt: Ionise «V» seriya vakiliga aylanganiga qaramay, Moldovaning eng qimmatbaho futbolchisi maqomida qolmoqda (transfer qiymati - 1,8 mln. yevro).

 

Malta termasi - Teddi Tyouma («Yunion Bryussel»). Malta milliy jamoa­sining yevrofutboldagi o‘rni ko‘pchilikka ma’lum. Teddi shu ojizgina drujinadagi debyutini 2020 yili nishonladi. Bunga qadar esa anchayin olis va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Tulonda tug‘ilgan futbolchi faoliyatini Yer shahri jamoasida boshlash barobarida otasiga tegishli go‘sht do‘konida haydovchi-kuryer sifatida ham ishladi. Zero, Fransiya chempionati 4-divizionida ishtirok etadigan «Yer» klubida shart-sharoitlar maqtarli darajada emasdi. Tyouma 4 yil ichida 86ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi, ammo jamoa saviyasi tobora pasayib bordi. «Yer» mavsum-2014|2015ni 14-o‘rinda yakunlagach, Teddi shartnomasi muddatini uzaytirmadi va 3-divizion ishtirokchisi «Bulon» tarkibini to‘ldirdi. Bunda futbolchi faoliyatida katta o‘zgarish kuzatilmadi - avvalgidek markazda to‘p surishda davom etdi. Boz ustiga, mamlakat shimolidagi jamoaviy natijalari ham o‘rtacha bo‘ldi: mavsum-2015|2016da - 8-o‘rin, keyingisida - 9-o‘rin.

2017 yilga kelib, Teddi ancha nufuzli «Red Star»dan taklif oldi va Parijga ko‘chib o‘tdi. Muhimi, xavbek yaqin o‘tmishning nomdor klubida o‘z faoliyatidagi eng omadli mavsumni nishonladi: 5ta gol va 2ta samarali uzatma, yilning ramziy jamoasi a’zoligi. Asosiysi, «qizil yulduz» 2-divizionga ko‘tarildi. To‘g‘ri, yuqori ligadagi raqobat «Red Star»ga og‘irlik qildi va jamoa 20-turdan keyin so‘nggi pog‘onaga tushib qoldi. Shunga qaramay, «Yunion Bryussel» klubi Teddi transferiga qiziqib, uni 350 ming yevroga sotib oldi. Mana, Tyouma 4 yildan buyon shu jamoada to‘p surmoqda. U avvalgi mavsum kashfiyotiga aylangan «Yunion Bryussel»da sardorlik mas’uliyatini ham o‘z zimmasiga oldi. Umuman, 2020|2021 yillar mavsumida «Yunion»ning 2-divizion g‘olibiga aylanishiga Tyouma katta hissa qo‘shadi: 5ta gol va 7ta samarali uzatma. Asosiysi, sardorlik vazifasini a’lo darajada uddaladi. Aynan shu mavsum futbolchining bobokalonlari Maltada yashashgani ma’lum bo‘ldi. Teddi bu xushxabarni mamnuniyat bilan qabul qildi va Malta fuqarosiga aylandi. Keyin sentyabr oyida Farer orollari termasiga qarshi bahsda Malta bosh jamoasi libosida ilk marta maydonga tushdi. Hozirga qadar esa qizil tusli  futbolkada 19ta o‘yin o‘tkazdi. Xullas, Teddi kamtarin terma jamoaning eng qimmat javohiri - uning transfer bahosi 1 mln. yevroga teng. Bu borada 2-o‘rinda borayotgan Yurgen Degabriele esa 350 ming yevroga baholanmoqda.

 

Lyuksemburg termasi - Leandro Barreyro («Mayns»). Bu yigitcha hikoyamizning eng yosh qahramonidir. Leandro endigina 22 yoshni qarshiladi. U aynan Lyuksemburgda tavallud topgan. Ajdodlari - angolalik. Barreyroning o‘zi o‘smirlik davridan buyon Lyuksemburg sharafini himoya qilmoqda. Futboldagi faoliya­tini esa olis 1910 yili mahalliy chempionatning dastlabki mavsumida g‘alaba nashidasini surgan «Rasing Yunion» klubida boshladi. Barreyro 16 yoshga to‘lgach, malaka oshirish maqsadida o‘z uyidan uncha uzoq bo‘lmagan Maynsga yo‘l oldi. Germaniya jamoasining U-16 tarkibini boshqargan murabbiy Bo Svensson navqiron xavbekka oddiy baho bergandi: «Mutasaddilar bilan fikr almashib olgach, Leandroni «Mayns» tarkibiga qo‘shishni lozim topdik. Zero, u dastlabki mashg‘ulotlar jarayonidayoq maydonda eng yaxshi ijrochi sifatida ko‘zga tashlandi va kelajaki chakki emasligiga ishonch hosil qildik». Lyuksemburgdan chiqqan futbolchi shundan buyon «Mayns» tizimida to‘p surmoqda. U avvaliga o‘smirlar jamoalarida tajriba oshirdi, oxirgi 3 mavsumni esa «karnavalchilar»ning asosiy tarkibida o‘tkazmoqda. 2021 yil avvalida «Mayns» boshqaruvini qahramonimizning tanishi Bo Svensson o‘z qo‘liga oldi. Daniyalik mutaxassis Leandroni asosiy tarkibga sun’iy ravishda tortgani yo‘q, albatta. Shunchaki, debyut kutilmaganda yuz berdi. Futbolchi 2018|2019 yillar mavsumida U-19 jamoasida o‘ynagandi. Asosiy jamoa yarim himoyachisi Jan-Filipp Gbamenning «Bayer»ga qarshi 21-tur uchrashuvini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgach, Svensson aynan navqiron xavbekni boshlang‘ich tarkibga qo‘shdi. Yakun - sharmandali mag‘lubiyat (1:5). Muhimi, ushbu muvaffaqiyatsizlik yosh iqtidor ruhiyatini sindirolmadi, aksincha, unga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Masalan, keyinchalik uning Bundesliga bahslarida urgan 2ta goli «Mayns»ga o‘ta muhim g‘alabalarni tortiq etdi.

Leandroning Lyuksemburg milliy jamoasidagi debyuti 2018 yilning 22 mart kuni Malta termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuviga to‘g‘ri keldi. U shundan buyon terma jamoaning muqim a’zosidir. Barreyro allaqachon xalqaro darajada gollari hisobini ochishga ham ulgurdi - Yevro-2020 saralashidan o‘rin olgan bahsda Litva terma jamoasi darvozasini nishonga oldi. Hozirgi kunga kelsak, Leandroning transferi 11 mln. yevroga baholanmoqda. Diqqat, bu summa Lyuksemburg milliy jamoasidagi barcha futbolchilarning umumiy bahosidan 37 foizidir!

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:00, 12.02.2022. O'qildi: 4707 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Швеция Yasin Ayyari 2
2 АҚШ Folarin Balogan 2
3 Германия Kay Xavers 2
4 Тунис Omar Rekik 1
5 Швеция Viktor Dyokeresh 1
6 Швеция Mattias Svanberg 1
7 Германия Jamol Musiala 1
8 Германия Nataniel Braun 1
9 Германия Deniz Undav 1
10 Қатар Bualem Xuxiy 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик