Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Messi Liga 1'da doimiy ravishda uzatmalarga ega, lekin nega kam gol uryapti?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Bu yangilik Lionel Messining muxlislarini ham xursand qilishi, ham hafsalasini pir qilishi mumkin: u Liga 1'da 7-assistentlikni amalga oshirdi, biroq Fransiya chempionatida 14 uchrashuvda atigi 2 ta gol urdi.

“Renn”ga qarshi o‘yinda argentinalik futbolchi qo‘shib berilgan vaqtda Kilian Mbappega golli pas berdi va u parijliklarga 3 ochko keltirdi. Leoda assistentlik bilan bog‘liq muammolar yo‘q. Lekin nega Messi yangi jamoada juda kam gol uryapti?

Agar Messining “PSJ”dagi to‘liq statistikasiga nazar tashlasak, mayestro baribir sezilarli foyda keltirishini tushunamiz. Parijga o‘tganiga 6 oy bo‘ldi, Leo 20ta o‘yinda 7+7 natijani qayt etdi, ya’ni barcha musobaqalarda "PSJ"ning 14ta golida bevosita ishtirok etdi. Ha, Messi Chempionlar ligasida tez-tez gol urdi (5ta gol), uning chempionatdagi gollari statistikasi esa muxlislarni xavotirga solmoqda.

Taqqoslash uchun, o‘tgan mavsum Messi La Ligada 14 turda 7 ta gol urgandi. Balki, Pochettino muntazam ravishda jamoadagi o‘rnini o‘zgartirib turgani uchun hali super to‘purar qaytmagandir. Endi u o‘ng qanot yarim himoyachisi, hujumchi ortidagi futbolchi yoki markaziy hujumchi sifatida maydonga tushyapti. "Lill" (5:1) va "Renn" (1:0) bilan o‘yinlarda u markaziy hujumchi sifatida o‘ynadi. Shu bilan birga, Messi maydonda o‘ziga qulay pozisiya qidirayotgani aniq: u orqaroqdan harakat qilganda ham imkon qadar samarali bo‘ladi, uning oldida hujum g‘oyasini ishlab chiqish uchun bo‘sh joy va sheriklar mavjud.

Bu, ayniqsa, Mbappe uchun ayni muddao bo‘ladi. O‘tgan hafta “Lill” bilan o‘yinda Messi o‘yindagi barcha ishtirokchilar orasida eng yuqori ball 7 ball oldi. Umuman olganda, “PSJ” taniqli nomlar bilan kuchli, deyarli barcha futbolchilar vaziyatni o‘zi hal qilmoqchi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Messi jarohatlar, koronavirus va Argentina terma jamoasidagi o‘yinlar tufayli klubdan biroz chalg‘igan edi. Endi Lionel asta-sekin optimal formaga kiryotganga o‘xshaydi.

“Leo - daho. Bunday futbolchilar 100 yilda bir marta tug‘iladi. U yangi jamoaga o‘tganidan keyingi moslashish jarayonini boshdan kechirdi. U tashqi omillar bilan unchalik omadli emas edi, lekin u buni xotirjamlik bilan yengdi.

Endi Messi uchun eng yaxshi daqiqalar keldi. Leo mavsumning hal qiluvchi bosqichiga yaxshiroq formada yaqinlashmoqda”, - deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi Cadena Cer.

Aytgancha, “Renn” bilan o‘yin uchun Messi kamtarona 4 ball oldi, garchi u uzatmani rasmiylashtirib, sheriklari uchun yana bir qancha qulay imkoniyatlar yaratib bergandi. Dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biridan ko‘proq narsa kutilishi aniq. Ammo argentinalik futbolchining gol statistikasiga ta’sir qiladigan yana bir muhim jihat bor. Messi Fransiya chempionatida 7 marta darvoza ustuni va to‘sinini nishonga oldi. Bu Yevropaning top-5 ligalaridagi “eng yaxshi” ko‘rsatkich.

Maurisio Pochettino bir oyni o‘tkazib yuborgan Messini maqtashdan to‘xtamaydi. Parijga moslashish jarayonida boshidan kechirgan barcha qiyinchiliklardan keyin hamma o‘zgarishni xohlaydi. Biroq seshanba kuni Leo va “PSJ”ni eng qiyin narsa kutmoqda, Chempionlar ligasiga qaytish va "Real"ga qarshi o‘yin. Agar Messi parijliklarni chorak finalga olib chiqsa, unga nisbatan bildirilayotgan tanqidlar biroz kamayadi va shu bilan birga bosh murabbiyga bildirilayotgan negativ fikrlarni bir muddatga yo‘q chiqaradi.

Kiritildi: 10:07, 13.02.2022. O'qildi: 2559 marta. Fikrlar: 42 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик