Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joriy mavsum Yevropada kimlar sermahsullik qayd etmoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsum Robert Levandovski 2020/21 yilgi mavsum yakuniga kelib 82 ochko bilan «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan edi. Polyak o‘shanda Germaniya chempionatida 41 ta gol urgan.

2008 yildan 2019 yilgacha Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi jami 10 ta «Oltin butsa»ni birinma-ketin bo‘lishib olgan edilar. Bu borada portugaliyalikda 4 ta, argentinalikda esa 6 tadan sovrin bor. Biroq bu safar yuqoridagi bu ikki futbolchilardan har ikkisi ham «Oltin butsa»siz qoladigan bo‘ldi. Chiro Immobile 2019/20 yilda, Levandovski esa undan keyingi mavsum g‘alaba qozonganini hisobga olsak, Ronaldu va Messi muxlislari o‘z kumirlaridan gollarni ancha sog‘inib qolishgan. Hozirda Krishtianu va Messi «Oltin butsa» uchun eng kuchli 50 da’vogar ichida ham yo‘q.

Quyida e’tiboringizga 2021/22 yilgi mavsumda 10+ gol urgan futbolchilar ro‘yxatini havola etamiz. Bunda urilgan gollar soni teng bo‘lib qolgan taqdirda golli uzatmalar soni hisobga olinadi. Keyin esa o‘ynalgan bahslar va eng so‘nggida daqiqalar hisobga olinadi.

Quyida ushbu futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini havola etamiz.

27-o‘rin. Diogu Jota («Liverpul», Portugaliya) – 21 o‘yinda 10 gol (1 golli uzatma)

26-o‘rin. Temmi Abraxam («Roma»; Angliya) - 23 o‘yinda 10 gol (3 golli uzatma)

25-o‘rin. Serj Gnabri («Bavariya», Germaniya) - 21 o‘yinda 10 gol (3 golli uzatma)

24-o‘rin. Joau Pedro («Kalyari», Braziliya) - 23 o‘yinda 10 gol (4 golli uzatma)

23-o‘rin. Amin Guiri («Nissa», Fransiya) - 23 o‘yinda 10 gol (7 golli uzatma)

22-o‘rin. Kristofer Nkunku («RB Leypsig», Fransiya) – 21 o‘yinda 10 gol (7 golli uzatma)

21-o‘rin. Lyudovik Ajork (Strasburg, Fransiya) - 21 o‘yinda 10 gol (7 golli uzatma). 

Temmi Abraxam xorij ligalari orasida eng ko‘p gol urgan ingliz futbolchisi hisoblanadi. Agar Angliya Premyer-ligasi haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘z uy chempionatida inglizlarning eng yaxshi natijasini Jeymi Vardi qayd etgan (9 gol).

Reytingga nazar soladigan bo‘lsak, uch nafar fransuz birdaniga 10 tadan ko‘p gol urishga erishgan: Ajork, Nkunku va Guiri. Nkunku uchun bu mavsum faoliyatidagi eng sermahsuli bo‘lmoqda: Chempionlar ligasi va Germaniya kubogi o‘yinlarini hisobga olsak, u allaqachon 18 ta gol urishga ulgurgan. Guiri butun mavsum davomida Liga 1 doirasida 12 ta gol urgan. Unga hozirga kelib top jamoalar qiziqish bildirmoqda.

Diogu Jota Premyer-ligada 10 ta gol urdi. Portugaliyalik turnirning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, faqat uning jamoadoshi Muhammad Saloh portugaldan ko‘proq gol urishga erishgan.

20-o‘rin. Domeniko Berardi («Sassuolo», Italiya) – 21 o‘yinda 10 gol (9 golli uzatma)

19-o‘rin. Martin Terye («Renn»; Fransiya) – 22 o‘yinda 11 gol (0 golli uzatma).

18-o‘rin. Xoselu («Alaves», Ispaniya) – 23 o‘yinda 11 gol (2 golli uzatma).

17-o‘rin. Lautaro Martines («Inter»; Argentina) - 21 o‘yinda 11 gol (2 golli uzatma).

16-o‘rin. Yugo Aspas («Selta», Ispaniya) – 22 o‘yinda 11 gol (3 golli uzatma).

Yago Aspas bu yil o‘zining 35 yoshini nishonlaydi, ammo uning maydondagi qobiliyatlari hali ham joyida. Shu o‘rinda uning vatandoshi Xoselu «Alaves»ning ligada qolishi uchun asosiy qahramon sifatida gavdalanmoqda. Hujumchi chempionatda jamoasining 17 golidan 11 tasini (65%) kiritgan.

Martinesga to‘xtaladigan bo‘lsak, u o‘tgan mavsum A Seriyada «Inter» safida 17 ta gol urgandi. Argentinalik futbolchining o‘z shaxsiy rekordini yangilashi uchun hali imkoniyati mavjud.

15-o‘rin. Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya) – 21 o‘yinda 11 gol (9 golli uzatma)

14-o‘rin. Jonatan Devid («Lill», Kanada) - 23 o‘yinda 12 gol (0 golli uzatma)

13-o‘rin. Xuanmi («Betis», Ispaniya) - 20 o‘yinda 12 gol (1 golli uzatma).

12-o‘rin. Raul De Tomas («Espanyol», Ispaniya) – 21 o‘yinda 12 gol (2 golli uzatma)

11-o‘rin. Jovanni Simeone («Verona», Argentina) - 21 o‘yinda 12 gol (3 golli uzatma).

- Mavsum boshlanishidan oldin «PSJ»ning ajoyib hujum chizig‘i Liga 1dagi raqiblarini parchalab tashlashini kutgan bo‘lsangiz kerak, lekin bu yerda faqat Kilian Mbappegina yaxshi natija qayd etmoqda. U gol-pas tizimida 20 ochko to‘plashga erishdi. Neymar 3 ta, Messi esa 2 ta gol urgan xolos.

- Bu yerda alohida to‘xtalib o‘tadigan futbolchi mavjud. Diyego Simeonening o‘g‘li Jovanni Simeone joriy mavsum Yevropaning top-ligalaridagi goleadorlar orasida kuchli o‘ntalikka kirish uchun kurashmoqda. U A Seriyada to‘purarlar reytingida uchinchi o‘rinni egallab turibdi — Immobile va Vlaxovichdan keyin ikkinchi o‘rinda.

10-o‘rin. Vinisius Junior («Real Madrid», Braziliya) - 21 o‘yinda 12 gol (5 golli uzatma)

9-o‘rin. Antoni Modest («Kyoln», Fransiya) – 21 o‘yinda 14 gol (0 golli uzatma)

8-o‘rin. Vissam Ben Yedder («Betis», Ispaniya) – 22 o‘yinda 14 gol (4 golli uzatma)

7-o‘rin. Erling Xoland («Borussiya D»; Norvegiya) – 14 o‘yinda 16 gol (5 golli uzatma)

6-o‘rin. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) – 20 o‘yinda 16 gol (9 golli uzatma).

- Muhammad Saloh ayni dam Angliya premyer-ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Afrika Millatlar Kubogidagi ishtiroki tufayli misrlik bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi, biroq uning poygadagi raqiblari bu imkoniyatdan foydalana olishmadi va Saloh katta farq bilan peshqadamlik qilishda davom etadi.

- Erling Xoland Bundesliganing 14 o‘yinida 16 ta gol urgan, norvegiyalik futbolchi har bir o‘yinda o‘rtacha 1,14 tadan to‘p kiritmoqda. Afsuski, u jarohatlar tufayli ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. Aks holda u allaqachon 20talik dovonga yetgan bo‘lardi.

5-o‘rin. Karim Benzema («Real Madrid»; Fransiya) – 21 o‘yinda 17 gol (7 golli uzatma).

4-o‘rin. Patrik Shik («Bayer», Chexiya) - 18 ta o‘yinda 18 ta gol (1 ta golli uzatma)

3-o‘rin. Dushan Vlaxovich («Fiorentina»/«Yuventus»; Serbiya) - 22 o‘yinda 18 gol (2 golli uzatma)

2-o‘rin. Chiro Immobile («Lasio»; Italiya) - 20 o‘yinda 18 gol (2 golli uzatma)

1-o‘rin. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha) - 21 o‘yinda 24 gol (1 golli uzatma)

- Yevropaning top-ligalaridagi eng yaxshi to‘purarlar reytingini so‘nggi ikki davomida «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritgan Immobile va Levandovskilar egallab turibdi, Robert o‘ninchi o‘rindagi Vinisiusdan ikki barobar ko‘p gol urgan. Polyakning Bundesligadagi o‘rtacha ko‘rsatkichi Erling Xoland kabi har bir o‘yinga 1,14 ta goldan to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 15:05, 13.02.2022. O'qildi: 3188 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.