Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shomurodov UYEFA rasmiy saytiga intervyu berdi: O‘zbekiston, «Rostov», «Jenoa», «Roma» va Mourinyo haqida...

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov UYEFA rasmiy saytiga intervyu berdi. Stadion.uz suhbatni tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola qiladi.

— Eldor, Siz kichik Jarqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgansiz. Bolaligingiz haqida gapirib bersangiz.
— Oilamda ko‘pchilik futbol o‘ynagan. Dadam va amakimlarim futbol o‘ynashgan, buvam murabbiy bo‘lgan. Shu bois, menda ham yoshlikdan futbolga qiziqish uyg‘ongan. Katta qiziqish. Yetti yoshligimdanoq mahalladagi bolalar bilan mashg‘ulotga qatnardim. 12-13 yosh bo‘lganimda esa boshqa viloyatdagi "Mash’al" futbol akademiyasiga borganman. U yerda esa professional futbol bilan shug‘ullana boshlaganman. Keyinchalik "Bunyodkor"ga taklif etishdi va bu jamoa safida O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida ishtirok eta boshladim.

— "Mash’al" akademiyasi tomon tashlangan ilk qadam. Bu qanchalik qiyin bo‘lgan? Oilangiz sizga qanchalik yordam bergan?
— Oilam meni hamisha qo‘llab-quvvatlagan. Yutqazgan paytimizda ham qo‘llab-quvvatlashgan. Menga og‘ir bo‘lgan. Chunki uydan chiqib ketayotganimda juda yosh edim. Oila a’zolarimni sog‘inardim. Lekin sabr qilish kerakligini tushunardim. Men yashagan Muborak shahrida yoz juda issiq, qish esa juda sovuq bo‘lardi. Ammo u yerda yaxshi murabbiylar ishlardi, Akademiyaning o‘zi ham juda yaxshi edi. Futbolchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgandi. Shu bois sabr qilgan holda ishlash kerak edi.

— Barcha murabbiylar Eldor Shomurodovning kuchli tomoni uning mentalitetida ekanini aytishadi. Siz o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun kuchli ambisiyaga egasiz. Siz Yevropa darajasiga chiqishni hamisha orzu qilganmisiz?
— "Mash’al"ning asosiy tarkibi o‘ynaganida biz to‘p uzatib turardik. O‘shanda men jamoaning asosiy tarkibida o‘ynashni oruza qilardim. Tezroq ulg‘ayishni va maydonga tushib o‘ynashni istardim. Professional darajada o‘ynay boshlaganimdan keyin esa yanada o‘sish kerakligini va buning uchun boshqa jamoaga o‘tish kerakligini tushunib yetdim. Uyga kelganimda doimo Yevropa futbolini tomosha qilardik. Oila a’zolarim ham menga Yevropada o‘ynashga intilishim kerakligini aytishardi. Bu maqsad sari harakat qildim va o‘z orzumga erishdim.

— Bolalikdagi kumiringiz kim edi?
— Didye Drogba va Fernando Torres. Ularni yaxshi ko‘rardim va ularning o‘yinlarini tomosha qilardim.

— "Chelsi"ga muxlislik qilasizmi?
— Muxlislik qilardim. Hozir "Roma" fanatiman.

— O‘zbekistonda deyarli qahramonga aylangansiz. Shuningdek, terma jamoa sardorisiz. Yosh bo‘lishingizga qaramay, bunday e’tirof siz uchun qanday ahamiyatga ega?
— Bu men uchun katta ahamiyatga ega. So‘z bilan ta’riflash qiyin. Menga sardorlik bog‘ichi topshirilishini kutmagandim. Hozir bizda avlodlar almashinuvi ro‘y beryapti. Yosh futbolchilar kelyapti va men ularga o‘rnak bo‘lishim kerak. Shu bois, sardorlik vazifasi men uchun katta ahamiyatga ega.

— Vatan siz uchun qanchalik ahamiyatga ega? Uyga tez-tez borib turasizmi?
— Vatanimni sevaman. Men uchun Vatanim ham, O‘zbekiston terma jamoasi ham muhim ahamiyatga ega. Milliy jamoaga taklif qilishsa, O‘zbekistonga boraman. Yoki ta’til paytida. Boshqa paytda Vatanimga borish uchun ko‘p imkoniyat bo‘lmaydi. Albatta, O‘zbekistonni sog‘inaman. Ota-onamni ham.

— Siz Ilyos Zeytullayevdan so‘ng A seriyada o‘ynayotgan ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi hisoblanasiz. Bu bilan faxrlanasizmi?
— Albatta faxrlanaman. Bu yoqimli. Biz yuqori saviyada o‘ynay oladigan futbolchilar ko‘p. Ular ham A seriyada o‘ynashini istardim. Yevropada o‘zbekistonlik futbolchilar ko‘p bo‘lishini xohlayman. Bu yerda butunlay boshqacha futbol, o‘zgacha tezlik. Ular bu yerda o‘sishga erishgan bo‘lardilar. Yevropada hamyurtlarim qanchalik ko‘p bo‘lsa, terma jamoa shunchalik kuchli bo‘lgan bo‘lardi.

— Italiya kelguningizga qadar "Rostov"da o‘ynagansiz. O‘zbekistondan keyingi faoliyatingizning ushbu bosqichi haqida nima deya olasiz?
— Dastlabki mavsum u qadar yaxshi bo‘lmadi. Bu moslashish jarayoni bo‘ldi. Keyin esa moslashib olib, Yevropaga yaqin bo‘lgan butunlay boshqacha futbol namoyish eta boshladim. Valeriy Karpin meni juda zo‘r qo‘llab-quvvatladi, menga ishonch bag‘ishladi va ishlarim yurisha boshladi.

— "Rostov"da o‘zingizni ko‘rsatganingiz uchun "Jenoa"ning e’tibori sizga tushdi. Yangi mamlakatga kelish qanday bo‘ldi?
— "Rostov"dagi ikkinchi mavsumda men juda yaxshi o‘ynadim. Keyin esa yarim yil yomon o‘ynadim. Bunga sabablar bor edi. Ammo menda Yevropaga ko‘chib ishtiyoqi yo‘qolmadi. Shu bois, oson bo‘lmagan. Gol ura olmasang, Yevropaga o‘tish qiyin bo‘ladi. Ammo "Jenoa" menga ishondi. Buning uchun klubga rahmat aytaman. Ular meni "Rostov"dan sotib olishdi. Yevropada o‘ynash istgagim borligi uchun ushbu taklifga rozilik berdim. Men uchun Yevropadagi faoliyatimni top-klubda emas, kichik jamoada boshlash muhim edi. Shu orqali menda asosiy tarkibga kirish imkoniyati yuzaga kelardi. Birinchi yil og‘ir bo‘ldi. Rossiya va O‘zbekistonda mentalitet o‘xshash, Yevropada esa butunlay boshqacha. Shu bois, dastlabki 2-3 oy oson kechmadi, keyin esa o‘rgana boshladim. Hozir esa Italiyada odamlarni yaxshi tushunaman.

— Insonlarning madaniyati borasida qanday farqlar bor ekan? Bu yerda qanday yangi narsalarga duch keldingiz?
— Rossiya va O‘zbekistonda barcha haftasiga yetti kun ishlaydi. Bu yerda esa shanba va yakshanba kunlari hech bir joy ishlamaydi, barcha dam oladi. Butunlay o‘zgacha madaniyat, boshqa til. Odamlar o‘zgacha fikrlaydi.

— Italiya futboli Rossiya va O‘zbekiston futbolidan nimasi bilan farq qiladi?
— Birinchi navbatda, bu yerda tezlik ancha yuqori. Bu yerda ko‘proq jismoniy kuchga asoslangan futbol namoyish etiladi. O‘yinchilar mahorati, albatta, yuqori.

— Yangi darajaga chiqish uchun nima qilish kerak?
— Birinchi navbatda tezlikda o‘sish kerak. Nafaqat harakatda, balki fikrlashda ham. Italiyaga kelganimda bemalol o‘ynab ketsam kerak deb o‘ylagandim, ammo mashg‘ulotlarda barcha narsa ulgurmayotganimni his qildim. Himoyachilar har doim meni yopib qo‘yishardi va men hamisha oyog‘imdan zarba qabul qilardim. Shuning uchun tezlik borasida o‘sishim kerakligini tushundim.

— Qanday xislatlar evaziga muvaffaqiyatga erishdingiz?
— Qiyin savol. Avvalo sabr evaziga deb o‘ylayman. Dastlab qiyin bo‘lgan. Men o‘zimga bu mening darajam emas, deb ortga qaytib ketishim mumkin edi. Ammo men sabr qildim. Sabr evaziga hozir hammasi joyida.

— "Roma" kabi klub siz bilan shartnoma imzolashni istayotganini bilganingizda nimalarni his qilgandingiz?
— Mentalitetni o‘zgartirish kerakligini bilardim. Har bir o‘yinga faqat g‘alaba niyatida tushish kerak. Bu klub o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yishini bilardim. Bu yerda raqobat yuqori. Har bir uchrashuvda asosiy tarkibda tushishga munosib ekaningni isbotlashing kerak.

— Sevimli futbolchingiz Didye Drogba ekanini aytdingiz. Drogbaning sevimli murabbiyi esa Joze Mourinyo. Portugaliyalik murabbiy ayni paytda "Roma"da sizga murabbiylik qilmoqda. Bunday mutaxassis bilan ishlash qanday bo‘lmoqda?
— U yuqori vazifalar qo‘yib, ularni bajarishga intilishi ilk kunlardanoq ma’lum bo‘ldi. O‘yin va intizom jihatdan juda talabchan murabbiy. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni va futbolchilar ham shunga intilishlarini istaydi.

— Mourinyo Drogbani o‘z vaqtining eng yaxshi hujumchisiga aylantirgandi. U sizga qanchalik yordam bermoqda?
— Hozir biz ko‘proq taktika ustida ishlayapmiz. Maydonda qanday harakat qilishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda va bizdan har bir bahsda yuz foiz kuch bilan o‘ynashimizni talab qilmoqda. Albatta, gol urishni ham talab qiladi.

— Siz "Roma" safida bir nechta gollar urdingiz, Konferensiyalar ligasi bahsida gol muallifiga aylandingiz. O‘sha paytda nimalarni his qildingiz?
— "Roma" safidagi ilk rasmiy uchrashuvim "Trabzonspor"ga qarshi o‘yin bo‘lgandi. Adashmasam, meni zaxiraga olishga tayyorgarlik ko‘rishayotgandi. Debyut bahsimni gol urib, jamoamning keyingi bosqichga chiqishida yordam berganimdan xursand bo‘lgandim. Juda yoqimli hissiyotlar bo‘lgandi.

— Bu golni buvingizga bag‘ishlagandingiz...
— Ha, o‘sha paytda u tug‘ilgan kunini nishonlagandi. Men uni shu tarzda tabriklashni istagandim. U meni qo‘llab-quvvatlaydi va barcha uchrashuvlarni tomosha qiladi. Barcha oila a’zolarim — ota-onam, buvim va ayolim o‘yinlarimni tomosha qilishadi va menga muxlislik qilishadi.

— Joriy mavsumda o‘z oldingizga shaxsiy va jamoaviy qanday maqsadlar qo‘ygansiz?
— Birinchi navbatda Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqish. Shaxsiy maqsadlarim esa hamisha jamoa bilan bog‘liq. Jamoaning g‘alaba qozonishi va sovrin yutishida yordam berishni istayman. Jamoa g‘alaba qozonsa, sen ham g‘alaba qozonasan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:18, 15.02.2022. O'qildi: 5320 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик