Yevropa Ligasining 1/16 final bosqichi javob uchrashuvi doirasida Portugaliyaning "Braga" jamoasi o‘z maydonida "Sherif" klubini qabul qildi.
Uchrashuvda portugaliyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Lekin, dastlabki uchrashuv 2:0 hisobida moldoviyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlanganligi bois, jamoalar ikkita qo‘shimcha bo‘limni o‘tkazishdi.
Qo‘shicha bo‘limlarda ham g‘olib jamoa nomi aniqlanmagach, penaltilar seriyasi bo‘lib o‘tdi. Unda portugaliyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi va turnirning keyingi bosqichiga yo‘l olishdi.
Ushbu bahsda Jasur Yaxshiboyev 111 daqiqa harakat qildi.
"Braga" – "Sherif" 2:0 (penaltilar bo‘yicha - 3:2)
25 fevralya, 01.00, «Munisipal de Braga»
Gollar: 1:0 – 17 Medeyrush, 2:0 – 43 Rikardu Orta.
"Braga" – Mateus, Yan Kouto (Brunu Rodrigesh, 90), Tormena, Karmu, Fabiano, Andre Orta (Andre Kashtru, 90), El-Musrati, Medeyrush (Abel Ruis, 74), Rikardu Orta, Vitor Oliveyra (Fale, 109), Rodrigu Gomesh (Moura, 64).
"Sherif" – Atanasiadis, Dulanto, Radelich, Petro, Djulyen, Bruno, Till, Addo, Yaxshiboyev (Abdulbasit, 111), Traore, Yansane (Nikolov, 46).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2.
Ogohlantirishlar: Traore (21), Petro (66), Vitor Oliveyra (69), Moura (85), Nikolov (85), Till (88), Yaxshiboyev (90), Dulanto (114).
Dastlabki uchrashuv – 0:2