Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Oshxona jangi”. APLning tarixiy o‘yinida ro‘y bergan janjal

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Bundan qariyb 18 yil oldin, 2004 yilning 24 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” va “Arsenal” “Old Trafford”da “Oshxona jangi” sifatida tarixga kirgan o‘yinda maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.  Aleks Fergyusonning yuziga Sesk Fabregas tomonidan uloqtirilgan pissa bo‘lagi tegib ketgan edi, o‘shanda.

Aslida “Old Trafford”dagi “Oshxona jangi” avval ham sodir bo‘lgan – 2003 yilning 21 sentyabrida, “Arsenal” Manchesterdan ochko olganda (o‘yin golsiz durang bilan yakunlangan) sodir bo‘lgan edi. "Kanonirlar" sardori Patrik Viyeyra ikkinchi sariq kartochka sababli maydondan chetlatilgandi. So‘nggi soniyalarda “Manchester Yunayted” hujumlari yetakchisi Rud van Nistelroy penaltini aniq amalga oshira olmadi. Butun o‘yin aql bovar qilmaydigan asabiy taranglikda o‘tdi, bu esa maydonda doimiy to‘qnashuvlarga olib keldi. Uchrashuv natijasida “Arsenal”ning besh nafar futbolchisi, “Yunayted”ning ikki nafar futbolchisi, shuningdek, butun “Arsenal” jamoasi katta miqdorda jarimaga tortildi. Bundan tashqari, mehmonlar futbolchilari Loran, Viyeyra, Martin Kioun va Rey Parlor ham bir nechta o‘yinga diskvalifikasiya qilingan edi.

Murosasiz raqiblarning yangi uchrashuvi, bu yanada qiziqarli bahslarni va’da qilardi. Ingliz tabloidlari shov-shuvli o‘yin xotiralarini eslatar edi, shundan so‘ng Viyeyra va “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger van Nistelroyni simulyasiya qilishda ayblagan edi, “Manchester Yunayted” ustozi Aleks Fergyuson esa gollandiyalik futbolchi tarafini olgan. Ser Aleks o‘shanda shunday degan edi: “"Arsenal" futbolchilarining qilgan ishi men futbolda ko‘rgan eng yomon narsa edi”.

2004 yilning oktyabrida «Arsenal» «Old Trafford»ga nafaqat mamlakat chempioni, balki APLda 49 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan jamoa sifatida kelgan edi. 2003 yil 4 maydan 18 oy davomida ular bu natijvni qayd etgan edi! Barcha etakchilar safda edi - Anri, Bergkamp, Viyeyra, Yungberg, Kempbell, Koul, Ture, Lemann…

10-turga kelib, “Manchester Yunayted” peshqadam “kanonirlar”dan 11 ochkoga ortda qolgandi.

Undan tashqari “mankunianliklar” sardori Roy Kin ham ushbu bahsni o‘tkazib yuborishi kerak edi. Bu esa «Manchester Yunayted»ning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini yanada qiyinlashtirdi - maydon markazida dahshatli Viyeyrani kim ushlab turadi?

Ammo hujumda mezbonlar ingliz futbolining asosiy iqtidori – Yevro-2004da ajoyib o‘ynagan 18 yoshli UYEyn Runiga ega edi. Uning "Everton"dan kelishi Fergyusonga 2003 yildagi o‘yindan farqli o‘laroq, ikki hujumchi o‘yiniga o‘tish imkonini berdi. Van Nistelroy va Runi oldinga o‘tishdi, Giggz va Ronaldu ularni qanotlardan qo‘llab-quvvatlar edi, Skoulz va Fil Nevill markaziy yarim himoyada tandem tashkil qilishgandi.

Megayulduzlar va hujum ustalari ko‘p bo‘lishiga qaramay, “Orzular teatri”dagi tomoshabinlar 72 daqiqa davomida golsiz futbol tomosha qilishdi. Ko‘p asabiylashish, ko‘p kurash, ko‘plab qoidabuzarliklarga boy o‘yin guvohi bo‘lishayotgan edi.

 Keyin esa Ueyn Runi “Arsenal” jarima maydonchasi ichida Kempbell tomonidan yiqitildi. Referi esa bu vaziyatda 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Zarba berish uchun kelgan Rud van Nistelroy esa bu safar adashmadi va hisobni ochdi.

Qo‘shib berilgan vaqtda Runining o‘zi gol urib hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltiradi. Shu tariqa “kanonir”larning mag‘lubiyatsiz seriyasiga “qizil iblislar” yakun yasaydi.

Uchrashuvdan so‘ng ikkala tomon ham bir-birini sportga xos bo‘lmagan xatti-harakatlarda, simulyasiyalarda ayblashadi, shuningdek, hakamga e’tiroz bildirishadi. Venger jurnalistlarga Runi o‘zi yaqilganini va penalti so‘raganini aytadi (hakamlikni tanqid qilgani uchun murabbiy keyin 15 ming funt jarimaga tortiladi). Kempbell ham o‘z tomonida hech qanday qonunbuzarlik yo‘qligini da’vo qilib, yosh angliyalik bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortadi.

Ammo butun dunyo ertasi kunigacha bilmaydigan asosiy voqea echinish xonalariga olib boruvchi tribuna ostidagi tunnelda bo‘lib o‘tadi. Angliya matbuotida "Arsenal"ning noma’lum futbolchisi Fergyusonning yuziga ovqat tashlaganligi haqida ma’lumot paydo bo‘ladi. Variantlar muhokama qilindi: pissa, qahva, pomidor yoki no‘xat sho‘rva. Har holda, aynan shu sababdan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi jurnalistlar oldidagi majburiyatlarini bajarib, klub sport kiyimida flesh-intervyu beradi.

Yillar o‘tib, "Arsenal" himoyachisi Eshli Koul o‘zining avtobiografiyasida sodir bo‘lgan voqeani quyidagicha tasvirlab berdi: "Biz plastik tunneldan o‘tayotgan edik. Hamma bir-biriga qaradi. Ular baqirishdi: "Ha, siz firibgarlar!". O‘yinchilar tor yo‘lakda to‘qnashdi, men o‘rtada edim. Bizning murabbiyimiz Fergyusonnifransuz tilida so‘kkanini eshitdik, bunga javoban shotlandcha so‘kishlar bo‘ldi. Bir payt mening boshim ustidan bir parcha pissa uchib o‘tdi, u aynan Fergiga tegdi. Tunnel bo‘ylab shapaloq sadosi eshitildi va hamma narsa to‘xtadi: mushtlashish, qichqiriq, butunlay tinchib qoldi. Hammaning ko‘zlari pissa bo‘lagi o‘sha mashhur yuzdan chiroyli qora kostyumga sirg‘alib tushganiga tikildi. Men Fergyuson kimgadir tarsaki tushuradi deb o‘yladim, lekin u so‘kinib, ming‘irlab, maydalangan narsalarni silkitib, kiyim almashtirish xonasiga kirdi. Biz esa uning bu holatidan kuldik.

Bu pissani kim tashladi - ko‘p yillar davomida sir bo‘lib qoldi va faqat 2017 yilda Oshxonadagi jang kuni endigina 17 yoshda bo‘lgan va butun o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgan Sesk Fabregas bu uning ishi ekanligini tan oladi.

"Biz o‘zimizni aldangandek his qildik, chunki biz mag‘lubiyatga loyiq emasdik", deb eslaydi ispaniyalik 2004 yil oktyabr oyida. - O‘ynamaganim uchun tunnelga birinchilardan bo‘lib tushdim. Kiyinish xonasida men pissa ko‘rdim, och qolganim uchun bir parcha oldim. Keyin u qichqiriqni eshitdi, orqaga qaytdi va Ferdinand, Anri, Kempbell va boshqa katta futbolchilar qanday jang qilishlarini ko‘rdi. Men yosh edim va nima qilishni bilmasdim. Men juda kichkina va oriq edim, rostini aytsam, hech kimni nishonga olganim yo‘q edi. Keyinchalik men janob Fergyusonga pissa bo‘lagi tekkanini ko‘rdim, men allaqachon omma oldida kechirim so‘raganman va yana uzr  so‘rashga tayyorman. Bu beixtiyor, shunchaki baxtsiz hodisa edi. Men yosh edim”.

Fergyuson o‘z tarjimai holida Seskni ayblamagan: “Ko‘pchilik menga pissa uloqtirgan Fabregas bo‘lgan deyishadi, lekin shu kungacha buni kim qilganini bilmayman”.

 Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:37, 26.02.2022. O'qildi: 2988 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.