Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • 2:2
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • 3:0
      • Kalyari
      • 13.01.2026 00:45
      • Yuventus
      • 5:0
      • Cremonese
      • 14.01.2026 22:30
      • Napoli
      • -:-
      • Parma
  • AFC U-23
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • 0:1
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • 1:0
      • Qirg‘iziston
      • 13.01.2026 16:30
      • O‘zbekiston
      • -:-
      • Janubiy Koreya
      • 13.01.2026 16:30
      • Eron
      • -:-
      • Livan
      • 13.01.2026 21:30
      • Yaponiya
      • -:-
      • Qatar
      • 13.01.2026 21:30
      • BAA
      • -:-
      • Suriya
      • 14.01.2026 16:30
      • Iroq
      • -:-
      • Avstraliya
      • 14.01.2026 16:30
      • Tailand
      • -:-
      • Xitoy
  • La-liga
      • 13.01.2026 01:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Selta
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 19 43
2 Milan 19 40
3 Yuventus 20 39
4 Napoli 19 39
5 Roma 20 39
6 Komo 19 34
7 Atalanta 20 31
8 Lasio 20 28
9 Bolonya 19 27
10 Udineze 20 26
11 Sassuolo 20 23
12 Torino 20 23
13 Cremonese 20 22
14 Parma 19 21
15 Jenoa 20 19
16 Kalyari 20 19
17 Lechche 19 17
18 Fiorentina 20 14
19 Piza 20 13
20 Verona 19 13

O'tgan o'yinlar.

20-тур Udineze 2-2 Piza
20-тур Komo 1-1 Bolonya
20-тур Roma 2-0 Sassuolo
20-тур Atalanta 2-0 Torino
20-тур Lechche 1-2 Parma
20-тур Fiorentina 1-1 Milan
20-тур Verona 0-1 Lasio
20-тур Inter 2-2 Napoli
20-тур Jenoa 3-0 Kalyari
20-тур Yuventus 5-0 Cremonese

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Birinchi liga uchun 16 ta klub ro‘yxatdan o‘tkazildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2022 yilgi mavsum Birinchi liga musobaqasida 16 jamoa ishtirok etadi. O‘yinlar uy-safar tizimida o‘tadi va mavsum jami 30 turni o‘z ichiga oladi.

“2022 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 10.7-bandidan kelib chiqib, Superliganing to‘rt klubi o‘z farm jamoasini Birinchi liga uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi: “Bunyodkor-Farm”, “Navbahor-Farm”, “Nasaf-Farm”, “Qizilqum-Farm”.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda ham birinchilikda ishtirok etgan “Paxtakor-79”, “Neftgazmontaj”, “Lokomotiv-BFK” jamoalari monitoringdan o‘tdi hamda ligadagi o‘rnini saqlab qoldi. “Chig‘atoy” Respublika futbol mahoratini oshirish oliy maktabi jamoasi sifatida, “Lochin” esa O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi sifatida Birinchi ligadagi ishtirokini davom ettiradi.

Reglamentga ko‘ra, hududiy assosiasiyalar tomonidan o‘tkazilgan Ikkinchi liga musobaqasi g‘oliblari ishtirokidagi Birinchi ligaga o‘tish musobaqasi sovrindorlarida ham ligada qatnashish imkoniyati mavjud edi. Mazkur imkoniyatdan “Qumqo‘rg‘on-1977” hamda “Do‘stlik Oltiariq” jamoalari unumli foydalandi. “Denov” esa talab etilgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim eta olmagani sababli musobaqada ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilayotgan, aniq moliyaviy manbalarga ega bo‘lgan jamoalarga imkoniyat taqdim etib kelayotganidan xabaringiz bor. “Turon”, “Andijon”, “Yangiyer”, “Aral Samali”, “G‘ijduvon” kabilar shular jumlasidandir. Endilikda mana shunday yo‘lni ko‘zlab yana bir qator jamoalarga Birinchi ligada bir yillik sinov tariqasida ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi. Aslida O‘zPFL ko‘plab mana shunday murojaatlarni qabul qilib oldi. Takliflar orasidan faqatgina o‘z hududi g‘olibligini qo‘lga kiritgan, shuningdek, hududiy assosiasiya yoki futbol akademiyalari qoshida tashkil etilayotgan jamoalargina saralab olindi. Keyinchalik, ularning faoliyati atroflicha o‘rganib chiqildi.

Buning natijasida “Aral”, “Andijon II”, “Do‘stlik Toshkent”, “Yunired”, “Shahrixonchi” jamoalariga shartli ravishda Birinchi ligada to‘p surish imkoniyati berildi.

Ma’lumot uchun, Pro liga ishtirokchisi hisoblangan “Aral Samali” 2022-yildan boshlab to‘liq xususiy sektor tomonidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Shundan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hudud futbol assosiasiyasi qoshida yangi “Aral” jamoasini tashkil etdi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Qoraqalpog‘istonda futbolni yanada rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mazkur jamoaga Birinchi liga yo‘llanmasini taqdim etdi.

“Andijon II” esa viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi qoshida bo‘lib, jamoa asosini mazkur akademiya tarbiyalanuvchilari hamda bitiruvchilari tashkil qiladi. Yaqin kelajakda O‘zPFL qolgan hududlardagi shunday akademiyalar jamoalarini ham Birinchi ligaga jalb etish ustida ish olib boradi.

“Do‘stlik Toshkent”, “Yunired”, “Shahrixonchi” jamoalari o‘z hududlarining Ikkinchi liga musobaqasi g‘oliblari sanaladi va ular to‘liq xususiy tadbirkorlar tomonidan moliyalashtiriladi. O‘zPFL ishchi-guruhi har uch jamoa faoliyatini o‘rganib chiqdi. Dastlabki ikki jamoa qoshida allaqachon bolalar-o‘smirlar futbol maktablari tashkil topgan bo‘lib, tadbirkorlar ularning millionlar o‘yini bilan shug‘ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Ayni vaqtda ular jamoa faoliyatini kengaytirish ustida ishlayapti. O‘zPFL bu kabi jamoalarga barcha masalada yordam ko‘rsatishga tayyor. “Shahrixonchi” jamoasi rahbariyati esa tuman markazidagi ko‘hna stadionni yana katta futbolga qaytarish ustida ish olib boryapti. Homiylarning mablag‘lar aylanmasi “Shahrixonchi” jamoasiga minimal sharoitlar tashkil etish imkoniyatini berishi mumkin.


O‘zPFL o‘rganishlar jarayonida qator jamoalarga rad javobini berishga majbur bo‘lganini qayd etish kerak. Albatta, Birinchi liga musobaqasida ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ayniqsa, ular orasida tuman hokimliklari qaramog‘ida bo‘lgan jamoalar talaygina. Ammo o‘tgan uch yillik ko‘rsatib berdiki, moliyalashtirishning bu ko‘rinishi o‘zini oqlayotgani yo‘q. Bu holat avvalroq “Yashnobod”, “Zirabuloq”, “Jomboy” va boshqa shunga o‘xshash jamoalar misolida ham ko‘rindi va jamoalar O‘zPFL a’zolari qatoridan chiqarildi hamda ularga Ikkinchi liga musobaqasida ishtirok etish tavsiya etildi. Biz bugungi kunda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Birinchi ligaga o‘z hududi g‘olibi sifatida yo‘l olish kabi prinsiplarni to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz.

Demak, 16 ta jamoa bilan tanishing:

Andijon II (Andijon)
Shahrixonchi (Andijon)
Navbahor-farm (Namangan)
Paxtakor-79 (Namangan)
Do‘stlik Oltiariq (Farg‘ona)
Lochin (Toshkent viloyati)
Bunyodkor-farm (Toshkent)
Lokomotiv-BFK (Toshkent)
Neftgazmontaj (Toshkent)
Chig‘atoy (Toshkent)
Do‘stlik Toshkent (Toshkent)
Yunired (Samarqand)
Qizilqum-farm (Navoiy)
Nasaf-farm (Qashqadaryo)
Qumqo‘rg‘on-1977 (Surxondaryo)
Aral (Qoraqalpog‘iston).

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 19:56, 01.03.2022. O'qildi: 1366 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Ювентус Kenan Yildiz 7
4 Милан Rafael Leau 7
5 Интер Xakan Chalxanoglu 7
6 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
7 Наполи Rasmus Xeylund 6
8 Рома Matias Soule 6
9 Интер Markus Tyuram 6
10 Комо Niko Pas 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.