Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun "Barselona"ning ham bayrami

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

 

Har yili 8 mart hotin-qizlar bayrami sifatida nishonlanadi. Ammo, shu bilan birgalikda 2017 yildan boshlab “Barselona” muxlislari ham ushbu kunni o‘zlarining bayrami sifatida nishonlashga haqlidir. Gap shundaki 2017 yilda ayollardan ko‘ra ko‘proq bir voqea futbol olamini uo‘proq o‘ziga jalb etgan. Uning nomi “remantada” deya atalgan. O‘sha go‘zal bahor kunida “ko‘k-anorranglilar” futbol tarixidagi eng buyuk kambekni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan edi. “Barselona” ishqibozlari 2017 yilning 8 mart kunini ayollar bayrami sifatida emas, balki Robertoning golini, Enrikening hursandchilikdan maydon bo‘ylab yugurganini, muxlislarning quvonch ko‘z yoshlarini va daxshatli kambekni eslashadi.

Siz "Barselona"ni yoqtirmasligingiz, bu voqeani tan olmasligingiz va klubni har qancha yomonlashingiz mumkin. Ammo tanqid va shubhalaringiz bilan ham, siz "Kamp Nou"dagi 6:1 eng buyuk voqea ekanligini yana bir bor tasdiqlaysiz. Biz buni sport deymiz, futbolni aynan shu maqsadda tomosha qilamiz. Bu biz g‘ururlanadigan borliqni idrok etishning noyob tajribasi va biz bir kun kelib nevaralarimizga aytib berishimiz mumkin bo‘lgan voqeadir. Aytgancha, o‘sha g‘alati penaltilar haqida, Neymar va Suaresning simulyasiyalari haqida xohlaganingizcha gapirishingiz mumkin. Ammo haqiqat haqiqat bo‘lib qolaveradi. Chempionlar ligasi tarixida hech kim to‘rtta gol o‘tkazib yuborib, keyingi bahsda o‘ziga kerakli natija qayd eta olmagan. “Barselona”dan boshqa hech kim. Robertoning so‘nggi soniyalarda to‘pga teginishi allaqachon tarixning, balki g‘alaba qozongan “Barselona” DNKsining bir qismiga aylangan. Hozir ham ushbu uchrashuvning eski chiptalarini saqlab qo‘ygan insonlarni topishingiz mumkin. Hatto “PSJ”ga o‘tgandan so‘ng Neymar ham o‘sha o‘yin haqida ko‘plab iliq fikrlar bildirgan.

"Barselona" 2016-2017 yilgi mavsumni Ispaniya Superkubogidagi g‘alaba bilan boshlagan. Kataloniyaliklar “Sevilya”ga qarshi kechgan ikki final uchrashuvida hech qanday muammoga duch kelmadi. Aynan shu 2016 yil “Sevilya” va “blaugranas”ning hayotida burilish nuqtasi bo‘ldi va burilish nuqtasi o‘zaro bog‘liq edi. Unai Emeri Yevropa ligasida qatnashishni yaxshi ko‘rgan sevimli “Sevilya”ni yozda tark etdi. Bu daho murabbiy g‘alaba qozonish va sovrinlarni qo‘lga kiritishni bilar edi, uning yutuqlari ro‘yxatida faqat bitta minus bor edi. Emeri "Barselona"ni qanday mag‘lub etishni bilmaydi! U har doim kataloniyaliklarga yutqazgan - "Almeriya", "Valensiya"b "Spartak" ni boshqargan inson sifatida va faqat "Sevilya"ni boshqarganida, u to‘qqiz o‘yinda, faqat bir marta g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.

 G‘alabali 2015 yildan so‘ng, “Barselona” Chempionlar Ligasidagi ketma-ket ikkinchi chempionlik uchun asosiy favorit hisoblangan. Ammo 2016 yilda “oq-qizil” Madrid jamoasi kataloniyaliklarni turnirdan chiqarib yuborgan edi va Ispaniya poytaxtining boshqa jamoasi yakunda Yevropani zabt etgandi. Mavsum boshlanishidan oldin murabbiy yakunda jamoani tark etishini ma’lum qildi. Jamoa Enrike ketishini himobga olgan holda o‘z oldiga maqsad qo‘ydi. "Barselona" Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishi kerak edi. Kataloniyaliklar guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladilar. Leonel Messi o‘nta gol urdi va urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqi bo‘yicha kataloniyaliklarga teng keladigani topilmadi. “Ko‘k-anorranglilar” faqat bir marta mag‘lub bo‘ldi. Gvardiola qo‘l ostida "Manchester Siti" yuqori o‘rin uchun "Barselona"ning asosiy raqibi edi. O‘shanda Pep o‘zining sobiq jamoasini bir marta mag‘lub eta olgandi.

Emeri boshchiligidagi «PSJ»ga esa biroz kamtaronaroq omad kulib boqdi. Parijliklar bor-yo‘g‘i uch marta va yaqqol autsayderlar bilan g‘alaba qozonishdi. “Arsenal” bilan guruh peshqadami sifatida ikki marta durang o‘ynadi va yakunda “Ludogores”ni mag‘lub etishdi. Kavani oltita gol bilan to‘purar bo‘ldi. Urugvaylik futbolchiga Di Mariya, Kurzava va Marko Veratti singari nomlaryordam berishgan edi. Parijliklar safida ikkita sobiq kataloniyalik ham bor edi. Maksvell tez-tez himoyada Kurzavani chap qanotda almashtirdi, Tiago Motta maydonga chiqib, maydon markazini nazorat qildi. "PSJ" guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi va shuning uchun ular birinchi o‘yinni o‘z uylarida o‘tkazishlari kerak edi. Qura natijasiga ko‘ra, Park-de Prensga "Barselona" tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi.

Kataloniyaliklar o‘yindan oldin alohida muammolarga duch kelishmadi. Parijdagi o‘yindan bir hafta oldin “blaugranas” "Atletiko" bilan durang o‘ynaydi, bunda Suares va Roberto qizil kartochka olishgandi, safar arafasida esa "Barselona" "Alaves"dan startdagi mag‘lubiyat uchun qasos oladi (6-0).

14 fevral, 2017 yil. Barcha “Barselona” muxlislari uchun tablo daxshatli ko‘rinish olgan kun. O‘yin 4-0 bilan yakunlangan va “Barselona” mag‘lubiyatga uchragan edi. Unai Emeri o‘zining taktikasi bilan barchani hayratda qoldirdi. U "Barselona"ni hammadan yaxshi bilardi va undan oldingi barcha xo‘rliklar uchun o‘ch oldi. Yuqori pressing kataloniyaliklarning o‘yinini o‘ldirdi. Kavanining maydon bo‘ylab harakatlanishi esa juda a’lo darajada edi. U hamma joyda, butun maydon bo‘ylab, hattoki har qanday himoyachi havas qilgidek tarzda to‘plarni olib qo‘yardi.

 Oradan bir oy o‘tar-o‘tmas “Barselona”ni taktika bilan yenggan murabbiy aynan o‘zgartirilgan taktika bilan yutqazdi. Emeri o‘sha o‘yinda “Barselona” kambek qilishini tushida ko‘rgan bo‘lsa kerak. Negaki uning hujumkor jamoasi himoyada uynamas edi. Shunchaki o‘sha xato butun futbol ishqibozlari uchun unutilmas o‘yinni taqdim etgan. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:04, 08.03.2022. O'qildi: 3596 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.