Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 19 40
2 Neftchi 19 39
3 Dinamo 19 37
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 19 31
8 Qizilqum 19 25
9 Surxon 19 23
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 19 20
12 Xorazm 19 19
13 Qo‘qon-1912 19 18
14 Mash’al 19 18
15 Buxoro 19 14
16 Sho‘rtan 19 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Paxtakor 2-0 So‘g‘diyona
19-тур Navbahor 0-1 Neftchi
19-тур Dinamo 1-0 OKMK
19-тур Nasaf 2-0 Sho‘rtan
19-тур Qo‘qon-1912 2-0 Surxon
19-тур Mash’al 1-0 Andijon
19-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
19-тур Xorazm 0-1 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

20/08/25 Sho‘rtan - Navbahor
20/08/25 So‘g‘diyona - Dinamo
21/08/25 Neftchi - Mash’al
21/08/25 Buxoro - Qo‘qon-1912
22/08/25 Andijon - Paxtakor
22/08/25 Qizilqum - Bunyodkor
23/08/25 Surxon - Nasaf
23/08/25 OKMK - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1885 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 710 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joan Laporta: «Leoni qo‘yib yuborganimizdan afsuslanmayman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

«Barselona» prezidenti Joan Laporta o‘tgan yoz moliyaviy muammolar tufayli jamoa afsonasi Lionel Messi bilan o‘rtadagi shartnoma muddatini uzaytirolmadi. Oqibatda argentinalik hujumchi «blaugrana» bilan erkin agent maqomida xayrlashdi. Oddiy aytganda, «PSJ» uning transferiga bir chaqa ham to‘lagani yo‘q. Laporta keyinchalik Kataloniya klubi La Liganing maosh me’yori bo‘yicha qoidalari tufayli Messini qo‘yib yuborishga majbur bo‘lganini ko‘p bora ta’kidladi. «Barsa» rahbari navbatdagi chiqishida ham avvalo, o‘sha muhim va qaltis qaroriga alohida to‘xtaldi. 

«Ha, Leo bilan xayrlashish qarori juda achinarli, - dedi Laporta Barselona rasmiy OAV vakillari bilan suhbatda. - O‘zimga qolsa, Messining ketishini hech qachon xohlamasdim, lekin mohiyatan qaraganda, voqealar rivojidan aslo afsuslanmayman. Binobarin, klubni amalda har narsadan, hattoki, eng kuchli futbolchidan ham ustun qo‘yishimiz shart. Qolaversa, vaziyat shunday yo‘l tutishni taqozo etgandi. Tobora haqiqat tomon yaqinlashyapmiz. Mana, hozir hech narsa bo‘lmagandek tuyulmoqda. Har holda, «Barselona» hikoyasi davom etmoqda. Faqat puxta o‘ylangan qarorlar ustida ishlash asnosida yana muvaffaqiyat sari yo‘lga qaytishimiz mumkin».

Kumanni ishdan bo‘shatish qarori

Joan Laporta niderlandiyalik Ronald Kumandan minnatdor. Zero, u jamoada yoshlarga keng imkoniyat yaratish yo‘lidan bordi. Klub prezidenti shuning barobarida murabbiyni iste’foga chiqarish qarori to‘g‘ri bo‘lganini ham ishonch bilan ta’kidlamoqda:

Aslida birinchi mavsumdan keyinoq Kuman boshqaruvi bo‘yicha ayrim shubhalar tug‘ilgandi, faqat unga nisbatan hurmat tufayli sabr qildik, ma’lum vaqt ishi qanday rivojlanishini kuzatdik. Biroq vaziyat o‘nglanavermagach, yana bir og‘riqli qaror ostiga imzo chekish vaqti kelganini tushundim. Oldinroq javob berish kerakmidi? Ha, tan olaman, ichki sezgiga quloq tutmay, xato qildim. Kumanni «Uembli»da urgan o‘sha goli, yoshlardan foydalanishda jur’at topgani uchun hamisha katta hurmat bilan eslayman. Ha, qarorimiz ko‘ngliga og‘ir botgani aniq, lekin umid qilamanki, bu alami o‘tib ketadi
.

Xavining murabbiy  rolidagi starti

«Barselona» prezidenti hozir Xavi Ernandes futbolchi sifatida o‘zi «bosh­qargan» jamoaga murabbiylik qilish imkoniyatidan unumli foydalanayotganidan mamnun:

- Xavi «Barselona» taqdim etgan imkoniyatga to‘g‘ri javob qaytardi. Shubha yo‘q, u klubni biladigan va sevadigan, umumiy falsafamiz va qarorlarimizga hurmat bilan yondashadigan, asosiysi, butun ichki mexanizmga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir xarakterli murabbiydir. Xavi qanday o‘ynashimiz kerakligini aniq tushunadi, yana mehnatkash, futbolni qalban yaxshi ko‘radi. Qolaversa, doi­mo «Barselona» futbolchilarini jamoa nimaligini teran anglagan holda yashashga majbur qila oladi. Endi Xavidek murabbiyga ega ekanligimizdan xursandman. Aminmanki, u jamoani uzoq vaqt boshqaradi va hali ko‘plab katta quvonchli lahzalarni bag‘ishlaydi.


Arauxo va Gavi bilan shartnoma

Laporta suhbat jarayonida klub Ronald Arauxo va Gavi bilan o‘rtadagi shartnoma muddatini uzaytirish bo‘yicha olib borilgan dastlabki muzokara natijalariga aniqlik kiritishni istamadi, lekin har ikki iqtidor yangi kelishuv ostiga imzo chekishlariga umid bildirdi:

- O‘yinga bog‘liq turli yangilanishlar haqida xo‘p va ko‘p gapirish mumkin. Fakt shuki, «Barselona»ning asosiy jamoasi uslubiga odatiy standartlarni qaytardik. Shunday ekan, yangi ijrochilar, xususan, yosh futbolchilarimizdan minnatdorman. Shartnoma masalasiga kelsak, avvalo, futbolchilarning o‘zlari «Barselona»da qolishni istashlari kerak. Umid qilamanki, Gavi va Arauxo ham yakunda xuddi Ansu Fati, Pedri hamda Niko Gonsales kabi klubda qolishga qaror qilishadi. Ular bilan kelishuvga erishish umidi katta, lekin takror aytaman, birinchi o‘rinda «Barselona» manfaati turadi, baribir.


Transferlar siyosati

Laportaning ta’kidlashicha, klub yozda yangi futbolchilar bilan kelishishga imkon beradigan qarorlar qabul qilishi kerak:

- Transferlar bozorida nechog‘li ishlashimiz oldimizda turgan ikki oyda qanday qarorlar chiqarishimizga bevosita bog‘liqdir. Agar yil davomida ishlangan operasiya­lardan loaqal ayrimlarini amalga tatbiq etsak, maqsadga erishamiz, albatta. O‘ylaymanki, bu kabi vazifalar qo‘limizdan keladi. Umuman, futbolchilarni Kataloniya tomon chorlaydigan qarorlar qabul qilishni paysalga solmasligimiz kerak.


«Barselona» Xolandni sotib oladimi?

Tabiiyki, ko‘pchilikni Dort­mund «Borussiya»si goleadori Erling Xolandning ehtimoliy transferi masalasi qiziqtiradi. Laporta esa bu mavzudagi savolga aniq javob bergani yo‘q. Umuman, u «Barselona»ning yozgi transferlar bozoridagi maqsadiga batafsil to‘xtalishni istamadi, shunchaki, klubda bu masala bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ishonch bildirdi:

- Muayyan futbolchilar haqida gapirolmayman, aks holda, ularning transfer bahosi oshib ketishi mumkin. Klub direktorlari Mateu Alemani va Xordi Kroyff bosh murabbiy bilan hamkorlikda yaxshi ishlashmoqda. Ular Xavining talablaridan xabardorlar. Albatta, barcha pozisiyalarni kuchaytirish rejasi yo‘q emas. Ustunligimiz shuki, yuqori saviyali futbolchilar «Barselona»da o‘ynash variantiga moyillar. Shu holat bozorda ishimizni ancha yengillashtiradi. Xoland? Bu futbolchi haqida nimadir deyishimga hojat yo‘q. Keling, muayyan ijrochilarni tilga olishni bas qilaylik. Chunki bu bilan faqat ularning bahosini oshiramiz va «Barselona»ga zarar keltiramiz, xolos. Xaridlar transferlar bozorining boshqa jumboqli qismlariga teginish vositasida amalga oshirilishi kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:45, 18.03.2022. O'qildi: 3078 marta. Fikrlar: 15 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.