Bugun 14 avgust, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 18 37
2 Neftchi 18 36
3 OKMK 18 34
4 Dinamo 18 34
5 Navbahor 18 31
6 Bunyodkor 18 31
7 Paxtakor 18 30
8 Surxon 18 23
9 Qizilqum 18 22
10 Andijon 18 21
11 So‘g‘diyona 18 20
12 Xorazm 18 19
13 Qo‘qon-1912 18 15
14 Mash’al 18 15
15 Buxoro 18 14
16 Sho‘rtan 18 10

O'tgan o'yinlar.

18-тур So‘g‘diyona 2-0 Mash’al
18-тур Neftchi 1-0 Nasaf
18-тур Dinamo 1-1 Paxtakor
18-тур OKMK 0-0 Qizilqum
18-тур Andijon 0-1 Navbahor
18-тур Sho‘rtan 1-2 Qo‘qon-1912
18-тур Buxoro 1-1 Xorazm
18-тур Surxon 3-1 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1214 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 473 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.08.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Бразилии. "Палмейрас" - "Сеара".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Бразилии. "Форталеза" - "Ботафого".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Коджаэлиспор".
      18:25 Новости футбола.
      18:30 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сантос".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Интернасьонал".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Газиантеп" - "Галатасарай".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Коринтианс".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - ТСЦ (Бачка-Топола).
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.08.2025

      07:25 "Физруки. Будущее за настоящим".
      08:00 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      09:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Команды. Техническая программа.
      12:25 "Культовые".
      12:55 Д/ф "В поисках самой сложной трассы".
      13:55 Сёрфинг. Альфа-Банк Wakesurf Cup 2025 в Москве. Wakeskim. Мужчины.
      15:30 Борьба. Международный турнир в Венгрии.
      17:45 Лёгкая атлетика. Золотой континентальный тур. Мемориал Иштвана Дьюлая в Будапеште, Венгрия.
      19:55 "Физруки. Будущее за настоящим".
      20:30 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве.
      22:05 "Формула-1. Гаснут огни".
      22:35 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Соло. Произвольная программа. Финал.
      23:45 Синхронное плавание. Чемпионат мира в Сингапуре. Женщины. Дуэты. Техническая программа. Финал.
      01:00 "Культовые".
      01:30 Д/с "Век нашего спорта". Татьяна Казанкина.
      02:05 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге. Женщины.
      03:20 "Формула-1. Гаснут огни".
      03:50 Стрельба из лука. Чемпионат России во Владивостоке.
      04:50 "География спорта". Красногорск.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.08.2025

      05:00 Д/ф "Брюс Ли. Путь воина".
      06:00 Новости.
      06:05 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге.
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Третий тайм".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 Д/ф "Мэнни Пакьяо. Непреодолимая сила".
      12:50 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Роман Долидзе против Энтони Эрнандеса.
      14:55 Специальный репортаж.
      15:15 Новости.
      15:20 Есть тема! Прямой эфир.
      16:45 "Взойди на свой Олимп".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:35 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      19:35 Смешанные единоборства. UFC 312 в Сиднее, Австралия. Дрикус Дю Плесси против Шона Стрикланда. Реванш.
      21:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. "Пари Нижний Новгород" - "Ростов" (Ростов-на-Дону). Прямая трансляция.
      23:30 Футбол. Fonbet Кубок России. Обзор.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:40 Евротур.
      02:30 Смешанные единоборства. ACA 183 в Краснодаре, Россия. Магомедрасул Гасанов против Шамиля Абдулаева.
      03:30 "Взойди на свой Олимп".
      04:00 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап 5 в Санкт-Петербурге.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.08.2025

      06:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      08:00 Велоспорт. Женщины. Тур Польши. Этап 2.
      09:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 2.
      10:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      11:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      12:00 Велоспорт. Женщины. Тур Польши. Этап 2.
      13:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 2.
      14:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/8 финала.
      15:00 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      18:30 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 4 в Лондоне, Великобритания. Женщины, мужчины.
      20:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала.
      21:30 LIVE Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      01:00 Велоспорт. Тур Дании. Этап 3. Индивидуальная гонка с раздельным стартом.
      02:00 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 1.
      03:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. 1/4 финала.
      04:30 Велоспорт. Тур Чехии. Этап 1.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bugun «el-klasiko». Ikkisi ham ikki front jangchisi. «Klasikolar»da g‘alabadan mosuvo "Barsa" Benzemasiz "Real"ga qarshi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Turnirdagi pozisiyasi

«El-klasiko»ga «Real» ichki chempionatda ketma-ket to‘rtta g‘alaba bilan yetib kelmoqda. Jamoa ayni dam «Sevilya»dan o‘n ochkoga ildamlab ketgan.

«Barselona» esa yetti o‘yindan oltitasini o‘z foydasiga hal etgan holda ajoyib seriyani namoyish etmoqda va buning evaziga to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib, ikkinchi pog‘onadagi «Sevilya» bilan o‘zaro farqni besh ochkogacha qisqartirgan (kataloniyaliklar ixtiyorida hali yana bir o‘yin ham bor). Uchinchi o‘rinni egallab turgan Madridning «Atletiko»si «ko‘k-anorranglilar»dan uch ochko ko‘p jamg‘argan bo‘lsada, «matraschilar» asosiy raqibidan ikki o‘yin ko‘proq o‘tkazganlarini ham ta’kidlab o‘tish joiz.

Real Madrid

1. Karim Benzema va Ferland Mendi «Barselona»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

«Real Madrid» va «PSJ» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi o‘yinida Karim Benzema endigina jarohatidan forig‘ bo‘lib, o‘zining eng yaxshi formasiga qaytayotgan edi. Biroq «qaymoqranglilar» o‘shanda o‘ta kuchsiz o‘yin namoyish etib, 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shunga qaramay madridliklar keyinchalik kuchli ruhiyat namoyish etib, besh uchrashuvda beshta g‘alabani qo‘lga kiritishdi, shulardan biri «PSJ»ga qarshi javob bahsi (3:1)ni ham o‘z ichiga oladi. «Real» ushbu uchrashuvlarda naq 14 ta gol urdi. E’tiborlisi, «Real»ning yaqin mavsumlardagi haloskori Karim Benzema 14 goldan 12 tasida bevosita ishtirok etgan. U 8 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasi g‘alabalariga muhim hissa qo‘shmoqda. Aynan Karim «PSJ»ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi va shu tariqa qarama-qarshilik taqdirini umuman teskari yo‘nalishga o‘zgartirib yubordi.

Ammo «el-klasiko» oldidan fransiyalik futbolchi yana jarohat oldi. Karlo Anchelotti «Real Madrid»ning ayni damdagi eng yaxshi to‘purari «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi. Mariano Dias va Luka Yovich so‘nggi besh o‘yinda maydonda bor-yo‘g‘i 6 daqiqa ko‘rinish berdi va ular hozircha yaxshi formada emas.

«Real Madrid» Benzemadan tashqari bugun Ferland Mendi xizmatlaridan ham foydalana olmaydi, unda ham jarohat mavjud. Nacho Fernandes qanotda o‘ynashi taxmin qilinmoqda, u bu yerda Usmon Dembele va Dani Alves bilan to‘qnash keladi. Albatta, bu kataloniyaliklar uchun ispan to‘sig‘idan o‘tishni qiyinlashtirishi aniq.

2 «Real Madrid»da «el klassiko»ga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘proq vaqt bor edi

«Real» Chempionlar ligasi doirasidagi o‘z o‘yinini 11 kun oldin o‘tkazdi, shundan so‘ng jamoa bor-yo‘g‘i birgina uchrashuvda maydonga tushdi va unda ham yirik hisobda g‘alaba qozondi. Shu tariqa, «qaymoqranglilar» olti kun davomida «el-klasiko»ga maqsadli va ancha puxta tayyorgarlik ko‘rishi kutilgan edi. Hozir jamoada «Barselona»ga qarshi to‘qnashuvga ajoyib jismoniy formada yetib borish imkoni mavjud.

Ammo «Barselona»ning taqvimi ancha murakkab. Kataloniyaliklar joriy hafta hisobidan ancha og‘ir bo‘lgan ikkinchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Xabaringiz bor, 17 martda jamoa Turkiyadan juda qiyin safar bahsini o‘tkazib qaytdi. «Ko‘k-anorranglilar» «Galatasaroy»ni mag‘lub etishdi (2:1). Keyingi bosqichga o‘tish o‘sha uchrashuv natijasiga bog‘liq bo‘lgani uchun Xavi rotasiyadan deyarli foydalanmadi. «Barselona»ga «el-klassiko»gacha tiklanib olish uchun bor-yo‘g‘i uch kun kerak bo‘ldi xolos, bu esa «Real» o‘tkazgan vaqtning yarmini tashkil etadi.

Barselona

1. «Barselona» «el klasiko»ga eng kuchli tarkib bilan boradi

2022 yilning boshida Xavi tarkibga asosiy 11 nafar futbolchini yig‘ish jarayonida ancha qiynaldi. U hatto «Barselona B» futbolchilarini ham sinab ko‘rdi, chunki jamoada koronavirus va jarohatlar epidemiyasi avj olgan edi. Biroq hozir vaziyat keskin o‘zgargan – aksariyat futbolchilar ijobiy tarzda o‘ziga keldi.

Xavida nafaqat tarkibni raqibga moslashtirish, balki uning sifatini yo‘qotmasdan ham uchrashuv davomida kuchaytirib borish imkoniyati mavjud. Serxi Roberto, Ansu Fati, Samuel Umtiti, Alexandro Balde hamon Kataloniya klubi lazaretida. Ular safiga bir kun avval Serjinyo Dest ham qo‘shilgan, biroq faqat Fati bo‘lajak o‘yinda asosiy tarkibdan joy olishi mumkin. Shuningdek, Pyer-Emerik Obameyang ham ajoyib formada, gabonlik yettita o‘yinda yettita gol urdi, u allaqachon «Barselona»ning joriy mavsumdagi ikkinchi to‘purari hisoblanadi.

2. «Ko‘k-anorranglilar» uch oydan beri La Ligada mag‘lub bo‘lmayapti

«Barselona»ning La Ligadagi so‘nggi mag‘lubiyati 2021 yilning 4 dekabrida sodir bo‘lgan, o‘shanda kataloniyaliklar «Real Betis»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan beri jamoa ligada 12 ta o‘yin o‘tkazib, sakkiz g‘alaba, to‘rt durang qayd etdi, 29 gol urib, 12 gol o‘tkazib yuborildi. Fevral va mart oylari ayniqsa muvaffaqiyatli o‘yinlarga boy bo‘ldi. Bu vaqt ichida «ko‘k-anorranglilar» oltita o‘yindan beshtasida g‘alaba qozonishdi, ularning to‘rttasida to‘rttadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

3. «Barselona» ko‘p gol uradi, lekin konvertasiya qilish bilan bog‘liq muammolar hali ham mavjud

Fevral-mart oylarida «Barselona» o‘nta o‘yinda 27 ta gol urdi, bu albatta ajoyib natija. Kataloniyaliklar urilgan gollar soni bo‘yicha allaqachon uchinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan (52), faqat «Real» (59) va «Atletiko Madrid» (53) bu borada yuqoriroq ko‘rsatkichga ega. Jamoa shuningdek, «Atletiko», «Valensiya», «Atletik» va A Seriyaning eng yaxshi himoya chizig‘iga ega bo‘lgan «Napoli» kabi klublar darvozasini to‘rt martalab ishg‘ol qildi. Bu albatta, Xavining imzosini ko‘rsatadi.

Biroq, hammasi ham u qadar silliq emas. «Barselona» hali ham vaqti-vaqti bilan gol urishda jiddiy muammolarga duch kelyapti. Bunga yorqin misol sifatida «Elche» (2:1) va «Galatasaroy» (0:0) bilan o‘yinlarni keltirish mumkin. «Elche» bilan qarama-qarshilikda jamoa butun 90 daqiqa davomida hujum qilib, 4,09 xGni qayd etdi, lekin faqat ikkitagina gol urgan xolos. «Kamp Nou»da esa «Galatasaroy»ga qarshi bahsda «Barsa» 1,61 xGda vaziyatlar yaratganiga qaramay, bir marta ham raqib darvozasini ishg‘ol eta olmagan.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi «Real» uchun 4-3-3 sxemasi o‘zgarmas kalitga aylanib ulgurdi. Jamoa mavsum boshidan beri deyarli ortiqcha o‘zgarish va eksperimentlarsiz ketmoqda. Bugun esa Karim Benzema o‘rniga Mariano Dias, Ferlan Mendi o‘rniga esa shu va oldingi mavsumlarda ko‘p bor chap qanot himoyasida harakat qilgan Nacho Fernandes o‘ynashi kutilyapti.

O‘z o‘rnida «Barselona» ham so‘nggi 3 oy davomida 4-3-3 sxemasiga ko‘nikib bo‘ldi. Jerar Pike o‘zida biroz noqulayliklarni boshdan kechiryapti va «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda almashtirildi, ammo shundan so‘ng u tuzalganini ma’lum qildi va bugun maydonga tushishga tayyor. Biroq yarim himoya qanday ko‘rinishda bo‘lishi katta so‘roq ostida, lekin bu yerda bir hafta oldin «Osasuna» bilan qarama-qarshilikda harakatlangan uchlikni ko‘rishimiz mumkin - Gavi-Buskets-Pedri.

«Real Madrid» «el-klasiko»ga ancha yaxshi formada yetib kelmoqda. Jamoa so‘nggi besh o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi va bu jarayonda 14ta gol urdi. Ushbu natijalarda, albatta, 14 ta golning 12 tasida (sakkizta gol va to‘rtta golli uzatma) bevosita ishtirok etgan Karim Benzemaning xizmatlari katta. Ammo Karim jarohat olgan va bugungi bahsda qatnashmaydi. Shuningdek, yana bir jarohat olgan Ferland Mendi uchun ham «Barsa»ga qarshi maydonga tushish nasib etmaydi. Boshqa tomondan, «Real Madrid»da jismoniy tayyorgarlik borasida biroz ustunlik mavjud, chunki ular olti kun dam olish imkoniyatiga ega bo‘ldi, «Barselona» esa atigi uch kun.

«Barselona» Xavi qo‘l ostida mavsumning eng yaxshi qismlarini o‘tkazmoqda: kataloniyaliklar so‘nggi 11 o‘yinda barcha musobaqalar doirasida mag‘lub bo‘lmadi, shulardan to‘rttasida to‘rtta gol urdi. Qolaversa, «Barselona» o‘zining eng kuchli tarkibi bilan o‘ynashga tayyor. Jarohat olgan futbolchilar orasida Dest, Balde, Fati, Roberto va Umtiti nomlari bor.

Bu mavsum ikkala «el-klasiko» ham «Real Madrid» g‘alabasi bilan yakunlandi, ammo hozir «Barselona» ajoyib formada, «qaymoqranglilar»ning esa eng yaxshi o‘yinchisi safdan chiqqan. Shunday ekan, bugun «Real»ga oson bo‘lmaydi.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:34, 20.03.2022. O'qildi: 5426 marta. Fikrlar: 22 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Насаф Husayn Norchayev 9
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 8
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Андижон Rustam Turdimurodov 5
10 Нефтчи Zoran Marushich 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.