Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 01.09.2025 00:30
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Barselona
  • CAFA Nation's Cup
      • 01.09.2025 17:00
      • Hindiston
      • 0:3
      • Eron
      • 01.09.2025 20:30
      • Tojikiston
      • 2:0
      • Afg‘oniston
      • 02.09.2025 17:00
      • O'mon
      • 2:1
      • Qirg‘iziston
      • 02.09.2025 19:30
      • O‘zbekiston
      • 2:1
      • Turkmaniston
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 O'mon 2 4
2 O‘zbekiston 2 4
3 Qirg‘iziston 2 1
4 Turkmaniston 2 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 2 6
2 Tojikiston 2 3
3 Hindiston 2 3
4 Afg‘oniston 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Hindiston 0-3 Eron
2-тур Tojikiston 2-0 Afg‘oniston
2-тур O'mon 2-1 Qirg‘iziston
2-тур O‘zbekiston 2-1 Turkmaniston

Navbatdagi o'yinlar.

04/09/25 Afg‘oniston - Hindiston
04/09/25 Tojikiston - Eron
05/09/25 Turkmaniston - O'mon
05/09/25 O‘zbekiston - Qirg‘iziston

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3097 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1203 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 02.09.2025

      05:15 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      07:15 Д/ф "Куртуа. Возвращение".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      12:00 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      16:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Сан-Паулу".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Палмейрас".
      20:00 Чемпионат Бразилии. "Интернасьонал" - "Форталеза".
      22:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      23:05 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Бешикташ".
      01:00 Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Ред Булл Брагантино".
      03:00 Д/ф "Шмейхель".
      04:35 "Всё о главном". Глеб Панферов.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 02.09.2025

      07:30 "Тайны звёзд спорта".
      08:00 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      10:05 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. 1/2 финала.
      11:45 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. Финал.
      13:10 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
      17:05 "Культовые".
      17:35 Гребля на каяках и каноэ. Кубок Доброй Воли в Москве.
      20:05 Бильярд. BetBoom Лига чемпионов в Москве. 1/2 финала.
      22:10 "Тайны звёзд спорта".
      22:40 Прыжки в воду. Чемпионат мира в Сингапуре. Мужчины. Трамплин 3 м. Финал.
      00:00 Д/ф "Пеле. Король футбола".
      00:45 "Культовые".
      01:15 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Финальный этап в Цюрихе, Швейцария.
  • MATCH-TV
    • Sana: 02.09.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Гандбол. Суперкубок России. Женщины. ЦСКА (Москва) - "Ростов-Дон" (Ростов-на-Дону).
      07:30 Автоспорт. Российская серия кольцевых гонок. Этап 6 на автодроме "Moscow Raceway".
      08:00 "Лучшие из лучших".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Культовые".
      12:30 Смешанные единоборства. ACA 168 в Москве. Устармагомед Гаджидаудов против Альберта Туменова.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Спортивная гимнастика".
      16:55 "Лучшие из лучших".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 Д/ф "Тони Кроос".
      21:00 LIVE Мир РПЛ. Прямой эфир.
      22:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Джаред Каннонир против Каю Борралью.
      00:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      01:35 Д/ф "Льюис Хэмилтон".
      03:00 "Культовые".
      04:00 Регби. Pari Чемпионат России. "Енисей-СТМ" (Красноярск) - "Металлург" (Новокузнецк).
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 02.09.2025

      07:00 Велоспорт. Гонка "Классика Бретани" во Франции.
      08:30 Теннис. US Open. Раунд 4.
      10:00 Мотоспорт. Спидвей. Гран-при. Этап 8 во Вроцлаве, Польша. Обзор.
      11:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 7 эп.
      11:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 9. Альфаро - Вальдескарай.
      12:00 Теннис. US Open. Раунд 4.
      14:15 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 9. Альфаро - Вальдескарай.
      14:45 LIVE Велоспорт. "Вуэльта". Этап 10. Природный парк Сендавива - Ларра-Белагуа. Прямая трансляция.
      17:45 LIVE Теннис. US Open. Женщины. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      19:30 LIVE Теннис. US Open. Мужчины. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      22:30 Велоспорт. "Вуэльта". Этап 10. Природный парк Сендавива - Ларра-Белагуа.
      00:00 Теннис. US Open. Женщины. 1/4 финала.
      00:45 LIVE Теннис. US Open. Женщины. 1/4 финала. Прямая трансляция.
      03:00 LIVE Теннис. US Open. Мужчины. 1/4 финала. Прямая трансляция.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Voleybolning O‘zbekistondagi holati: sportchilarimizning jahon maydoniga chiqish imkoniyati qanday?

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / velosport
Rukn: Yangiliklar
A A A

Voleybol dunyodagi eng ommaviy sport turlaridan biri sanaladi. Jahonda bukmekerlar o‘rtasida eng mashhur kompaniyalardan biri hisoblangan "Ligalbit"ning ma’lumotiga ko‘ra, voleybolga qiziquvchilar, o‘yinlarni bevosita tomosha qiluvchilar 900 million nafardan ortiqni tashkil etadi.

Yana bir e’tiborli holat. Bugungi kunda Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA)ga tegishli milliy federasiyalar 221 tani tashkil etsa, milliy voleybol federasiyalari 222 ta ekanligi ham mazkur sport turining qamrovi qanchalik keng ekanligini ko‘rsatmoqda.

Xo‘sh, jahon sport turlari orasida eng tomoshabop voleybolning O‘zbekistondagi holati qanday? Mamlakatimiz voleybolchilarining erishayotgan yoki erishajak natijalari qaysi musobaqalarda yaqqolroq ko‘rinish olmoqda? Mamlakatimiz xalqaro voleybol olamida qaysi pog‘onani egallab turibdi? Joriy yil Xitoyda o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlarida voleybol bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasining ishtirok etish imkoniyatlari qay darajada? O‘zbekiston voleybol federasiyasi bosh kotibi Husan Nasrullayev bilan shu haqda suhbatlashdik.

- Bugungi kunda yurtimizda qancha sportchi voleybol bilan shug‘ullanadi?

- Bir paytlari voleybol yurtimizda eng ommaviy sport turlaridan biri sanalardi. Har bir maktabda, mahallada, aholi maskanlarida voleybol maydonchalari bo‘lardi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan sohaga e’tiborsizlik, sport jihozlarining yetishmasligi natijasida joylardagi maydonchalar e’tiborsiz holatga keldi. 2017 yili Prezidentimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning qabul qilinishi, aholini o‘yin sport turlariga jalb etish borasida imzolagan boshqa davlat dasturlari, «yo‘l xarita»lari asosida voleybol sport turining yelkasiga shamol tegdi. 2016 yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimizda 25 ming nafar yoshlar voleybol bilan shug‘ullanadi, deya ko‘rsatilgan. Aslida o‘sha paytlarda umumiy holatda voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 15 mingga ham yetmasdi. Bugun vaziyat umuman boshqacha. 2021 yilgi aniq ma’lumotlarga ko‘ra, 49 ming nafarga yaqin o‘smir va yoshlar turli ta’lim va sport muassasalarida voleybol bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. 250 ming nafarga yaqin aholining turli qatlamlari o‘z sog‘ligini tiklash va kunlik bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida voleybol o‘ynaydi.

- Avvallari o‘quv yurtlaridagi, maktablardagi sport majmualarini, sport zallarni voleybol va basketbolsiz tasavvur etolmasdik. Hozir bu holat biroz boshqachadek. Maktablarda, o‘quv yurtlarida voleybolning o‘sha ommaviy holatiga qaytish uchun nima ishlar qilinmoqda?

- Hozirgi kunda ham o‘quv yurtlaridagi va maktablardagi sport majmualari sport zallarida voleybol ta’lim standartlaridan o‘rin olgan. Dars va darsdan tashqari to‘garaklarda mashg‘ulotlar olib boriladi. Ayniqsa, bugungi kunda biroz tanaffusdan so‘ng tuman, shaharlaru, qishloqlarda, xalq orasida ommaviy voleybol o‘yinlarini tashkil etish yana urfga kirib bormoqda.

- Keyingi 1-2 yilda mamlakatimiz voleybolchilarining Osiyo qit’asidagi musobaqalardagi ishtiroki biroz jonlandi. Ma’lum bir yutuqlarga ham erishilmoqda. Kelgusi rejalar qanday?

- 1991 yilgacha yurtimizda turli darajadagi nufuzli musobaqalarda ishtirok etib kelgan sportchilar soni kam bo‘lsa-da, ular orasidan xalqaro turnirlar, jahon chempionatlari ishtirokchilari, hatto Olimpiya o‘yinlari chempionlari yetishib chiqqan. Mustaqillik davrida terma jamoalarimiz imkon qadar xalqaro musobaqalarda ishtirok etdi. Natijalar u qadar yuqori bo‘lmagan. 2021 yildan boshlab O‘zbekistonda voleybol sport turini yangi pog‘onaga olib chiqish, Osiyo va xalqaro maydonda o‘z o‘rnini qaror toptirish maqsadida tizimli reja ishlab chiqildi. Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Olmaliq kon metallurgiya kombinati yordami bilan 2021 yilda 530 dan ortiq respublika va 8 ta xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lindi. Bundan tashqari, terma jamoalarimiz uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari ham tashkil etila boshlandi.

Buning natijasida erkaklar va ayollar hamda yoshlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionatida 2 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 3 ta 3-o‘rin, erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatida 12-o‘rin, klublar o‘rtasida Osiyo chempionati 9-o‘rin, Markaziy Osiyo chellenj kubogi ayollar jamoasi 2-o‘rin, erkaklar esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Bugungi kunda ushbu natijalar tufayli O‘zbekiston Osiyoda 65 davlat orasida 24-o‘rinni, dunyo reytingida 222 davlatlar ichida ayollar 120-o‘rin, erkaklar jamoasi 87-o‘rinni egallab turibdi. Shu o‘rinda aytish kerakki, 2016-2018 yillar mamlakatimiz voleyboli qit’a va jahon reytingida oxirgi o‘rinlarda kelayotgandi. 2022 yilda yosh toifalari bo‘yicha yurtimiz terma jamoa a’zolari 5 ta kompleks musobaqalar, 6 ta Osiyo konfederasiyasi hamda 6 ta Markaziy Osiyo musobaqalarida ishtirok etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, shu yilning o‘zida 50 ga yaqin klassik va sohil voleyboli bo‘yicha respublika musobaqalari o‘tkazilishi belgilangan.

- Voleybolchilarimizning yaqin yillarda jahon chempionatlarida qatnashish imkoniyati qanday?

- O‘tgan yili Osiyo voleybol federasiyasi tizimida samarali harakatimiz natijasida 17 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi qit’a chempionatini o‘tkazish huquqini O‘zbekiston qo‘lga kiritdi. Bu, yoshlar terma jamoamiz uchun jahon chempionati final bosqichiga chiqish uchun qulay imkoniyat.

- 2021 yili O‘zbekistonda qit’a miqyosidagi 1-2 ta xalqaro musobaqa o‘tkaziluvdi. Bu yil 3 ta qit’a darajasidagi nufuzli musobaqalarga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Ushbu nufuzli turnirlarni xorijiy mamlakatlarga translyasiya ishlari qanday hal etilmoqda?

- Bu borada hozirgi kunda respublika musobaqalari yutub va feesbuk kanallari orqali voleybol ishqibozlariga havola etilmoqda. Qit’a chempionatlari esa shu yildan boshlab xalqaro mutaxassislar bilan hamkorlikda butun dunyoga efirga uzatilishi yuzasidan muzokara olib bormoqdamiz. Rejalar bisyor, lekin bu masalalarni hal etishda homiylarni jalb etgan holda mablag‘ bilan ta’minlash muammolari ham yo‘q emas.

- O‘zbekiston milliy terma jamoalarining yetakchi mamlakatlarning terma jamoalari, alohida klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish borasida qanday rejalar qilinmoqda?

- Bugungi kunda erkaklar milliy terma jamoalari a’zolaridan Islomjon Sobirov Turkiya va Indoneziyada, uning akasi Ahror Sobirov Ruminiya klubida, Bunyodbek Husinov esa Qozog‘iston klubida legioner sifatida faoliyat yuritmoqda. Kuchli jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘yicha Eron va Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishgan bo‘lsak, 2022 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chellenj kubogi va klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlari davrida vakillarimizning mahoratlarini oshirish uchun qulay imkoniyat hisoblanadi.

- Bu yil Xitoyda yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Yurtimiz voleybolchilarining mazkur o‘yinlarda qatnashish imkoniyati bormi?

- Avvalo ko‘proq musobaqalarda ishtirok etish, malakali trenerlar tarkibi, sportchilarning vitamin ta’minoti, tibbiy ko‘riklari va jismoniy holatini saqlab turish masalalarida moliyaviy tanqislik bo‘lmasligi lozim. Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston erkaklar va ayollar milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etish uchun talabnoma berilgan va ushbu musobaqalarda munosib qatnashish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz, degan umiddaman.

- Bu yo‘lda mamlakatimiz voleybolchilariga omad tilaymiz. Mazmunli suhbat uchun tashakkur!


To‘lqin Ro‘ziyev suhbatlashdi, O‘zA

Manba: uza.uz
Kiritildi: 16:00, 24.03.2022. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Эрон Amirhussayn Hussaynzoda 3
2 Ўмон Issam al-Sabhiy 2
3 Ўзбекистон Igor Sergeev 2
4 Ўзбекистон Hojimat Erkinov 1
5 Ўмон Nosir ar-Rovahiy 1
6 Эрон Majid Hussayniy 1
7 Афғонистон Umid Musaviy 1
8 Тожикистон Shahrom Samiyev 1
9 Ҳиндистон Anvar Ali 1
10 Ҳиндистон Sandesh Jhingan 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.