Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 48
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Kristal Pelas 26 35
13 Fulhem 26 34
14 Brayton 26 32
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 15
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rossiya klublari Osiyo chempionlar ligasida. Bu qanchalik haqiqat?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Zenit» – «Nasaf» yoki «Spartak» – «Paxtakor» uchrashuvlari sizga qanchalik ma’qul?

Rossiya klublari yevrokuboklardan chetlashtirildi va eng yomoni RPL jamoalarining kuzdagi Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferensiya ligasidagi ishtiroki ham so‘roq ostida. Shu asnoda rus futboli xalqaro maydondagi o‘yinlardan chetda qolmaslik uchun turli yo‘llarni qidirmoqda. Masalan, Aleksandr Samedov Rossiya jamoalari Osiyo chempionlar ligasida qatnashishini taklif qildi.

«Osiyo Chempionlar ligasi bizning klublar uchun juda mosRFI OFKgamurojaat qilishi mumkin. Agar bu turnirda «Spartak» yoki «Lokomotiv» kabi klublarimiz g‘olib bo‘lsa, bu rus futboli juda katta yutuq bo‘lardi. Rostini aytadigan bo‘lsak, bu musobaqada g‘alaba qozonish unchalik oson emas»,— dedi «Spartak» va Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Bir qarashda Samedovning taklifi mantiqiy to‘g‘ri. Ehtimol, u hozirda rus futbolida keng muhokama qilinayotgan narsalarni ham aytdi. Lekin bu qanchalik real?

Balki OFKga qo‘shilish Rossiya futboli uchun yagona imkoniyatdir?

Ehtimol, urush tugagandan so‘ng, Rossiya darhol UYEFAga qaytishi mumkin. Ammo bu narsaning amalga oshish ehtimoli bormi? Albatta, UYEFAga nisbatan rus futboliga qarshi sanksiyalardan voz kechmaslik uchun bosim davom etadi. Hozirda Yevropaning 38 ta federasiyasi Rossiya terma jamoasi va klublariga qarshi o‘ynashdan bosh tortgani ma’lum. Ba’zi mamlakatlar esa RPL klublari neytral hududda, neytral bayroq ostida o‘ynashi kerakligini ta’kidlashdi. Ammo bu Rossiya futboli uchun qanchalik yaxshi?

Osiyodachi? Osiyo Chempionlar ligasidagi ehtimoliy raqiblardan faqat to‘rtta davlat - Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur va Avstraliya ro‘yxatidan joy olgan. Demak, siyosiy nuqtayi nazaridan Samedovning taklifi yaxshi. FIFA prezidenti Janni Infantino moslashuvchan shaxs. Agar, OFK va unga a’zo davlatlar rus klublari Osiyoda o‘ynashiga qarshi bo‘lmasa, FIFA ham Rossiyaning UYEFAdan OFKga o‘tishiga ruxsat berishi mumkin.

OFK FIFAga bo‘ysunadi, shuning uchun ham Osiyo futbol konfederasiyasi Infantino tashkilotining roziligi talab qilinadi. Ammo Rossiya UYEFA tarkibidan chiqishga majbur bo‘ladi.

Aytgancha, OFK Nizomining bir bandida yangi mamlakatlarning kirib kelishiga oid shunday yozilgan:

«Assosiasiyalar geografik jihatdan Osiyo qit’asida joylashgan bo‘lishi kerak (Rossiya - qisman Osiyoga yaqin). Shuningdek, boshqa qit’ada joylashgan futbol assosiasiyasi, agar u boshqa konfederasiyaga a’zo bo‘lmasa, a’zolikka qabul qilinishi mumkin. Bunday qabul FIFA nizomiga muvofiq bo‘lishi kerak».

Shunga o‘xshash holatlar oldin ham sodir bo‘lgan. Masalan, Isroil 1954 yildan 1974 yilgacha OFK a’zosi bo‘lgan. Keyin arab davlatlarining noroziligi tufayli tashkilotni tark etdi. Yangi Zelandiya 1964-1966 yillarda OFK a’zosi bo‘lgan. Okeaniya Futbol Konfederasiyasining paydo bo‘lishi bilan yangi zelandiyaliklar Osiyoni tark etdi. Avstraliya 2006 yildan hozirgi kungacha OFK tarkibiga kiradi. Ularning terma jamoasi va klublari Osiyo turnirlarida ishtirok etadi. Shuningdek, Qozog‘iston 2002 yilda Yevropaga ko‘chib o‘tishidan avval OFK a’zosi edi.

Osiyo chempionlar ligasida Rossiya klubdari favoritlar qatorida bo‘ladimi? Musobaqa haqida qisqacha

Musobaqa hozirgi nomi va formatini 2003 yilda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va OFK kubogi egalari kubogi birlashganidan keyin oldi. Unda Osiyoning eng kuchli davlatlaridan milliy chempionat g‘oliblari va kubok sohiblari ishtirok etmoqda. Reyting (bu yerda UYEFAdan farqli tomoni bor) natijalar, balki mamlakatlarning futbol infratuzilmasi va boshqa muhim narsalar bilan ham inobatga olinadi.

Osiyo Chempionlar Ligasi ishtirokchilari ikki yo‘lga bo‘lingan: biri G‘arbiy Osiyoning 12 davlatidan, ikkinchisi esa 12 Sharqiy Osiyo davlatidan. Birinchi guruhda Qatar, Saudiya Arabistoni, Eron, BAA, Iroq, O‘zbekiston, Iordaniya, Hindiston, Tojikiston, Turkmaniston, Livan va Suriya. Ikkinchi guruhda – Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tailand, Avstraliya, Filippin, Vyetnam, Malayziya, Singapur, Gonkong va Myanma.

Guruh bosqichida 40 ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 10 ta guruhga bo‘linadi va har birida to‘rttadan klub joy oladi. Sharqiy osiyoliklar uchun beshta va G‘arbiy osiyoliklar uchun beshta guruh. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar 1/8 finalga yo‘l oladi. Faqat final Sharqiy va G‘arbiy Osiyoning eng yaxshi klublarini birlashtiradi.

Eng titulli klub Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bo‘lib, u finalda sakkiz marta ishtirok etgan va to‘rt mart g‘alaba qozongan. Oxirgisi o‘tgan yili qo‘lga kiritilgan: finalda Osiyo futbolining yana bir giganti Janubiy Koreyaning «Poxang» jamoasini mag‘lub etgan. Shu bilan birga, Janubiy Koreya (12 kubok) va Yaponiya (7) klublari kubokni boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq qo‘lga kiritgan. Saudiya Arabistoni bu ro‘yxatda uchinchi (6), Eron, Xitoy va Isroil (3tadan g‘alaba) keyingi o‘rinlardan joy olgan.

Oxirgi marta 2019 yilda Osiyo Chempionlar ligasida yevropalik futbolchi eng yaxshi deb topilgan. Bu fransiyalik hujumchi Bafetimbi Gomis bo‘lib, o‘shanda u to‘purarlar poygasida g‘olib chiqqan edi. Umuman olganda, Osiyoda ajoyib legionerlar ko‘p.

RPL klublari ushbu musobaqaning favoritlari qatoriga kirishlari aniq. Ammo Rossiya klublari OFKga kirishlariga ruxsat berilgan taqdirda ham, ular  2023 yildan qatnashishadi, chunki bu mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlangan.

Ammo OFKda qatnashish rus futboliga moliyaviy jihatdan katta yo‘qotish olib kelishi mumkin. Sababi Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtiroki uchun beriladigan mukofot puli OCHLdagi g‘alaba qozongan jamoaga beriladigan summadan ko‘proq. Voqealar rivoji qanday tus olishini yaqin oylar, balki kunlarda bilib olamiz.

Manba: Championat.com
Kiritildi: 21:21, 27.03.2022. O'qildi: 8205 marta. Fikrlar: 58 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.