Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dunyoni jasur va tavakkal qilishdan qo‘rqmaydiganlar zabt etadi». Serxio Ramosning eng mashhur iqtiboslari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol tarixidagi «yovuz odam»lardan biri bo‘lgan Serxio Ramos 30 mart kuni 36 yoshni qarshi oldi. G‘alaba uchun hech narsadan tap tortmasligi va maydonda bamisoli jangchidek harakat qilgani uchun unga yuqoridagi ta’rif berilgani hech kimga sir emas. Ramos garchi faoliyatini «Sevilya»da boshlagan bo‘lsa-da, «Real» va uning nomi har doim yonma-yon kelgan. Haqiqatan ham Serxio aynan «qirollik klubi» safidagi faoliyati bilan dunyo futbolini zabt etgan. 16 mavsum, 671 o‘yin, 101 gol va 22 ta sovrin. Shunchaki aql bovar qilmas raqamlar. To‘rtta Chempionlar Ligasi bosh sovrini va beshta Ispaniya chempionati Kubogi Serxio madridliklarga taqdim etgan asosiy sovrinlardandir.

Bundan tashqari, Ramosning Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati ham alohida va cheksiz so‘z yuritish mumkin bo‘lgan mavzu. U «qizil furiya» tarkibida ikki karra Yevropa chempioni (2008, 2012 yillarda) va bir marta jahon chempioni (2010) bo‘lgan. Ma’lumki, Ispaniya terma jamoasida deyarli barcha davrlarda raqobat kuchli bo‘lgan, ammo garddekkina bo‘rttirish bo‘lsa ham bu raqobatning Ramosga aloqasi yo‘qligini aytish mumkin.

Ammo hayotda har doim ham hammasi bir tekis davom etmaydi. 2020/21 yilgi mavsum so‘ngida Ramos jiddiy jarohat orttirib oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Aynan shu sabab u Yevro—2020 ni o‘tkazib yubordi. Ramos bu jarohatdan haligacha tamomila qutulgani yo‘q va «PSJ» tarkibida ham o‘ynab ketolmayapti. «Real»ning u bilan qanday xayrlashgani esa ortiqcha izohga hojat qoldirmaydigan mavzu. «Daryo» esa quyida tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ramosning futbol va hayot haqidagi eng mashhur iqtiboslarini taqdim etadi.

Jasorat haqida
Dunyoni jasur va tavakkal qilishdan qo‘rqmaydigan insonlar zabt etadi. Agar harakat qilmasangiz, hech narsaga erisholmaysiz. Tavakkal qilsangiz esa hech narsasiz qolishingiz yoki g‘alaba qozonishingiz mumkin. Nima bo‘lganda ham muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yuqoriroqdir. Bunga ishonaman. Inson qiyin damlarda o‘zini yaxshiroq bilib oladi, stressli vaziyatlarda esa ko‘proq narsaga erishishi mumkin, bu bizni kuchliroq qiladi.

2018 yilgi Chempionlar Ligasi finali haqida
Chempionlar Ligasi finali hammaning yodida, lekin oilam va farzandlarimga o‘lim bilan tahdid qilinganini hech kim eslamaydi.

Salohning jarohati? Bu meni umuman bezovta qilmaydi. Hamkasbimni jarohatlamoqchi emasdim, shuning uchun vijdonim toza. Muxlislarning munosabati menga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi.

O‘yinlardan keyin qanday tiklanishi haqida
Har bir o‘yinda 3,2 kilogramm vazn yo‘qotaman. O‘yindan keyin 2,5 litr maxsus tetiklantiruvchi ichimlik ichaman. Bu tezroq tiklanish uchun kerak.

«Real» haqida
Hech kim klubdan yuqori bo‘la olmaydi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar «Real» mavjud bo‘lib qoladi. Klub emblemasi va libosi uchun ming bor qon to‘kkan bo‘lardim.

Lionel Messi haqida
Argentinaning eng yaxshi futbolchisi — Lionel Messi. U Diyego Maradonani ortda qoldirgan. Leo ajoyib va ​​betakror futbolchi. Yillar davomida undan aziyat chekdik. Agar Messi «Barselona» tarkibida bo‘lmaganida, ko‘proq sovrinlar qo‘lga kiritishimiz mumkin edi.

Kumirlari haqida
Shunday futbolchilar borki, ularning maydon va uning tashqarisidagi xatti-harakatlari kishini ilhomlantiradi. Bolaligimda Paolo Maldini, Fernando Yerro, keyinchalik esa Karles Puyolning harakatlaridan hayratlanganman.

VAR haqida
Videotakrorlar tarafdoriman. O‘yindan tashqari holatdan gol urib, g‘alaba qozonib bo‘lmaydi. Nohaq belgilangan penalti bilan ham. Bu borada ushbu tizim yordam berishi mumkin. To‘liq va to‘g‘ri foydalanishni o‘rganib bo‘lganimizdan keyin jarayon tezlashadi.

Maqsadi haqida
Maqsadim — otamning ko‘zidagi g‘ururni ko‘rish.

Gollarini kimga bag‘ishlashi haqida
Markaziy himoyachi uchun ko‘p gol uraman. Har bir golimni menga aziz insonlarga bag‘ishlayman.

Omad haqida
Omad har kuni mehnat qilishga odatlangan, borini ishga bag‘ishlaganlarga kulib boqadi. Siz biladigan va sevadigan Serxio Ramos bo‘lish uchun ko‘p narsani qurbon qilishimga to‘g‘ri kelgan. Avvalo — bolaligimni.

Oilasi haqida
Men uchun oila birinchi o‘rinda turadi. Oilamga hech kim bilmaydigan tomonlarim ma’lum. Oilam va do‘stlarim yonimda bo‘lsa, o‘zimni baxtli his qilaman. Ular bilan quvonchni baham ko‘rishdan yaxshiroq narsa yo‘q.

Taslim bo‘lmaslik haqida
Tajribam shuni ko‘rsatadiki, hech qanday holatda taslim bo‘lmaslik kerak. Xotirjamlikni saqlashimiz va ishlashda davom etishimiz lozim.

Qo‘pol o‘ynashi haqida
Maydonda raqiblarimga qarshi juda qattiq o‘ynay olaman. Oyog‘imni yashirmayman, to‘qnashuvlardan qo‘rqmayman. Lekin negadir hakamlarda men haqimda g‘alat fikr bor. Ular boshqa o‘yinchilarga hatto og‘zaki ogohlantirish berilmaydigan joyda Ramosga kartochka ko‘rsataveradi.

«Oltin to‘p» haqida
Faoliyatim davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdim va agar ular meni «Oltin to‘p» bilan taqdirlashsa, bu tarixiy lahza bo‘lardi.

Hakamlik haqida
Hakamlik haqida qancha ko‘p gapirsak, u shunchalik yomonlashib boraveradi.

Tanqidlar haqida
Hammaga hurmat bilan qarayman va har qanday tanqidni qabul qilaman — bu meni yanada kuchliroq qiladi, oldinga yurishimga turtki bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:30, 31.03.2022. O'qildi: 2369 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик