Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Surinamlik yulduzlar haqida: Tartibli menejment mahsuli

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Surinam - Janubiy Amerikaning shimoli-sharq sohilida joylashgan mo‘’jazgina mamlakat. 1975 yili Niderlandiya mustamlakasidan qutulib, mustaqillikka erishgan Surinam Ruud Gullit, Klarens Zeedorf, Patrik Klyuyvert, Virjil van Deyk, Jorjinyo Veynaldum kabi ko‘plab nomdor futbolchilarning tarixiy vatani hisoblanadi. Biroq Surinam milliy jamoasining o‘zi hali katta muvaffaqiyatlarni ko‘rgan emas. To‘g‘ri, surinamliklar kelajakda shonli zafarga eltuvchi taraqqiyot yo‘lini topib olishgandek. Quyidagi maqola shu mamlakatning kamtarin jamoasi haqida.

Surinam KONMEBOL emas, KONKAKAF a’zosidir. Sababi oddiy: Janubiy Amerika jamoalari o‘rtasidagi keskin raqobat. Surinam va Gayana termalari KONMEBOLda yaqqol autsayder bo‘lib qolishi tayin edi. Qolaversa, Karib havzasi mamlakatlari jamoalari bilan kuch sinashish surinamliklardan katta mablag‘ talab etmaydi. Surinam termasi yangi asrning ortda qolgan yillari na KONKAKAF va na FIFA bayrog‘i ostidagi saralash turnirlarida guruh bosqichidan chiqa oldi. O‘tgan yildan e’tiboran esa shu kamtar jamoa o‘z safiga Niderlandiya termasidan joy topolmagan, lekin Eredivizion, hattoki, top-ligalarda ishonchli to‘p surayotgan futbolchilarni jalb eta boshladi. Natija uzoq kuttirib qo‘ymadi: surinamliklar JCH-2022 saralashi birinchi bosqichida Kanada termasidan keyin 2-o‘rinni egalladi. Chunonchi, bir qator yevropalik futbolchilar Surinam milliy jamoasi sharafini himoya qilishga rozilik bildirishdi. Xullas, surinamliklar tartibli menejment hisobiga jamoa tarkibini qisqa vaqtda sezilarli darajada kuchaytirib olishdi.

1. Rayan Donk (35 yosh). «Qosimposho»ning baland bo‘yli markaziy himoyachisi. U 2021 yilning 10 fevralidan buyon Surinam termasida katta rol o‘ynamoqda. «Valveyk» tarbiyalanuvchisi vaqtida «Barselona», «Ayaks» va PSV kabi katta klublar nazariga tushgan, biroq avvaliga AZ safida tajriba oshirishni afzal ko‘rgandi. Rayan shuning barobarida Niderlandiya U-21 termasida 2 mavsum to‘p surib, 2007 yili Yevropa chempioni bo‘ldi. Keyinchalik «Vest Bromvich»da omadsizlikka yuz tutgan va Belgiyaning «Bryugge» klubida sport formasini qayta tiklagan himoyachi 27 yoshida «Qosimposho» taklifini qabul qildi. Donk bu orada «Galatasaroy» tarkibiga qo‘shilib, Turkiyaning ikki kara chempioniga aylandi, qisqa vaqt «Betis»da ijara muddatini o‘tadi va yakunda erkin agent maqomida «Qosimposho»ga qaytdi. 35 yoshli faxriy endilikda Surinam termasining asosiy himoyachisi. Donk jamoa libosida 7 marta maydonga tushib, sardorlik bog‘ichini taqishga ham ulgurdi.

2. Sheraldo Bekker (27 yosh). «Ayaks» akademiyasida tahsil olgan bu futbolchi ayni payt «Union» (Berlin) a’zosidir. Amsterdam klubi mavsum-2014|2015da iqtidorli vingerni ijara kelishuvi asosida «Zvolle»ga yubordi. Sheraldo yangi jamoasida Erediviziondagi gollari hisobini tezda ochdi, ammo ko‘p o‘tmay, jiddiy jarohatga yo‘liqdi. Keyinchalik 200 ming yevro evaziga «Den Xaag» safiga o‘tgan futbolchi jamoadagi 3-mavsumda binoyidek mahsuldorlik qayd etdi - 7ta gol va 10ta samarali uzatma. To‘g‘ri, «Union» bilan erkin agent maqomida shartnoma tuzgan Bekker Berlinda jarohatlar tufayli bar­qaror o‘ynolmayapti. Aytgancha, u ham vaqtida Niderlandiyaning barcha yosh toifasidagi termalarida o‘ynagan, faqat milliy jamoada emas. Bekker Surinam termasidagi debyutini 2021 yilning 5 iyun kuni nishonladi. U hozirga qadar jamoaning 5ta o‘yinida 2ta gol urdi.

3. Uorner Xan (29 yosh). «Gyoteborg» darvozaboni ham «Ayaks» maktabini ko‘rgan, biroq unga asosiy tarkibda maydonga tushish nasib etgan emas. Umuman, iqtidorli kiper Niderlandiyada «Dordext», «Feyenoord», «Zvolle», «Ekselsior», «Xerenven» va «Gou Exed Igls» sharafini himoya qildi. Bu oraliqda Niderlandiya kubogini boshi uzra baland ko‘tardi. Xorijda esa «Anderlext»da tajriba oshirdi. Uorner ham Niderlandiya o‘smirlar va yoshlar termalarida o‘ynagan, jumladan U-21 jamoasi safida 14 marta maydonga tushgan. Lekin bosh jamoaga o‘tolmadi, baribir. Xullas, oxir-oqibat, Surinam termasi taklifini qabul qilgan Xan KONKAKAF miqyosidagi dastlabki 8ta uchrashuvda saviyasi chakki emasligini to‘liq isbotladi.

4. Shon Klayber (27 yosh). «Ayaks»ning amaldagi futbolchisi. «Utrext» tarbiyalanuvchisi sanalgan Shon Surinam termasining eng qimmatbaho vakilidir. O‘ng qanot himoyachisi mavsum-2019|2020da 4tadan gol va samarali uzatma qayd etib, «Ayaks» nazariga tushdi. Biroq jarohat uning Amsterdam klubida to‘liq kuch bilan o‘ynashiga mone’lik qilmoqda. Klayber hozirgacha Surinam terma libosida 3 marta maydonga tushdi. Ko‘pchilik uning KONKAKAF darajasida asosiy himoyachilardan biriga aylanishini taxmin qilmoqda, faqat jarohatdan to‘liq qutulsa, bas.

5. Rijesiano Xaps (28 yosh). «Venesiya» himoyachisi AZ tarbiyalanuvchisidir. U qadrdon jamoasida 4 mavsum o‘ynagach, «Feyenoord»ga ko‘tarildiyu, jarohatga yo‘liqdi. O‘tgan yilning 31 avgustida esa «A» seriyasi debyutanti Xapsni 500 ming yevroga sotib oldi. Niderlandiyalik futbolchi hozircha «Venesiya»da barqarorlikka erisha olgani yo‘q, ammo Surinam termasi safidagi 5ta o‘yinda yomon taassurot qoldirmadi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:33, 02.04.2022. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик