Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Terma jamoa, «Roma»dagi kelajagi, Mourinyo bilan muammolar va paxta terimi. Eldor Shomurodov bilan intervyu

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston terma jamoasi va «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashriga katta intervyu berdi. Shomurodov unda terma jamoa, «Roma»dagi kelajagi, Joze Mourinyo bilan muammolar, bolaligi va boshqa ko‘plab mavzularda o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «Daryo» mazkur intervyuni o‘quvchilar uchun o‘zbek tilida taqdim etadi.

«Bu to‘g‘ri emas, menimcha. Sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak»

Otasining qo‘llab-quvvatlashi qanchalik muhimligi haqida
— O‘zbekistonda bo‘lganimda, otam har doim o‘yinlarga kelishga harakat qiladi. Ota-onamning yordami doimo muhim bo‘lgan. Yomon o‘ynasam ham ular iliq so‘zlarni topa oladi.

«Roma»da ko‘proq kim bilan muloqot qilishi haqida
— Rimda muloqot qilib turadiganlarim yetarlicha. Asosan rus tilida gaplashamiz. Masalan, Genrix Mxitaryan bilan. «Roma»da Genrix bilan hammadan ko‘ra yaqinroqman. Shuningdek, «Atalanta» bilan o‘ynaganimizda, Aleksey Miranchuk va Ruslan Malinovskiy bilan ham biroz suhbatlashgandik.

«Rostov»da kimlar bilan aloqalarni saqlab qolgani haqida
— Valeriy Karpin bilan gaplashib turaman, qishda Dubayda ko‘rishgandik. Ba’zida messenjer va ijtimoiy tarmoqlarda boshqa yigitlar bilan ham yozishib turamiz.



Nima sababdan Osiyo klublarining moliyaviy tomonlama yaxshi bo‘lgan takliflarini rad etib, «Rostov»ning 10 ming dollarlik maoshiga rozi bo‘lgani haqida
— Rossiyaga ketganimda pul haqida o‘ylamaganman. Avvaliga o‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. «Rostov»da o‘tgan yillar menga ko‘p narsalarni berdi. Bulardan asosiysi— professionallikdir. Bu borada O‘zbekistondagidan ko‘ra ko‘proq narsaga ega bo‘ldim, bu katta yordam berdi.

Rossiyadagi futbolchilardan kimlarni do‘st deb bilishi haqida
— Sergey Parshivlyuk, Sergey Pesyakov, Xoren Bayramyan va Baxtiyor Zaynutdinov bilan ko‘proq muloqot qilardik, aynan shular bilan hozir ham gaplashib turamiz.

Karpinning Rossiya terma jamoasi bilan birgalikda «Rostov»da ham ishlayotgani haqida
— Uning klubga qaytganidan xabarim bor. Lekin hali tabriklaganim yo‘q.

Rossiya terma jamoasining JCH—2022 saralashi pley-offidan chetlatilishiga qanday qarashi haqida
— Bu to‘g‘ri emas, menimcha. Sport siyosatdan tashqarida bo‘lishi kerak.

Karpinning maslahatlari va ovqatlanish haqida
— Ruhiyat nuqtai nazaridan futbolga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirgan. U hazil qilishni yaxshi ko‘rardi, lekin jiddiy va to‘g‘ri gaplari ham bisyor edi. U har doim to‘g‘ri ovqatlanish muhimligini aytgan. Vaqt o‘tishi bilan futbolchi uchun bu juda muhim ekanini tushunasiz. Yevropada buni yaxshi bilishadi. Shakarni cheklangan miqdorda iste’mol qilishimizni tayinlardi.

Bu kabi tayinlovlarning sevimli taomi oshga ham ta’sir qilgani haqida
— Bazada, albatta, osh yeya olmasdim. Lekin tashqarida iste’mol qilib turardim (kuladi). Biroq vaznimni nazorat qilib turganman.

O‘zbekistonning har bir viloyatining o‘ziga xos palovi bor. Ulardan qaysi birini ko‘proq yoqtirishi haqida
— To‘y oshi.



Italiyada ham osh iste’mol qilib turishi haqida
— Rafiqam uyda tayyorlasagina. Ammo u yerdagi mahsulotlar boshqacha va uydagidek chiqmaydi.

Karpinning eng esda qolarli hazili haqida
— «Qiyshiq oyoq» haqidagisi. U nafaqat meni, ko‘plarni shunday chaqirardi. Mashg‘ulotda nimanidir noto‘g‘ri qilganingizda, doimo shunday deydi. Bundan xafa bo‘lmayman.

Karpin avvaliga uni O‘zbekistonga qaytarib yubormoqchi bo‘lgani haqida
— Ta’tildan keyin birinchi yig‘inni o‘tkazdik, uyda deyarli hech narsa qilmagandim, juda yomon holatda keldim. Shu sababli, ehtimol, shunday fikrga borgandir. Ammo keyin  formamni tiklab oldim va u menga boshqacha munosabatda bo‘lishni boshladi. Bungacha rahbariyat ko‘proq o‘ynashim uchun meni ijaraga ham bermoqchi edi. Bir qator variantlar chiqqandi. Ammo Karpin qo‘yib yubormadi. Hozirda ta’tilga chiqsam, albatta, o‘zim bilan mashg‘ulot dasturini ham olib yuraman.

«Rostov»ga vinger sifatida kelgani va Karpin uni forvardga aylantirgani haqida
— Bungacha terma jamoada ham, bolaligimda ham markazda o‘ynaganman. Hujum markazidagi pozisiyani egallashimdan oldin Karpin meni hamma joyda sinab ko‘rdi, hatto tayanch zonasi va o‘ng qanot himoyasida ham.



«Sigir-qo‘ylarni boqib, keyin futbol o‘ynashing mumkin»

Afg‘oniston bilan chegaradosh joydan chiqqan bolaning qanday qilib, A Seriyada o‘ynayotgani haqida
— Avvalo, Alloh so‘raganlarimni bergan. Ammo shunchaki so‘rashning o‘zi yetarli emas. Maqsad qo‘ysangiz, har doim shubhalar bo‘lishi ham tabiiy. Ularni yengishingiz, maqsad sari olg‘a yurishingiz va boshqa hech narsaga chalg‘imasdan oldinga intilishingiz lozim.

Jarqo‘rg‘on va bolalikdagi asosiy xotiralari haqida
— 12 yoshimga qadar Jarqo‘rg‘onda yashaganman, keyin «Mash’al» akademiyasiga yo‘l olganman. Esimda, sigir va qo‘ylarimiz ko‘p bo‘lardi. Barcha do‘stlarim va aka-ukalarim men kabi futbolni sevishardi. Imkon bo‘ldi deguncha, to‘p tepishga harakat qilardik. Ammo ota-onam avvaliga mollarni boqib, keyin stadionga borishim mumkinligini aytardi.

Xavfli Afg‘oniston bilan chegaralar yaqinligi qandayligi haqida
— Hammasi tinch edi. Salbiy narsalar bizgacha yetib kelmagani yaxshi. Qolaversa, ota-onam tarbiyamga doim ehtiyotkorlik bilan yondashgan, qayerda ekanligim, nima qilayotganimni tekshirib turardi.

Ota-onasining hali ham o‘sha uyda yashayotgani haqida
— Dadam bu uyni juda yaxshi ko‘radi. Uni o‘z qo‘llari bilan qurgan.

Barcha o‘zbek bolalari kabi paxta tergani haqida
— Shunaqasi ham bo‘lgan. U paytlar kichkina edim, to‘rtinchi sinfda reja uch kilogramm edi. Maxsus qayergadir bormaganmiz, uyimizga yaqin joyda terardik.

Vazn uchun paxta orasiga tosh solgani haqida
— Ha, bunaqasi ham bo‘lgan. Bu tekshirilgan usul edi (kuladi).

Avvallari maoshining katta qismini ota-onasiga yuborgani haqida
— Avval katta qismini ularga yuborardim. Hozir kelajak uchun ham nimadir olib qo‘yish kerak. Masalan, uyga.

Ota-onasining Italiyaga tashrifi haqida
— Yangi yil oldidan borishdi. Ular Rimdan juda ko‘p ijobiy taassurotlar bilan qaytdi.

Rim yoki Samarqanddan qay birini tanlashi haqida
— Qiyin tanlov. O‘zbekistonlik bo‘lganim uchun Samarqand qalbimga yaqinroq. Ammo Rim ham juda go‘zal. Darvoqe, genuyaliklar Samarqand haqida ko‘p narsa biladi. Ammo mendan bu haqda so‘rashganda, hali italyanchani yaxshi bilmasdim-da.

Farzandi va oilasi uni qanchalik o‘zgartirgani haqida
— Turmush qurganimda o‘zgarganman deb ayta olmayman, lekin farzandli bo‘lganimda boshqacha hislar paydo bo‘ldi. Mas’uliyat oshdi. Hayotimdagi eng muhim voqea.

O‘zbek urf-odatlariga ko‘ra, ko‘p hollarda kelinni kuyovning ota-onasi topadi. Unda bu holat qanday kechgani haqida
— Kelinni o‘zim topib, sevib qolganman. Umumiy do‘stimiz orqali tanishganmiz.



«Rivaldo qo‘limdan ushlab maydonga olib chiqqan. Buni hech qachon unutmayman»

Yevropada o‘ynash orzusi qachon paydo bo‘lgani haqida
— Aniq qachonligini eslay olmayman. Bu asta-sekin shakllanib borgan. Futbolchi sifatida o‘sishim kerak edi, bundan tashqari, O‘zbekistonda hamma bu haqda gapirardi. Ota-onam ham, o‘zim ham Yevropada o‘ynashimni xohlardik.

Rivaldo haqidagi xotiralar
— «Mash’al» akademiyasida tahsil olganimda, asosiy jamoa «Bunyodkor» bilan o‘ynagan, Rivaldo esa o‘yinga qo‘limdan ushlab tushgan. O‘z vaqtida dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan o‘yinchi meni maydonga olib chiqqan. Buni hech qachon unutmayman. Buning ustiga bu vaziyatdan rasm ham qolgan.

Qaysi joyga ko‘nikish qiyin bo‘lgani haqida
— Rostovdan keyin Genuya. Birinchidan, o‘sha paytda pandemiya bo‘lgan, hamma joylar yopilgandi. Ikkinchidan, Italiyada va umuman Yevropada butunlay boshqacha mentalitet. Va, albatta, o‘rganishim kerak bo‘lgan til masalasi.

— «Jenoa»da «Rostov»dagidan 5-6 baravar ko‘p maosh olgani haqida
— Bu unchalik katta bosim yuklamagan. Har doim bunday masalalarda ota-onam bilan maslahatlashaman. Agentlar borasida ham omadim chopgan. Ularsiz ancha qiyin bo‘lardi. Ular hamma jabhada yordam berdi. Shartnoma tuzilgach, Yevropaga ketish rejasi tuzilgandi.

Agentlarga uni kim taklif qilgani haqida
— Ularga meni o‘shanda «Paxtakor» va O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiylik qilgan Samvel Babayan tavsiya qilgan.

Yangi mamlakat va klublarda «qayerdan kelding?», «nima, sizlarda ham futbol o‘ynashadimi» qabilidagi savollar haqida
— Yo‘q, bunaqasi hech bo‘lmagan. Hamma yordam berishga harakat qilardi. Avvaliga yigitlar bilan gaplashib ketishim qiyin kechdi, ammo keyin barchasi joyiga tushib ketdi.

Ibodat haqida
— Namoz o‘qiyman.



O‘zbekiston terma jamoasining JCH—2022 saralashi hal qiluvchi bosqichiga chiqa olmagani haqida
— Hozir avlodlar almashinuvi jarayoni kechmoqda. Yoshlar ko‘p, shuning uchun o‘yin borasida bir qadam orqaga ketdik. Yangi jamoa qurilmoqda, yangi murabbiy keldi. Biz bu vazifani bajara oladigan jamoani yig‘ishga harakat qilyapmiz.

Srechko Katanes bilan aloqalari haqida
— Yaxshi. Ba’zida italyan tilida gaplashamiz— u ko‘p yillar davomida u yerda o‘ynagan.

«Yuventus»ga qarshi o‘yindan keyin Mourinyodan ranjiganim yo‘q»

«Roma»dagi qoidalar haqida
— Har doim top-klublarda qat’iy qoidalar borligini bilardim, lekin o‘zingiz buni futbolchi sifatida his qilsangiz, hissiyotlar boshqacha bo‘ladi.

2021 yilning yozida «Roma»dan tashqari, yana qanday variantlar bo‘lgani haqida
— Biz variantlarni ko‘rib chiqdik va «Roma»ni tanladik. Bu yerda o‘ynab ketishimga ishonchim komil edi.

Hamon bu ishonchning pasaymagani haqida
— Ishonchim hamon pasaygani yo‘q. Agar barchasini to‘g‘ri qilsam, hammasi yaxshi bo‘ladi.

«Roma»dagi kelajagi, Italiya OAVda uning Rimdagi holatdan noroziligi borasida xabarlar chiqqani haqida
— Terma jamoada yig‘inida o‘zbek tilida aytgan gaplarim italyanchaga noto‘g‘ri tarjima qilingan. «Roma»ni tark etish istagi haqida gapirmaganman. Qolishni va kimligimni isbotlashni xohlayman. Hech bir futbolchini maydonga kam tushishi qoniqtirmaydi. Bezovtaman, lekin bu normal holat. Barcha futbolchilarda shunday davrlar bo‘ladi. Bunda asosiy narsa sabr-toqat va mehnatdir. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi. Qiyin bo‘lishini bilardim, lekin o‘zimdan ko‘proq narsani kutaman.



Mourinyo bilan hech qanday muammo yo‘qligi haqida
— Mutlaqo hech qanday muammo yo‘q. Avvalgidek ishlayapmiz.

«Chelsi»dan 40 million yevro evaziga sotib olingan Temmi Abrahamga ko‘proq e’tibor bo‘lishini oldindan tushungani haqida
— Buni tushunganman. Ammo «Roma»ga o‘tganimda, Abraham hali jamoaga kelmagandi. U bilan yaxshi munosabatdamiz. Umuman olganda, butun faoliyatim davomida zaxiradan maydonga tushish borasida ancha xotirjamman.

Fevral oyida koronavirusga chalingani haqida
— Omikron aniqlandi. Uch kun davomida kasal bo‘ldim.

«Roma» «Yuventus»ga qarshi bahsda 3:1 hisobida oldinda borib turib, yakunda 3:4 hisobi bilan mag‘lub bo‘lganida Mourinyo uni shaxsan tanqid qilgani va bundan qay darajada ranjigani haqida
— Shunday bo‘ldiki, zaxiradan maydonga tushganimdan so‘ng hammasi chappasiga ketdi. Uchinchi gol oldidan xatoga yo‘l qo‘ygandekman. Shuning uchun uning so‘zlaridan ranjiganim yo‘q. Faqat muxlislarni xursand qilish istagi bor. «Roma» muxlislari shunchaki ajoyib. Har bir o‘yinda stadionda aqldan ozdiradigan darajada muhit hukm suradi. Ko‘chada ham ko‘pincha tanib qolishadi, hatto kapyushonda bo‘lsangiz ham.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:11, 07.04.2022. O'qildi: 3447 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.