Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 17 9 10 36
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Germaniya 6 8 8 22
5 Fransiya 6 8 6 20
6 Niderlandiya 6 7 3 16
7 Shveysariya 6 6 4 16
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. Mart oyining eng yaxshi futbolchisi (hujumchisi)ni aniqlaymiz!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Mart oyining o‘tgan 31 kuni yorqin xotiralarga boy bo‘ldi. Bu vaqt davomida ikki hafta xalqaro tanaffuslar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa ham, Premyer-liga qaynoq voqealarsiz qolib ketmadi. Har oy, siz muxlislarning e’tiboringizga Yevropaning beshta kuchli milliy chempionatidagi eng yorqin futbolchilarni tanlash imkoni taqdim qilinadi. Quyida APLda «Oy futbolchisi» nomi uchun da’vogar o‘yinchilar nomi qayd etib o‘tiladi.

Bukayo Saka – «Arsenal»

O‘yinlar: 4 ta
Gollar: 2 ta
Uzatmalar: 1 ta

Bukayo Sakaning ajoyib sport formasi, «Arsenal»ning mart oyida qo‘lga kiritgan g‘alabalarida har doimgidek muhim bo‘ldi. Uning qayd etgan statistikasi ham buni isbot etadi. Yosh talant «Uotford»ga qarshi o‘yinda fantastik gol hamda assist muallifiga aylangan edi. O‘sha o‘yinda Martin Edegor hamda Sakaning klassik kombinasiyasi e’tiborga molik vaziyat sifatida yodimizda qoldi. «Lester» bilan bahsdagi g‘alabada ham Sakaning harakatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, aynan Angliya terma jamoasi a’zosining goli, to‘pchilarning «Aston Villa» maydonidagi g‘alabasini ta’minlagan.

2. Harri Keyn – «Tottenxem»

O‘yinlar: 4 ta
Gollar: 4 ta
Uzatmalar: 2 ta

Mavsum o‘z yakuniga yaqinlashgani sayin, Keynning formasi avvalgi holiga qaytib bormoqda. Bu yaxshi, albatta. Oy davomida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golda ishtirok etgan futbolchi, ayrim yosh hujumchilar uchun masterklass o‘tab berdi desak, yangishmagan bo‘lamiz. Ular ichida Keynning «Everton»ni 5-0 hisobidagi sharmandali mag‘lubiyatidagi harakatlari va gollari, ayniqsa, e’tiborga molik. U «Vest Xem»ga qarshi bahsda gol urmadi, ammo ikkita uzatma bilan jamoasini g‘alaba tomon yetaklay oldi. Nomzodlar ichida Keyn, nisbatan kuchli pozisiyaga ega.

3. Ayvan Touni – «Brentford»

O‘yinlar: 3 ta
Gollar: 5 ta
Uzatmalar: 0 ta

Ayvan Touni uchun APLdagi ilk mavsum ajoyib kechmoqda. U hozirga qadar, jumladan, mart oyida ham yuqori daraja namoyish etib kelmoqda. Ingliz hujumchisi o‘tgan oy davomida 3 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo 5 ta golga mualliflik qildi. Ajoyib mahsuldorlik-a?!
Ushbu gollar «Norvich»ga qarshi bahsdagi xet-trikni hamda «Byornli» bilan o‘yinda dublni o‘z ichiga olgan. Har ikki uchrashuv «arilar» foydasiga hal bo‘ladi. Ha aytgancha, Tonining gollaridagi Kristian Eriksenning ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

4. FilippYE Koutinyo – «Aston Villa»

Uchrashuvlar: 4 ta
Gollar: 2 ta
Uzatmalar: 1 ta

Oy hamma jamoa kabi «Aston Villa» uchun ham ikkiga bo‘lingan holda o‘tdi. Ammo Koutinyoning darajasi villianlar uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi. Stiven Jerrard shogirdlari oy davomida ketma-ket g‘alabalarga erisha oldi. Bunda esa Koutinyo katta rol o‘ynaydi. Xususan, Braziliya terma jamoasi a’zosi «Sautgempton» bilan bahsda o‘yin futbolchisi deb topildi. 4-0 hisobida yakunlangan uchrashuvda Koutinyo gol va uzatmaga mualliflik qilgan. «Lids»ga qarshi g‘alabali uchrashuv ham bundan mustasno emas.

5. Kay Xavers – «Chelsi»

O‘yinlar: 3 ta
Gollar: 4 ta
Uzatmalar: 1 ta

To‘laqonli aytish mumkinki, mart oyida Kay Xaverts, vanihoyat, o‘zining APLda harakat qilishini dunyoga namoyish etib bera oldi. «Byornli» bilan mehmondagi golidan ilhomlangan hujumchi, «Norvich»ga qarshi o‘yinda gol va assistga erisha oldi. Germaniya terma jamoasi a’zosi «Nyukasl» bilan asabiy va murakkab kechgan uchrashuvda so‘nggi daqiqalardagi g‘alaba goliga mualliflik qilgan edi.

6. Kucho Ernandes – «Uotford»

O‘yinlar: 3 ta
Gollar: 3 ta
Uzatmalar: 1 ta

«Uotford» bu mavsumda qiyin ahvolda qoldi. Jamoa bundan bir yil ilgari Chempionshipda edi, ammo klubda iqtidorli futbolchilar ko‘p. Shulardan biri esa Kucho Ernandesdir. U mart oyini ideal o‘tkazdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kolumbiya terma jamoasi a’zosi oyni «Arsenal» bilan bahsda sensasion «qaychi uslubi»dagi gol bilan boshlab oladi. Keyin esa, «bug‘ular»ning oy so‘ngidagi o‘yini, «Sautgempton» bilan uchrashuvida Ernandesning triumfini tomosha qildik. Ushbu o‘yinda Kuchoning dubli evaziga Roy Xodjson shogirdlari g‘alaba qozongan edi.

Siz ham ushbu havola orqali APLdagi eng yaxshi hujumchini aniqlashda ishtirok etishingiz mumkin.

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:43, 08.04.2022. O'qildi: 1570 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.