Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timur Kapadze: «Ogohlantirishlar ko‘payib ketgani maydonda ayovsiz kurash kechganidan dalolat beradi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston kubogi 3-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» – «Olimpik» (1:1) bahsidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida.

— Qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. «Sho‘rtan» yaxshi murabbiy va futbolchilarga ega jamoa. Bu yerda har doim futbol muhiti hukmronlik suradi. Stadion va maydon ham bunga munosib. Chiroyli va qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Durang o‘ynab, keyingi bosqichga chiqdik. Bundan xursandmiz.

— «Olimpik» ruhiy jihatdan o‘yin boshidanoq «Sho‘rtan»ni yutib bo‘lgandek harakatlandi. Jamoa shuni hisobiga gol o‘tkazib yubordimi?

— «Sho‘rtan» qarshi hujumda harakat qildi va tabiiyki, imkoniyatidan foydalandi. Ular qarshi hujumda bizni jazolashga urinishdi. Takroriy holatni ko‘rib chiqishimiz kerak, keyin kim qayerda xato qilgani bo‘yicha xulosa chiqaramiz. Umuman olganda, «Sho‘rtan»ning rejasi amalga oshdi.

— Jamoangiz tezkor o‘yin ko‘rsatadi. Ammo futbolchilaringiz to‘qnashuvlarda ovoz chiqarib yiqilishadi. Bu mashg‘ulot jarayonida yo‘lga qo‘yilganmi?

—  Yo‘q, bu mashg‘ulotlarda ishlab chiqilmaydi. Balki bu og‘riqni his etgandandir. Ular hali yosh. O‘ylaymanki, bu vaqti kelib yo‘qolib boradi. Bunga hakamlar ham yo‘l qo‘ymasligi lozim. Hakamlar har bir baqirishga hushtak chalmasliklari joiz. Agar qoidadan tashqariga chiqilmasa, bunga e’tibor bermasliklari va o‘ynashga berishlari kerak.

— Natija bahsga mos bo‘ldimi?

— G‘alaba uchun kelgandik. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Bundan tashqari, «Sho‘rtan» ham yaxshi himoyalandi. Natijaga to‘xtalsak, hisob o‘yinga mos bo‘ldi.

— Uchrashuv ogohlantirishlarga boy bo‘ldi, o‘yin yakunida chetlatish ham kuzatildi. Mutaxassis sifatida buni qanday izohlaysiz?

— Bu maydonda ayovsiz kurash kechganidan dalolat beradi. Chunki ikki jamoa ham g‘alaba qozonish uchun astoydil harakat qildi. Ko‘p kurashlar bo‘lgani uchun ogohlantirishlar ham ko‘payib ketdi. Bu normal holat, menimcha.

— «Olimpik» o‘tgan o‘yinda «Turon»ni yirik hisobda (5:1) mag‘lub etgandi. Murabbiy sifatida «Sho‘rtan» bilan bahsda nimadan qiynaldingiz?

— «Turon» bilan o‘yinda bo‘shliqlardan unumli foydalandik. «Sho‘rtan» esa bo‘shliq qoldirmadi va zich himoyalandi. Yigitlarimiz hali yosh, mahorat, tajriba va texnik taraflama qiynalishmoqda. Albatta, ular shu kabi o‘yinlar orqali o‘sib borishadi.

Manba: https://t.me/fcolympicuz
Kiritildi: 20:04, 21.04.2022. O'qildi: 1069 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик