Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 28 61
2 Nasaf 28 58
3 Dinamo 28 56
4 Paxtakor 28 56
5 Bunyodkor 28 46
6 OKMK 28 44
7 Navbahor 28 38
8 So‘g‘diyona 28 37
9 Qizilqum 28 35
10 Surxon 28 31
11 Qo‘qon-1912 28 30
12 Mash’al 28 29
13 Andijon 28 29
14 Buxoro 28 26
15 Xorazm 28 24
16 Sho‘rtan 28 15

O'tgan o'yinlar.

28-тур OKMK 3-1 Navbahor
28-тур Buxoro 1-1 Neftchi
28-тур Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
28-тур Bunyodkor 1-3 Dinamo
28-тур Nasaf 1-2 Mash’al
28-тур Qizilqum 2-1 Andijon
28-тур Xorazm 0-2 So‘g‘diyona
28-тур Surxon 1-0 Sho‘rtan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 18.11.2025

      06:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      10:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      12:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      14:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      16:00 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Аланьяспор".
      18:00 Чемпионат Бразилии. "Спорт Ресифи" - "Фламенго".
      20:00 Чемпионат Турции. "Антальяспор" - "Бешикташ".
      22:00 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Кайсериспор".
      00:00 Чемпионат Бразилии. "Сантос" - "Палмейрас".
      02:00 Чемпионат Бразилии. "Ред Булл Брагантино" - "Атлетико Минейро".
      04:00 "Третий тайм". Кирилл Данилин.
      04:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Спорт Ресифи". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 18.11.2025

      05:55 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Блочный лук. Команды.
      09:30 "Формула-1. Гаснут огни".
      10:00 Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве.
      11:35 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира по гонкам на выносливость в Индонезии.
      12:05 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки.
      14:30 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 3. Вечерняя сессия.
      16:30 "Эволюция спорта".
      17:00 Прибрежная гребля. Чемпионат мира в Турции. Пляжный спринт.
      18:40 "Парусный спорт".
      19:10 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап в Санкт-Петербурге. Женщины. Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Дартс. Чемпионат России среди профессионалов. Этап в Санкт-Петербурге. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:55 "Непобедимый".
      21:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 1 в Оберндейле, США. Блочный лук. Личное первенство.
      23:30 Водно-моторный спорт. Аквабайк. Чемпионат мира в классе офшор в Италии.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Плавание. Чемпионат России (25 м) в Казани. День 4. Вечерняя сессия.
      03:25 "Лица страны". Константин Крылов.
      03:40 Художественная гимнастика. "Небесная грация" в Китае. Юниорки.
  • MATCH-TV
    • Sana: 18.11.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Мужчины. Суперлига. "Динамо-Урал" (Уфа) - "Факел Ямал" (Новый Уренгой).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Наши иностранцы".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 Специальный репортаж.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Канзас-Сити, США. Иэн Мачадо Гэрри против Карлоса Пратеса.
      13:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Век нашего спорта". "1945 - 1950 гг.".
      16:55 "География спорта". Выборг.
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Д/ф "Шмейхель".
      21:00 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. "Динамо-Москва" - "Спартак" (Москва). Прямая трансляция.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Кубок мира в Москве. Прямая трансляция.
      01:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Профессиональный бокс. "IBA. Pro 9". Артур Субханкулов против Тиграна Узляна.
      03:55 "Эволюция спорта".
      04:55 Дзюдо. Мировой тур. Гран-при Загреба в Хорватии. День 2.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 18.11.2025

      05:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      06:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      07:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      09:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      10:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      11:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      12:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      12:30 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      14:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 1-я попытка.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Мужчины. Слалом. 2-я попытка.
      16:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Женщины. HS 102.
      17:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      20:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      22:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      23:30 Парусный спорт. "Дух парусного спорта".
      00:00 Триатлон. T100 Triathlon World Tour. Этап 8 в Дубае, ОАЭ. Обзор.
      01:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 1-я попытка.
      01:30 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Леви, Финляндия. Женщины. Слалом. 2-я попытка.
      02:00 Снукер. Shanghai Masters в Китае. Финал. Сессия 2.
      03:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Чемпионат мира в Тронхейме, Норвегия. Мужчины. HS 102.
      04:00 Снукер. Saudi Arabia Snooker Masters в Джидде. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Paxtakor»-79 falokatining yangi tafsilotlari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rossiyalik taniqli jurnalist Igor Rabiner O‘zbekistonga tashrifi davomida futbolimiz haqida turkum maqolalar tayyorladi va «SE» nashri ularni navbati bilan bermoqda.

Rossiyalik taniqli jurnalist Igor Rabiner O‘zbekistonga tashrifi davomida futbolimiz haqida turkum maqolalar tayyorladi va «SE» nashri ularni navbati bilan bermoqda. Hamkasbimiz jumladan, biz uchun og‘riqli xotira - «Paxtakor»-79 mavzusiga ham alohida e’tibor qaratdi.

To‘lagan Isoqov monologi

***

- Bizda chindan ham, mahalliy tarbiyalanuvchilardan yaxshi jamoa shakllangandi, oldimizga katta vazifalar qo‘yilgandi. «Paxtakor» safiga kirish oson emasdi, o‘ta yuqori raqobat... Fojiadan oldin oliy ligada ketma-ket 4ta o‘yinni o‘z foydamizga hal qilganimiz ham bejiz emas! Bizda eng yomoni - har yili murabbiy almashardi. Meni Mixail Yakushin topgan. «Paxtakor»da 13 yil o‘ynagan bo‘lsam, bu davrda aynan Yakushin va Vyacheslav Solovyov jamoa uchun hammadan ko‘p ish qilishdi. Bu vaqtda kimlar bilan ishlamadidik - Arkadyev, Yeliseev, Krasniskiy, Bashashkin... 1979 yilgi mavsum oldidan esa Aleksandr Kochetkov o‘rniga Bazilevich keldi va darhol yangi o‘yin uslubini singdirishga tushdi. Tajovuzkor futbol, xuddi Valeriy Lobanovskiy boshqaruvidagi Kiyev «Dinamo»siniki kabi. Darvoqe, Bazilevich va Lobanovskiy boshqaruvidagi Kiyev jamoasini Toshkentda Solovyov rahbarligida 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganmiz. Boz ustiga, uning uchun zafarli 1975 yilda. O‘shanda Misha An va men «dubl»ga erishgandik. Bu o‘yin oktyabr oyida bo‘lgandi, iyunda esa «Dinamo»ni Kiyevda 1:0 hisobida yengganimizda ham gol urgandim! «Dinamo» shundan 1,5 oy oldin Kubok egalari kubogi finalida «Ferensvarosh»ni mag‘lub etgandi. 5:0 esa Yevropa superkubogi uchun «Bavariya»ga qarshi kechgan javob o‘yinidan atigi 11 kun o‘tib yuz bergan! Bazilevich bularning barchasini yaxshi eslardi va menga hurmat bilan qarardi. Mavsum o‘rtalarida, 30 yoshda futbol bilan xayrlashganimda, u meni murabbiylar shtabida olib qoldi, chunki barcha mahalliy yigitlarni yaxshi bilardim. Ha, Bazilevichning mavsumoldi yig‘inlari juda og‘ir kechdi - kuniga uch mahal mashg‘ulot. Puls daqiqasida 180 urishga yetgani faollik o‘ta yuqori bo‘lganini anglatadi. Yirtqich misoli yugurish, yana turli tezlikda - bularning barchasida ilmiy asos ham hisobga olingandi. Bazilevich mashg‘ulotlar orasida deyarli tanaffus bermasdi: 10-15 soniya tin oldingmi, tamom, yana mashq. Darhaqiqat, qiyin edi. Muhimi, barchasini yaxshi bilardik: qishda qanday ishlasang, yozda samarasini olasan. Aynan yozga kelib, yigitlar duch kelgan raqibni yengish mumkinligini his qila boshlashdi. Murabbiy yana yoshlarni tarkibga qo‘shishdan cho‘chimasdi. Ha, o‘sha jamoada katta salohiyat bor edi...

***

- O‘zbek futbolining eng sara afsonalaridan biri Birodar Abduraimov 1978 yili «Paxtakor» murabbiylar shtabida edi. U keyingi mavsum ikkinchi liga jamoasini boshqarish uchun ketib, fojiadan qutulib qoldi. Darvozabon Sasha Yanovskiy («Alaniya», SSKA va «PSJ» yarim himoyachisi Igor Yanovskiyning amakisi)ga ham taqdir kulib boqdi. U «Paxtakor» safiga aynan 1979 yili qo‘shilgan va mavsumni asosiy tarkibda boshlagandi, ammo keyinchalik Sergey Pokatilov bilan raqobatda yutqazdi. Natijada Sasha Minskka 1 kun avval o‘rinbosarlar bilan uchdi. Bu ham taqdir! 

O‘sha payt boshida aynan necha kishi hayotdan ko‘z yumganini hech kim bilmasdi. Ya’ni ko‘proq kishi halok bo‘lgani xususida xavotir bor edi. Chunki odatda asosiy tarkib va o‘rinbosarlar jamoasi safarga birga chiqardi. Ammo Minskka alohida uchilgan. Jamoada aka-uka Eshbo‘tayevlar bo‘lib, ulardan biri safarga o‘rinbosarlar bilan chiqqandi. Matbuotda yozishlaricha, massajchi Anatoliy Dvornikov va jurnalist Oleg Yakubov ham jamoa bilan birga uchishlari kerak bo‘lgan, biroq ular bir kun avval ziyofatga borib, reysga ulgurishmagan. Aslida ulgurishgan, shunchaki, mast bo‘lishgani uchun ularni samolyotga qo‘yishmagan. Dvornikov darhol jamoadan haydalgan ham. Chunonchi, bizda hammasi qat’iy edi - futbolchilar tartibni buzishgani uchun munosib jazolanardilar. Qarangki, Dvornikovni shu qat’iy tartib o‘limdan saqlab qolgan...

Keyinchalik «Paxtakor» falokati siri» filmi chiqdi. Unda samolyot qandaydir harbiy ob’ekt ustidan uchib o‘tayotgan vaqt urib tushirilgani ehtimoli haqida taxmin ilgari surilgan. Ishonmayman. Bu go‘yoki, Ukraina kompartiyasi birinchi kotibi Sherbiskiy va O‘zbekiston rahbari Rashidov o‘rtasida adovat bo‘lgani xususidagi nazariya bilan umumlashtirilgan. Ammo ularning fuqarolik samolyotlarini urib tushirishdan boshqa ishlari yo‘qmidi?

***

- Dafn marosimi folakatdan bir hafta o‘tgach, 18 avgust kuni o‘tkazildi. 17ta tobut ortilgan 17ta yuk mashinasi. Ertalab aeroportda motam namoyishi bo‘ldi, keyin kavalkada shahar bo‘ylab o‘tdi, 200 ming kishi yo‘l bo‘yiga chiqqan va hamma yig‘lardi. Rasmiy ma’lumot bo‘lmasada, dafn marosimi haqida qanday xabar topishgan? Shunchaki, shaharda hammasi juda tezda tarqalgan. bunga qadar butun hafta davomida har kuni stadionga 50-60 ming odam yig‘ilgan. Xullas, hamma tobutlarni qachon olib kelishlarini bir-biridan so‘ragan. 5 nafar futbolchi Toshkentga, yodgorlik o‘rnatilgan Botkin qabristoniga dafn etildi. Samarqandga Bozorov, Navoiyga Eshbo‘tayev, Buxoroga Sobirovni ko‘mish uchun bordim. Albatta, janjallar ham kuzatilgan. Deylik, tobutni ochishni so‘rashgan. Lekin ruxsat berilmagan, askarlar qo‘riqlashgan, albatta. Ikki samolyot samoda to‘qnashib, shunday balandlikdan qulagach, tobutda nimani ko‘rardingiz...? Bolakay - 18 yoshli Bozorov aslida o‘sha reysda umuman uchmasligi kerak edi, u o‘rinbosarlar safida o‘ynardi. Ammo otasi tug‘ilgan kuni munosabati bilan rahbariyatdan o‘g‘li Minskka 1 kun keyin uchishiga ruxsat so‘ragandi. Bu ham taqdir...

***

- Sog‘ayganimdan keyin o‘sha mavsum oxirida o‘ynashim mumkin edi. Yuqori amaldorlar ham, Bazilevich ham meni ko‘ndirishga urinishdi, lekin bosh tortdim. Chunki bu ruhiy tomonlama imkonsiz edi. Tasavvur qiling, bazaga qanday kelasiz, u yerda ko‘p vaqt siz bilan birga o‘ynagan yigitlarning hech biri yo‘q?! Kechalari uxlolmasdim, yigitlar tushimga kirishardi. Yakunda futbolni tashladim, o‘ynash xohishi qolmagandi. Yana haligacha uchishdan qo‘rqaman, samolyotga kamdan-kam chiqaman. Hattoki, BMTning Navro‘z bayramini nishonlash taklifini ham rad etdim. 

To‘g‘ri, futbolda murabbiy sifatida qoldim. Axir oila boqish uchun ishlash kerak-ku. Bazilevich 6 oydan so‘ng ketdi, meni esa Oliy murabbiylar maktabiga yuborishdi. Moskvada 2 yil tahsil oldim. Bu haqiqiy ta’lim, hozirgidek 2 oylik o‘qish emas! Ittifoq futbol federasiyasi o‘shanda «Paxtakor»ga imtiyoz bergandi - natijadan qat’iy nazar, 3 yil oliy ligadan tushmaslik kafolati. Shunda birinchi va ikkinchi ligalarda sifatli mahalliy futbolchilar yetarli ekanligini aytdim. Ammo rahbariyat boshqacha qarorga keldi - turli klublardan tajribali futbolchilarni yig‘ish. Har bir klubdan bir nafardan o‘yinchi berish so‘raldi. Tushunarliki, chetdan kelgan har qanday futbolchi shunchaki, rahmat uchun o‘ynamaydi. Ko‘pchilik o‘z shartini qo‘ygan ham: «Agar mashina bersanglar, mayli, boraman». Hech qanday e’tiroz yo‘q - har kimning hayoti bor. Ammo shunday vaqtda kelgan futbolchi chin yurakdan o‘ynashi kerak! Men esa bazaga boraman va ko‘plab yigitlarni hattoki, yuzidan tanimayman. Bunday holatda qanaqa futbol bo‘lishi mumkin, qanaqa jamoa? Ko‘chada esa odamlar so‘rashadi: «Ishlar qanday?» Oxir-oqibat, asosan mahalliy yigitlarga tayanish kerakligi haqida xulosaga kelishdi, baribir. To‘g‘ri, chetdan kelgan aksar yigitlar imkon qadar yordam berishdi. Deylik, Denisning amakisi Valeriy Glushakov. Keyinchalik murabbiy Ishtvan Sekech va Andrey Yakubik kelishdi. Uning Moskva «Dinamo»sida ishlari yurishmayotgandi, lekin «Paxtakor»ga juda zo‘r moslashdi. Yakubik 1982 yili hattoki, ittifoq chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va ortiga qaytdi. Keyin yana hech narsaga erisholmadi. Chunonchi, bu yerda butun jamoa unga o‘ynagandi.

***

- «Paxtakor»-79 xotirasi O‘zbekistonda talab darajasida saqlanmoqda. Bu - muqaddas! Har yili avgust oyida xotira tadbirlari o‘tkaziladi. Albatta, bolalar va faxriylar o‘rtasida xalqaro turnirlar tashkillashtiriladi. Ba’zan sobiq ittifoq termasi «Paxtakor» faxriylari bilan o‘ynashga keladi. Men O‘zbekiston Futbol faxriylari kengashi raisi sifatida hammasi munosib bo‘lishi uchun qo‘ldan kelganicha harakat qilaman. Siz ko‘rgan yodgorlik uchinchisi. Birinchisi O‘zbekiston respublikasi hukumati tomonidan o‘sha payt, ya’ni 1979 yiliyoq barpo etilgan, lekin u keyinchalik yubileylar munosabati bilan ikki marta qayta ishlandi, yangilandi. Gennadiy Krasniskiy qabri ham Botkinning markaziy xiyoboni, ko‘zga ko‘rinarli joyga ko‘chirildi. U oldin chetga dafn etilgandi. Aviahalokatda vafot etgan ikkinchi murabbiy Idgay Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinovaga tasanno. Alla Sergeevna fojiadan keyin butun hayotini «Paxtakor»-79 xotirasini abadiylashtirishga bag‘ishladi. U barcha marhum futbolchilar bevalari bilan aloqa o‘rnatdi, xotira tadbirlarini tashkillashtirdi, filmlar va kitoblar chiqarilishiga yordam berdi. O‘tgan yili vafot etgan Alla Tazetdinova turmush o‘rtog‘i yoniga dafn etishlarini vasiyat qilgan ekan. 41 yildan keyin. Aynan uning sa’y-harakatlari bilan halokat joyi - Ukrainaning Kurilovkasiga ham yodgorlik o‘rnatildi.

Fojia sababchi bo‘lgan aviadispetcherlardan biri Jukovskiy lagerda o‘z joniga qasd qilgani haqidagi gap-so‘zlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U qamoqdan chiqqach, tabiiy o‘lim topdi. Hozir siz bilan nisbatan xotirjam gaplashyapman, chunki 40 yildan ko‘proq vaqt o‘tdi - ko‘z yoshlari qolmadi. O‘sha payt qanday ahvolda bo‘lganimni esa tasavvur ham qilomaysiz! Hattoki, 2 marta o‘z jonimga qasd qilishga urindim, har kuni yigitlar tushimga kirishardi va ular bilan birga bo‘lishni xohlardim. O‘zimni osib qo‘yishimga sal qolgan. Otam ahvolim butunlay yomonligini anglab, uydan haydab chiqardi - to‘rt devor ichida siqilib o‘tirmasligim uchun. Otam ahvolimni ko‘rib, qat’iy shart ham qo‘ydi: «Tamom, futbolni tashla, o‘z o‘yiningni allaqachon o‘ynab bo‘lding». Xuddi shunday qildim ham, vaholanki, jismoniy holat bo‘yicha yana 5 yil o‘ynashim mumkin edi...

Manba: iff.uz
Kiritildi: 19:40, 13.05.2022. O'qildi: 4473 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 16
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Imeda Ashortia 8
8 Нефтчи Zoran Marushich 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
10 Бунёдкор Luis Kachorri 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.