Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:1
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • 3:1
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • 1:2
      • Napoli
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • 2:0
      • Jenoa
      • 01.03.2026 16:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Milan
      • 01.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Atalanta
      • 01.03.2026 22:00
      • Torino
      • -:-
      • Lasio
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • -:-
      • Bolonya
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • 2:0
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • 4:1
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • 0:1
      • Real Sosyedad
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Atletiko
      • 01.03.2026 18:00
      • Elche
      • -:-
      • Espanyol
      • 01.03.2026 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Osasuna
      • 01.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Sevilya
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • -:-
      • Selta
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • 3:4
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • 5:2
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • 2:3
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • 0:1
      • Manchester Siti
      • 01.03.2026 19:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Tottenhem
      • 01.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 01.03.2026 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 01.03.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Chelsi
  • Superliga
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • 3:0
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • 3:1
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • 1:2
      • Navbahor
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Xorazm
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Andijon 1 3
2 Neftchi 1 3
3 Lokomotiv 1 3
4 Paxtakor 1 3
5 Navbahor 1 3
6 Buxoro 1 3
7 Bunyodkor 0 0
8 Nasaf 0 0
9 OKMK 0 0
10 Xorazm 0 0
11 Dinamo 1 0
12 Qo‘qon-1912 1 0
13 Surxon 1 0
14 Qizilqum 1 0
15 Mash’al 1 0
16 So‘g‘diyona 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
1-тур Andijon 4-0 So‘g‘diyona
1-тур Paxtakor 2-0 Qizilqum
1-тур Neftchi 3-0 Mash’al
1-тур Lokomotiv 3-1 Surxon
1-тур Dinamo 1-2 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

01/03/26 OKMK - Bunyodkor
01/03/26 Nasaf - Xorazm

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Erta ulg‘aygan yigitcha, jarohatlar oyog‘idan tortayotgan «Borussiya» vunderkindi haqida nimalarni bilasiz?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

2020 yil noyabr oyi oxirida kamerunlik 16 yoshli nemis futbolchisi Yusuf Mukoko Dortmundning "Borussiya"si tarkibida maydonga tushib, Bundesliga tarixidagi eng yosh debyutantga aylangan edi. Va professional futbol bo‘yicha ham yuqori darajali rekord degani. Unga "asr iste’dodi", "fenomen", "jahon futbolidagi eng yorqin iste’dod" degan nomlarni berishdi va ancha yuqori sifatdagi qobiliyatlar bashorat qilindi.

Erta ulg‘aygan yigitcha

2014 yilda nemis tilini umuman bilmaydigan yigit Kamerundan «Sankt-Pauli» akademiyasiga olib kelingan. U oddiy sinov kiyimida va butsalarsiz kelgan. Klub uni forma bilan ta’minlagan, tengdoshlaridan birining butsasini qarzga olgan.

"Qaroqchilar" lagerida 2 yil davomida o‘z darajasini ko‘rsatib, sensasion tarzda Dortmunddan taklif oldi. 2017 yili o‘n ikki yoshida u U-17 jamoasida debyut qilgan va ikki mavsum davomida 56 o‘yinda 90 ta gol urdi. 2019 yildan beri u U-19 terma jamoasida o‘ynay boshladi va 32 uchrashuvda 51 ta gol urdi.

Futbolchining noyob iste’dodi mashg‘ulotlardagi eng kuchli mehnati bilan ham mustahkamlanib bordi. Murabbiylarning ta’kidlashicha, Yusuf katta yoshli futbolchilar qilishi mumkin bo‘lgan yuklamalarni har jihatdan tengdoshlariga qaraganda ancha yaxshi bajargan. 15 yoshida u "Borussiya" ning asosiy jamoasi bilan mashg‘ulotlarni boshladi va jamoa murabbiylaridan biri Otto Addo u haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Mukoko o‘zida bor kichik kamchiliklar ustida qattiq ishlaydi. Undayin intizomli, motivasion va professional futbolchini kamdan-kam ko‘rganman", - deydi Addo.

Qisqa vaqt ichida yosh markaziy hujumchi quyidagi sovrinlari bilan ko‘pchilikni hayratga soldi:

- Bundesliga tarixidagi eng yosh debyutant;

- Bundesligada zaxiradan maydonga tushgan eng yosh futbolchi;

- Chempionlar ligasi tarixidagi eng yosh futbolchi;

- Bundesligada gol urgan eng yosh futbolchi.

Bir necha hafta ichida Yusuf ajoyib o‘yin ko‘rsatib, butun futbol jamoatchiligi e’tiborini tortdi. Keyin esa oila a’zolari bilan sayohatga chiqib, kutilmaganda jarohat oldi.

Futbolchining yuqori darajadagi debyutidan bir oy o‘tgach, Mukoko tizzasida muammolarga duch keldi, bu uning 17 kun ichida 2 uchrashuvni o‘tkazib yuborishiga sabab bo‘ldi. Bu o‘sha paytda Mukokoga bog‘lanib qolgan "Borussiya" uchun katta signal qo‘ng‘irog‘i edi. Biroq u yanvarda safga qaytdi va darhol o‘yinlarga vaqtini ajrata boshladi. Albatta, u dastlab, 90 daqiqa o‘ynay olmadi, lekin u maydonga muntazam ravishda mashg‘ulotlar uchun qatnashib turdi. Ikki oydan sal ko‘proq vaqt o‘tgach, Germaniya yoshlar jamoasi uchun mashg‘ulotlarda u yana kutilmaganda jarohat oldi, bu esa uni mavsum oxirigacha, aniqrog‘i iyun oyining o‘rtalariga qadar safdan chiqishiga sabab bo‘ldi.

Yangi mavsumdan boshlab Yusuf o‘zining o‘yindagi vaqtini ko‘paytira boshladi. Sentyabr oyida u Germaniya U-21 terma jamoasi uchun eng yosh debyutant va gol muallifiga aylandi. Ammo shifoxonadan chiqqanidan keyin ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, mushaklaridan jarohati oldi, shu sababli Mukoko 21 kun davomida 4 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

Sog‘ayganidan so‘ng Mukoko "Leypsig" bilan birinchi o‘yinda 19 daqiqani o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo ertasi kuni shifokorlar uning ko‘zida yallig‘lanish borligi haqida xabar berishdi. Natijada, futbolchi yana 14 kun va 2 o‘yinni o‘tkazib yuborishiga to‘g‘ri keldi. Muddat tugagach, Muki "Volfsburg" bilan o‘yin uchun qaydnomaga kiritilishi kerak edi, ammo mushak tolalari bilan bog‘liq muammolar tufayli Yusuf yana 38 kun va 5 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi.

O‘tgan yilning ikkinchi yarmida u yana qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Tuzalib ketayotgan chog‘ida ko‘zlari bilan bog‘liq muammolar bor Yusufni tark etmadi. Futbolchi yanvar oyidan beri o‘zini ajoyib his qilayotgani va 100% formada ekanligini aytib o‘tdi. Hozir maydonda men uchun noyabr va dekabr oylariga qaraganda ancha osonroq.

Yanvar oyi boshida tuzalgan Yusuf ikki marta zaxirada o‘tirdi, keyin esa 5 uchrashuvda maydonga tushib, jami 71 daqiqani maydonda o‘tkazdi va fevral oyining oxirida mushak tolalari bilan bog‘liq muammo unda yana takrorlandi - 31 kun va 3 o‘yinlik muddat.

Albatta, hamma bundan xafa bo‘lgan. Bir tomondan, u sotib yuboriladigan darajada zaif o‘yinchi emas, chunki u "Borussiya" ning birinchi jamoasidagi debyutidan beri hech qachon to‘liq o‘yin o‘tkazmagan, uning o‘tkazgan maksimal vaqti 57 daqiqa bo‘lgan. O‘tgan mavsumda eng ko‘p o‘ynalgan o‘yinlar vaqti bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan 18 yoshli Pedriga nisbatan Yusufning holatini albatta, tushunsa bo‘ladi. Ehtimol, Mukoko mashg‘ulotlarda duch kelgan ortiqcha yuk sababli ishonchni oqlay olmayotgandir.

Aprel oyining o‘rtalaridan boshlab, Yusuf yana tarkibga qaytdi va 14 may kuni u mavsumning so‘nggi turida "Gerta" bilan bahsda ishtirok etdi, zaxiradan tushganidan bir daqiqa o‘tib g‘alaba golini urdi.

Ispaniyadan bo‘lgan qiziqish

O‘tgan yilning fevral oyida "Barselona" Mukokoga qiziqish bildirayotgan edi va endi, 2022 yilning may oyida Bildning ta’kidlashicha, Yusuf shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun "Borussiya"ni tark etishi mumkinligi haqida xabar berildi. Dortmundliklar, o‘z navbatida, futbolchini shu yozda sotishga tayyor va ishonch bildirilayotgani sababli ijara varianti ko‘rib chiqilmaydi - hujumchining shartnomasi 2023 yilda tugaydi, klub Mukini tekinga yo‘qotmoqchi emas.

Shu voqealardan bir hafta o‘tgach, insayder Ekrem Konur "Real Madrid" Yusufga 2026 yilgacha shartnoma taklif qilishga tayyor bo‘lgani haqida xabar berdi. Transfer summasi - 10 million yevro. Hech shubhamiz yo‘qki, har qanday top va top bo‘lmagan klub endi Mukoko bilan bog‘lana oladi. Asosiysi, yigitcha istalgan klubga qo‘lidan kelgan barcha yordamni bera oladi va uning iste’dodi va qat’iyati hali yana katta sahnaga chiqadi.

Kiritildi: 18:15, 15.05.2022. O'qildi: 2576 marta. Fikrlar: 10 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Андижон Dragan Cheran 1
2 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1
3 Пахтакор Doston Hamdamov 1
4 Пахтакор Piotr Pajishek 1
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 1
6 Навбаҳор Zabihillo O‘rinboyev 1
7 Локомотив Muhammadali Reimov 1
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 1
9 Локомотив Lazizbek Mirzayev 1
10 Сурхон Chinedu Stefan 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.