Bugun 22 may, 2026 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • -:-
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Manchester Siti" chempionligi, Ronalduning qaytishi va "Arsenal"ning muvaffaqiyatsizligi: Premyer-ligadagi mavsum natijalari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Premyer-ligadagi yakuniga yetgan mavsumi bir necha yillar ichidagi eng qiziqarlilaridan biri bo‘ldi. Oxirgi turgacha kurash barcha jabhalarda - chempionlik uchun ham, yevrokuboklar uchun ham, elitada qolish uchun ham davom etdi. “Liverpul” va “Manchester Siti” mavsumni ajoyib tarzda yakunlashdi. Chempionlik kurashi oxirgi o‘yinlarining so‘nggi daqiqalarigacha davom etdi. Shu sabab bugun musobaqaning eng esda qolgan vaziyatlarini eslaymiz.

Chempion: “Manchester Siti”.

Chempionlar ligasi: “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Tottenxem”.

Yevropa ligasi: “Arsenal”, “Manchester Yunayted”.

Konferensiyalar ligasi: “Vest Xem”.

Ligani tark etgan jamoalar: “Byornli”, “Uotford”, “Norvich”.

Ligaga chiqqan jamoalar: “Fulxem”, “Bornmut”.  “Nottingem Forest”, va “Xaddersifeld” pley-offda o‘ynaydi.  

Mavsumning eng yaxshi to‘purarlari

Premyer-liganing yakuniga yetgan mavsumining eng yaxshi to‘purarlari nomiga ikkita futbolchi sazovor bo‘ldi. Biri — Muhammad Saloh. "Liverpul" vingeri 23 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi eng yaxshi natijadir. Misrliklar 2017/18 yilgi mavsumda bu yildagiga qaraganda ko‘proq gol urgan — 32. Mersisaydliklar joriy mavsum Liga kubogi va Angliya kubogini qo‘lga kiritishdi, Chempionlar ligasi finaliga chiqishdi va APLda "Manchester Siti"ni so‘nggi turgacha ta’qib qildi. Saloh "Liverpul"ning asosiy o‘yinchilaridan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.

Premyer-liganing eng yaxshi ikkinchi to‘purari Son Xyon Min bo‘ldi. Saloh kabi "Tottenxem" vingeri ham 23 ta gol urgan. Shu bilan birga, koreyalik gollarining barchasini o‘yinda kiritgan bo‘lsa, misrlik 5 ta golini penaltidan urgan. Son mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi. Koreyalik futbolchi Xarri Keyndan jamoaning eng yaxshi to‘purari unvonini tortib oldi va keyingi mavsumda "shporlar"ga Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishga yordam berdi.

Mavsumning eng yaxshi assistenti

Muhammad Saloh mavsumning eng yaxshi assistentiga aylandi. "Liverpul" vingeri 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Himoyachi Trent Aleksandr-Arnold jamoadoshidan 1 ta assistga ortda qoldi. Xarvi Barns (“Lester”), Jarrod Bouen (“Vest Xem”), Endryu Robertson (“Liverpul”) va Meyson Maunt (“Chelsi”) 10tadan golli uzatmaga ega. Saloh so‘nggi mavsumda jamoasining eng yaxshi to‘purari va assistentiga aylandi.

“Gol + pas” tizimi bo‘yicha eng yaxshi futbolchi

Yana Saloh. “Liverpul” vingeri “gol+pas” tizimida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Misrlik 36 ochko (23+13) to‘pladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Song Xyon-Min ikkinchi bo‘ldi. "Tottenxem" vingeri 30 ochko (23+7) to‘pladi. Kuchli uchlikka “shporlar”ning yana bir vakili Harri Keyn yakun yasadi. Uning hisobida 26 ochko (17+9). Statistik ma’lumotlar “qizillar”ga Salohni saqlab qolish qanchalik muhimligini aytib turibdi. Futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Misrlik kelasi mavsumda "Liverpul"da qoladi, keyin nima bo‘lishi esa noma’lum.

Mavsumning eng yaxshi darvozaboni (lari)

Alisson ham,  Ederson ham oxirgi mavsumda 20 tadan “quruq” o‘yin o‘tkazdi. "Liverpul" va "Manchester Siti" yakuniga yetgan mavsumda APLning eng yaxshi jamoalari bo‘ldi, shuning uchun braziliyaliklar ikki kiperga ham “eng yaxshi darvozabon” unvonini berish adolatdan bo‘ladi. Shu bilan birga, Alisson o‘z darvozasidan 24 ta, Ederson esa 26 ta gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, Ugo Lyorisni ham ta’kidlab o‘tish joiz. "Tottenxem" darvozaboni 16 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va so‘nggi mavsumda "shporlar"ning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. To‘g‘ri, ular Premyer-ligada bor-yo‘g‘i 4-o‘rinni egalladi. Ammo mutaxassislar kelasi mavsum Konte boshchiligidagi klubdan ko‘p narsa kutishmoqda.

Irodali jamoa

Bu nomga "Nyukasl" munosibroq, bizningcha. Mavsum yakuniga ko‘ra, "qarg‘alar" Premyer-ligada 12-o‘rinni egalladi, bu esa jamoa uchun katta muvaffaqiyat deb baholanishi mumkin. Noyabr oyida "Nyukasl" 11 turdan keyin atigi 5 ochko jamg‘arib, Premyer-liga turnir jadvalida 19-pog‘onani egallab turgan edi. Rahbariyatning o‘zgarishi va moliyaviy tomonlama katta imkoniyatlarga qaramay, "qora-oqlar"ning vaziyati juda yomon edi. Ammo yangi rahbariyatning muhim qarori Eddi Xouning murabbiylik lavozimiga tayinlanishi bo‘ldi. Yangi mutaxassis vaqt o‘tishi bilan “Nyukasl”ni pastdan yuqoriga olib chiqib, jamoani quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi.

Irodasiz jamoa

Ko‘pchilik bu nomga “Manchester Yunayted”deb aytishi mumkin, ammo “qizil iblislar” butun mavsum davomida unchalik yorqin o‘yin namoyish etmadi. Shu sabab "Arsenal" 2021/22 yilning eng omadsiz klubi deb nomlashga qaror qildik. Chempionatdagi omadsiz startdan so‘ng “kanonirlar” asta-sekin o‘ziga kela boshladi. Tarkibni kuchaytirgan "to‘pchilar" ishonchli tarzda avvaliga Premyer-liga turnir jadvalining o‘rtasiga, keyin esa Chempionlar ligasi zonasiga ko‘tarilishdi. "Arsenal" Angliyadan Chempionlar ligasiga to‘rtinchi bor yo‘l olish uchun asosiy da’vogar edi, biroq mavsumning so‘nggi turlarida yetakchilikni qo‘ldan boy berib, yo‘llanmani "Tottenxem"ga berib qo‘ydi. Arteta yaxshi, yosh jamoa tuzdi, ammo, afsuski, bu yigitlar kelasi mavsum Yevropa Ligasida o‘ynaydi.

Ronalduning qaytishi

Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytishi o‘tgan mavsumda APLning eng muhim yangiliklaridan biri bo‘ldi. Portugaliyalikning "Old Trafford"ga qaytishi muxlislar tomonidan yaxshi qabul qilindi. Statistikalar shuni ko‘rsatadiki, Ronaldu 37 yosh bo‘lsa-da, hamon top futbolchi. U APLda 18 ta gol urib, chempionat to‘purarlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egalladi.

Portugaliyaliklarning kelajagi noma’lum bo‘lib qolmoqda. "Manchester Yunayted" kelasi mavsum Yevropa ligasida o‘ynaydi va Krishtianu bu musobaqada o‘ynashni istamasligi tayin. Boshqa tomondan, Erik ten Xagning bosh murabbiy etib tayinlanishi klub muxlislarini umid bermoqda. Mutaxassisning aytishicha, u Ronaldudan ko‘p narsani umid qilmoqda.

Kiritildi: 17:44, 28.05.2022. O'qildi: 2565 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик