Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«G‘oliblar ichida mag‘lub» — «Arsenal». London jamoasi uchun mavsum qanday o‘tdi va uni kimlar yetaklamoqda?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Reytinglar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘ta notekis va beqaror o‘tgan mavsum «Arsenal»ga YECHL yo‘llanmasi uchun yetarli bo‘lmadi. Ammo to‘pchilar yagona jamoaga birlashib, bir butunlik hosil qila olgani bilan yodimizda qoldi. Mikel Artetaning yosh futbolchilari APLni yorqin lahzalarga to‘ldirdi. Jamoa to‘rtinchi o‘rin uchun qattiq kurashdi, ammo so‘nggi qadam omadli kelmadi. 2021-2022 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Arsenal» Yevropa ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi. Quyida mavsum davomidagi eng yaxshilar haqida gap boradi.

Mavsum o‘yinchisi – Bukayo Saka

Tez-tez nomini tilga oladiganimiz, Bukayo Saka APLning eng ko‘zga ko‘ringan futbolchilaridan biridir. U ba’zida o‘z jamoasini yelkasida ko‘tarib yurishga majbur bo‘ldi. 20 yoshli hujumchi mavsumni 11 ta gol hamda 7 ta assist bilan tugatdi. Bu «Arsenal»dagi eng yaxshi natija sanaladi. Saka o‘z gollarini «Chelsi», «Manchester Siti» hamda «Tottenxem» kabi top-jamoalar darvozasiga kiritgan edi.

Mavsum goli – Lyakazett («Sautgempton»ga qarshi)

2021 yilning dekabr oyida Mikel Arteta jamoasidan nima xohlagan bo‘lsa, shu narsa yuz berdi. Klub jamoaviylikning yorqin namunasini namoyish qildi. Golni esa Lyakazett ijro etgandi. Darvozabondan boshlangan passlar kombinasiyasi «Sautgempton» bosimi ostida, to raqib jarima maydonchasi ichiga qadar davom etdi. Sakaning qulay pasini esa Lyakazett sovuqqonlik bilan yakunladi.

Mavsum o‘yini – «Tottenxem» bilan

Agar «Arsenal» har mavsumda faqat bitta g‘alabaga erishishi kerak bo‘lsa, jamoaning deyarli barcha muxlislari bu g‘alabani «Tottenxem»ga qarshi bahsda qo‘lga kiritilishini istaydi. Mavsumning oltinchi turidan o‘rin olgan derbi nafaqat g‘alabali bo‘ldi, balki «Arsenal»ni oldinga, «Tottenxem»ni esa ortga surib yubordi. Artetaning dastlabki uchta o‘yindagi mag‘lubiyati, «Norvich» hamda «Byornli» bilan bahsdagi og‘ir g‘alabasidan keyin «Tottenxem»ni mag‘lub etish ko‘p narsani anglatar edi.

Mavsum transferi – Martin Edegor

«Arsenal»ning yozgi transferlar oynasida bajargan ishlari mavsum avvalida ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘lgandi. Ammo oxirida sotib olingan futbolchilarning deyarli hammasi o‘z ishini a’lo darajada bajara oldi. Shunga qaramay, ular ichida eng yaxshisi Edegor edi. Uning ijodkorligi, energiya va gol sezish qobiliyati «Arsenal»ning yorqin mavsumini bezab berdi. Norvegiya terma jamoasi a’zosi Saka bilan tez-tez fantastik reaksiyaga kirisha oldi. Ushbu juftlik ko‘pchilik nazarida hozirdan «Arsenal»ning kelajagi bo‘lib ko‘rina boshladi.

Eng yaxshi o‘sishga erishgan futbolchi – Granit Jaka

Siz bu kategoriyani balki Sakaga berish kerak deb o‘ylarsiz. Ammo shunday qilsak, Jakaga nisbatan adolatsizlik bo‘lardi. Negaki, Shveysariya terma jamoasi sardori kombek qila oldi. O‘tgan yozda sotilib ketishiga bir bahya qolgan, «Manchester Siti» bilan bahsda (5-0) ahmoqona qizil kartochka olgan futbolchi, tezda o‘zini tiklab oldi va haqiqiy bosiqlik va barqarorlik ko‘rsata oldi. Jaka 2021 yilni tizzasidagi jarohat sabab o‘ta og‘ir o‘tkazdi. Ammo yangi yilda o‘z darajasini namoyish qildi. Usiz «Arsenal» o‘yinida birdamlik va muvozanat yo‘qoladi. Mikel Arteta esa buni juda yaxshi biladi. Shu sabab Granit asosiy tarkibning ajralmas qismi sanaladi.

 

 

Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:50, 31.05.2022. O'qildi: 1597 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик